• 1,4 barobarga ortiq . 2020-yilda 361 ming nafar fuqaroga pensiya va nafaqlar tayinlanishi (jumladan, 66,5% yoshga doir pensiya tayinlanib, 2019-yilga nisbatan 6,3%ga oʻsishi
  • Пенсия жамгармасим




    Download 233 Kb.
    bet3/13
    Sana10.09.2023
    Hajmi233 Kb.
    #81003
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    1 mavzu nGWdN2f462 (1)
    4-mavzu OPZUUzQVnD, colab 5,6,7, tizim maruza
    Faxriy unvon nomi

    eng kam oylik ish haqi baravarida

    1.

    Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi"

    3,0

    2.

    "Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi"

    3,0

    3.

    "Oʻzbekiston iftixori"

    3,0

    4.

    "Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti"

    3,0

    5.

    "Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi"

    3,0

    6.

    "Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi"

    3,0

    7.

    "Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi"

    3,0

    8.

    "Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi"

    3,0

    9.

    "Oʻzbekiston Respublikasi xalk shoiri"

    3,0

    10.

    "Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi"

    3,0

    11.

    "Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi"

    3,0

    12.

    "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist"

    1,8

    13.

    "Oʻzbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat koʻrsatgan xodim"

    1,6

    14.

    "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi"

    1,6

    15.

    "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi"

    1,6

    16.

    "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist"

    1,6

    17.

    "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator"

    1,6

    18.

    "Xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator"

    1,6

    19.

    "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi"

    1,6

    20.

    "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi"

    1,6

    21.

    "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan meʼmor"

    1,6

    22.

    "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor"

    1,6

    23.

    "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan pillachi"

    1,6

    24.

    "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi"

    1,6

    25.

    "Xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi"

    1,6

    26.

    "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi"

    1,6

    27.

    "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi"

    1,6

    28.

    "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan transport xodimi"

    1,6

    29.

    "Xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi"

    1,6

    30.

    "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi"

    1,6

    31.

    "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvador"

    1,6

    32.

    "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist"

    1,6

    33.

    "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi"

    1,6

    34.

    "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi"

    1,6

    Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash yuzasidan “Faxriy unvonlar egalariga toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida NIZOM” ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan. Nizomga koʻra quyidagilar belgilangan.


    Faxriy unvonlar uchun toʻlovlar :
    "Xalq" va "Xizmat koʻrsatgan arbob" faxriy unvonlari egalariga eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida;
    "Xizmat koʻrsatgan artist" faxriy unvoni egalariga eng kam oylik ish haqining 1,8 baravari miqdorida;
    "Xizmat koʻrsatgan" faxriy unvoni egalariga (qolgan kasblar boʻyicha) eng kam oylik ish haqining 1,6 baravari miqdorida amalga oshiriladi.
    Ilgari amalda boʻlgan qonun hujjatlari asosida berilgan faxriy unvonlar egalariga ham toʻlovlar shu miqdorlarda amalga oshiriladi.
    Faxriy unvonlar uchun toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolari olish huquqiga egadir.
    Faxriy unvonlar uchun har oylik toʻlovlar quyidagi manbalardan :
    byudjet tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga - tegishli byudjetlar hisobidan;
    xoʻjalik hisobidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga - xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻz mablagʻlari hisobidan;
    ishlamayotgan pensionerlarga - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari orqali toʻlanadi.
    Ishlayotgan shaxslarga faxriy unvonlar uchun toʻlovlar asosiy ish joyida ish haqi bilan birgalikda toʻlanadi.
    Faxriy unvonga ega boʻlgan xodim boshqa ishga oʻtganda toʻlov boʻshagan oydagi ishlab berilgan kunlar sonidan qatʼi nazar, oldingi ish joyida toʻliq hajmda toʻlanadi.
    Faxriy unvonlar uchun yangi ish joyida toʻlovlar toʻlov amalga oshirilgan oxirgi oy toʻgʻrisida oldingi ish joyidan maʼlumotnoma taqdim etilgandan keyin toʻlanadi.
    Bir necha faxriy unvonlarga ega boʻlgan shaxslarga toʻlov toʻlovning eng koʻp miqdori nazarda tutilgan faqat bitta faxriy unvon uchun toʻlanadi.
    Faxriy unvonlar egalariga toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartiblari :
    Faxriy unvon uchun toʻlovni tayinlash quyidagi hujjatlar:
    Faxriy unvon berish toʻgʻrisidagi guvohnoma, shuningdek uning nusxasi;
    Faxriy unvon uchun toʻlovni amalga oshirishga berilgan ariza;
    ariza beruvchining pasporti (yoki shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat - harbiy xizmatchilar uchun), shuningdek uning nusxasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
    Faxriy unvon berish toʻgʻrisidagi guvohnoma va ariza beruvchining pasporti (yoki shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat) taqdim etilgan hujjatlar tekshirilgandan soʻng egasiga qaytariladi.
    Faxriy unvonlar uchun ish haqiga yoki pensiyaga qoʻshib beriladigan toʻlovlar koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab amalga oshiriladi.
    Byudjet tashkilotlarida moliya yilidan boshlab ishlayotgan shaxslarga faxriy unvonlar uchun toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar yillik xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
    Yil mobaynida faxriy unvon berilgan taqdirda byudjet tashkilotlari ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritish uchun moliya mablagʻlariga boʻlgan ehtiyojning hisob-kitobini va faxriy unvon berish toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasini tegishli moliya organiga yuboradilar.
    Xoʻjalik hisobidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar taqdim etilgan hujjatlar asosida faxriy unvon berilgan shaxsga toʻlovni ish haqi bilan birgalikda amalga oshiradilar.
    Faxriy unvonlar uchun toʻlovlar mehnatga haq toʻlash fondiga kiritiladi va unga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi, undan davlat ijtimoiy sugʻurtasiga mablagʻ ajratiladi.
    Ishlamayotgan pensionerlarga faxriy unvonlar uchun toʻlovlar olinadigan pensiyaning turidan qatʼi nazar, belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Toʻlov faxriy unvonga ega boʻlgan shaxs vafot etganligi munosabati bilan tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasiga qoʻshilmaydi.
    Faxriy unvon uchun toʻlov faxriy unvon egasi vafot etgan shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faxriy unvondan mahrum etilgan hollarda yoxud faxriy unvonga ega boʻlgan shaxsning arizasi boʻyicha, toʻlovni amalga oshirish toʻxtatilgandan keyingi oydan boshlab toʻxtatiladi.


    7. Kompensatsiya pul toʻlovlari.

    Aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlarning aniq yoʻnaltirilishini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227–son “2003-yil 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlarini joriy etish toʻgʻrisida” Farmoni bilan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar oʻrniga eng kam ish haqi hisobidan tabaqalashtirilgan miqdorlarda oylik kompensatsiya pul toʻlovlari joriy etilgan.


    Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlari mexanizmi toʻgʻrisidagi Nizomga koʻra, kompensatsiya toʻlovlari quyidagi fuqarolarga belgilangan foizlarda amalga oshiriladi.
    1. Quyidagilar eng kam ish haqining 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul toʻlovlari oluvchilari hisoblanadi:
    a) 1941-1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar. Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
    1 va 2-son ilovalarida belgilangan;
    b) oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlar;
    v) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va "Slava" ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;
    g) fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari;
    d) Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar;
    ye) koʻrish qobiliyati boʻyicha I guruh nogironlari;
    j) Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;
    z) yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar.
    1-1. 1941-1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslardan tashqari, eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul toʻlovlari oluvchilari hisoblanadi. (AV 07.05.2015-y. 2175-3-son bilan roʻyxatga olingan moliya vazirining Buyrugʻiga muvofiq kiritilgan band).
    2. Eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul toʻlovlari oluvchilari deb 1941-1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilari hisoblanadi. (AV 07.05.2015-y. 2175-3-son bilan roʻyxatga olingan moliya vazirining Buyrugʻi tahriridagi band).
    III. Pensiya taʼminotidagi muammolar va ulurning yechimi.
    Pensiya” dasturida joriy etilgan statistik va idoraviy hisobotlar, ularni shakllantirish hamda tahlil qilish


    1. Pensiya taʼminotidagi muammolar va yechimi.
    2020-yil 1-avgust holatiga pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 2020-yil boshiga nisbatan 2,2%ga koʻpaydi (shundan, yoshga doir pensiya 2,5%ga, nafaqa 3,8%ga).
    2019-yilda yangi pensiya va nafaqalar 2018-yilga nisbatan 2,0%ga ortdi (shundan, yoshga doir pensiya 0,2%ga kamaygan va nafaqa 12,%ga ortgan).
    2019-yilda vafot etgan pensiya va nafaqa oluvchilar soniga nisbatan yangi tayinlangan pensiya va nafaqa soni 1,4 barobarga ortiq.
    2020-yilda 361 ming nafar fuqaroga pensiya va nafaqlar tayinlanishi (jumladan, 66,5% yoshga doir pensiya tayinlanib, 2019-yilga nisbatan 6,3%ga oʻsishi) kutilmoqda.
    Yaʼni, oʻtgan asrning 55-60 yillarida tugʻilgan fuqarolarning tahlili koʻrsatmoqdaki, yoshga doir pensiyaga murojaat qiluvchilar dinamikasi yiliga oʻrtacha hisobda 6,3%ga oʻsgan holda pensiya va nafaqa oluvchilar umumiy soni hamda harajatlar miqdori oʻsishiga va Pensiya jamgʻarmasining mablagʻlari yetishmovchiligiga olib keladi.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib, Pensiya jamgʻarmasi tizimi tomonidan oʻzini- oʻzi ish bilan band qilib daromad qilayotgan aholi oʻrtasida Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badali toʻlangan davrlar fuqarolar qonunchilikda belgilangan pensiya yoshiga yetganida, mehnat qobiliyatini yoki boquvchisini yoʻqotganda stajga hisoblanib pensiya tayinlanishi toʻgʻrisida keng qamrovli tushuntirish va targʻibot-tashviqot ishlarini tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish zarur.
    2. “Pensiya” dasturida joriy etilgan statistik va idoraviy hisobotlar, ularni shakllantirish hamda tahlil qilish.

    Download 233 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 233 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Пенсия жамгармасим

    Download 233 Kb.