- “Pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar toʻgʻrisida” 1-shakl Davlat statistitik hisobot




Download 233 Kb.
bet4/13
Sana10.09.2023
Hajmi233 Kb.
#81003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1 mavzu nGWdN2f462 (1)
4-mavzu OPZUUzQVnD, colab 5,6,7, tizim maruza
- “Pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar toʻgʻrisida”
1-shakl Davlat statistitik hisobot:

Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har yili 2-fevralgacha hududiy boshqarmalarga, hududiy boshqarmalar har yili 16-fevralgacha Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga va Ijro etuvchi apparat har yili 2-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi taqdim etadi.


Mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʻlgan hisobot va boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot maʼlumotlarini buzib koʻrsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Internet tarmogʻi vositasida, davlat statistika hisobotlarini elektron koʻrinishda yigʻish avtomatlashtirilgan tizimi eStat 2.0 orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etiladi.
eStat 2.0 tizimida mavjud davlat statistika hisobotlarining elektron shaklini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining www.stat.uz rasmiy saytidan olish mumkin.
Hisobotni tayyorlashda quyidagilarga eʼtibor qaratish kerak:
Tuman (shahar) boʻlimlarining “Pensiya va nafaqalar tayinlash” guruhlari mutaxassislari tomonidan xizmat koʻrsatuvchi hududi boʻyicha tuziladi va guruh rahbarlari tomonidan boʻlim boʻyicha jamlanadi.
Hisobot pensiya va nafaqa ishlari hamda hisobot yilida amalga oshirilgan toʻlov hujjatlarga binoan tuziladi.
I boʻlim "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida" va II boʻlim "Harbiy xizmatchilarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida" qonunlarga asosan tayinlangan pensiyalar hamda III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-apreldagi 107-son qaroriga muvofiq tayinlangan nafaqalar, IV boʻlim ishlayotgan pensioner boʻyicha tuziladi.
Hisobot davrida yangi tayinlangan pensiya va nafaqa ishlari boʻyicha maʼlumotlar qayd etish kitoblari hamda pensiya va nafaqa ishlariga taqqoslanishi shart (rad etilgan pensiya va nafaqa ishlari kiritilmaydi).
Hisobotlar toʻgʻri, aniq va sifatli tayyorlanib topshirilishiga Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari “Informatsiyalashgan-tahliliy ishlar va statistika” sektori, “Pensiya va nafaqalar tayinlanishi tahlili va monitoringi” boʻlimi boshliqlari hamda tuman (shahar) boʻlimlarining “Pensiya va nafaqalar tayinlash” guruhi rahbarlari shaxsan masʼul.
1-ustunda, hisobot sanasida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida roʻyxatda turgan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni koʻrsatiladi.
2-ustunda, jami pensiya va nafaqa oluvchilardan ayollar soni (boquvchisini yoʻqotganlikdan tashqari) koʻrsatiladi.
3-ustunda, oylik pensiya va nafaqalar umumiy miqdori koʻrsatiladi.
4-ustunda, yil boshiga pensiya va nafaqalar oʻrtacha bir oylik miqdori koʻrsatiladi.
5-ustunda, yangi tayinlangan pensiya va nafaqa ishlari soni koʻrsatiladi.
6-ustunda, oʻtgan yilda tayinlangan pensiya va nafaqalar uchun sarflanadigan bir oylik mablagʻning umumiy miqdori koʻrsatiladi.
7-ustunda, oʻtgan yilda tayinlangan pensiya va nafaqalarning oʻrtacha bir oylik miqdori koʻrsatiladi.
103, 127, 154, 213, 245-qatorlarda faqat eng kam miqdorlarda pensiya oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
108, 109, 110, 111, 112, 133, 114 va 115-qatorlarda pensiya qachon tayinlanganidan qatʼiy nazar barcha imtiyozli pensiya oluvchilar koʻrsatiladi.
116, 141, 143, 165, 227, 229, 256, 306, 307, 312, 315 va 323-qatorlar faqat qishloq joylarda yashovchilar maʼlumotlari bilan toʻldiriladi.
102, 119 va 123-qatorlardagi 1-guruh nogironlar toʻgʻrisidagi maʼlumot yigʻindisi 169, 172 va 173-qatorlardagi ustama haq belgilangan 1-guruh nogironlar toʻgʻrisidagi maʼlumot yigʻindisidan kam boʻlmasligi kerak.
142-qator mehnatga layoqatli yoshdagi barcha pensionerlar (ayollar
16 yoshdan 55 yoshgacha, erkaklar 16 yoshdan 60 yoshgacha) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldiriladi.
Harbiy xizmatchilar boʻlimining 206-qatoridagi 1-guruh nogironlar haqidagi maʼlumot yigʻindisi 261-qatordagi ustama haq belgilangan 1-guruh nogironlar toʻgʻrisidagi maʼlumot yigʻindisiga teng boʻlishi kerak.
210 va 216-qatorlardagi 1-guruh nogironlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻindisi 264-qatordagi 1-guruh nogironlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yigʻindisi bilan toʻgʻri kelishi kerak (263-qatordan tashqari).
305, 306 va 307-qatorlarni 2-ustunida nafaqa toʻlanayotgan shaxs (vasiy)ning emas balki 16 yoshgacha nogiron bolaning jinsi koʻrsatiladi.
326, 327, 328, 329 va 330-qatorlarda 2016-yilda toʻlangan pensiya va nafaqa toʻlovlarining jami miqdori toʻlov hujjatlariga asosan tegishli masʼullar tomonidan toʻgʻri koʻrsatilishi shart.
Pensiya va nafaqa tayinlash uchun rasman murojaat qilgan, lekin komissiya tomonidan pensiya va nafaqa tayinlash rad etilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobotga kiritilmaydi.
Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashganlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-son qaroriga muvofiq tayinlangan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobotni 1-boʻlimida, “Harbiy xizmatchilarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” qonunga asoson tayinlangan pensiya ishlari esa hisobotni 2-boʻlimida aks ettirilishi kerak.
Umumiy kontingent boʻyicha barcha maʼlumotlar oldingi yil boshiga nichbatan va yangi tayinlangan kontingent boʻyicha barcha maʼlumotlar oldingi yilda tayinlanganga nisbatan hisobotning har bir qatori tahlil qilinib, umumiy va yangi tayinlangan kontingentning ortishi yoki kamayishi sabablari aniqlanib rahbariyatga hamda Ijro etuvchi apparatga maʼlumot va taklif beriladi.
Agar oldingi yil boshiga tayyorlangan hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlar joriy yil boshiga tayyorlangan hisobotdan tubdan farq qilsa – sababini koʻrsatib tushuntirish xati taqdim etiladi.

Download 233 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 233 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- “Pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar toʻgʻrisida” 1-shakl Davlat statistitik hisobot

Download 233 Kb.