• - “Pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar toʻgʻrisida” kichik 1-shakl idoraviy hisobot
  • - “Oʻrtacha pensiyalar miqdori toʻgʻrisida” Davlat statistitik hisobot




    Download 233 Kb.
    bet5/13
    Sana10.09.2023
    Hajmi233 Kb.
    #81003
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    1 mavzu nGWdN2f462 (1)
    4-mavzu OPZUUzQVnD, colab 5,6,7, tizim maruza
    - “Oʻrtacha pensiyalar miqdori toʻgʻrisida” Davlat statistitik hisobot:
    Tuman (shahar) boʻlimlari har chorakni 1 sanasida hududiy boshqarmalarga, hududiy boshqarmalar chorakni 2 sanasida Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga va Ijro etuvchi apparat chorakni 5 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi taqdim etadi.
    - “Pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar toʻgʻrisida” kichik 1-shakl idoraviy hisobot:
    Tuman (shahar) boʻlimlari har oyni 1 sanasida hududiy boshqarmalarga, hududiy boshqarmalar har oyni 2 sanasida Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga taqdim etadi.
    - Pensiya va nafaqa oluvchilarning harakati, turlari, tofasi, yoshi boʻyicha, nogironlik guruhi va boshqa maʼlumotlari toʻgʻrisida “Pensiya” dasturida joriy etilgan idoraviy hisobotlar har oyning yakuni bilan yoki ishdagi zarurat tufayli dasturda shakllantirilib tahlil qilinishi, maʼlumotlar notoʻgʻri shakllanishi holati aniqlangan taqdirda shu kunning oʻzida hududiy boshqarmaga va Ijro etuvchi apparatga yozma maʼlumot taqdim etilishi shart.
    Jumladan:
    Yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiya oluvchilarning hamda yoshga doir, umumiy kasallik boʻyicha nogironlik, 16 yoshdan katta va
    16 yoshgacha bolalikdan nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning yoshi toʻgʻrisida 8 ta hisobot;
    Jami pensiya va nafaqa oluvchilar soni hamda hisobot davrida yangi tayinlangan pensiya va nafaqa ishlari soni toʻgʻrisida hisobot;
    Yangi tayinlangan jami yoshga doir va nogironlik pensiya ishlari va ulardan ishlovchi pensionerlar soni toʻgʻrisida hisobot;
    1941-1945-yillardagi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, qamaldagi Leningrad shahrining korxonalarida mehnat qilgan va fashist konslagerlarida tutqunlikda boʻlgan shaxslar soni toʻgʻrisida hisobot;
    Nogironlik pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolar toʻgʻrisida hisobot;
    Yangi tayinlangan nogironlik pensiya va nafaqalar toʻgʻrisida hisobot;
    Jami nogironlik pensiya va nafaqa oluvchilarni guruhlari boʻyicha hisobot;
    Yangi tayinlangan nogironlik pensiya va nafaqa oluvchilarni guruhlari boʻyicha hisobot;
    Yangi tayinlangan pensiya va nafaqalar hamda vafot etgan pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni toʻgʻrisida hisobot;
    Pensiyasiga ustama haq belgilangan pensionerlar soni toʻgʻrisidagi hisobot;
    Alohida toifadagi pensiya oluvchilar soni toʻgʻrisidagi hisobot;
    Tayinlangan pensiyalarining ish stajlari davomiyligi toʻgʻrisida hisobot;
    Hududdan koʻchib ketganligi sababli hisobdan chiqarilgan pensiya va nafaqa oluvchilar soni toʻgʻrisida hisobot;
    Hududiga koʻchib kelganligi sababli hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilar soni toʻgʻrisida hisobot;
    Chernobil AES fojiasi oqibatida jabrlanganlarga va Harbiy xizmatchilarga tayinlangan pensiyalar soni toʻgʻrisida hamda boshqa hisobotlar.
    IV. Mehnat sharoitlarining xususiyatlariga qarab imtiyozli shartlarda, Chernobil AES halokatini bartaraf etish qatnashchilari va nogironlarga hamda Harbiy xizmatchilarga pensiya tayinlash tartibi.


    1. Imtiyozli pensiyalar tayinlash shartlari.
    Fuqarolarga ularning kasbi, mehnat sharoitlarining xususiyatlari va boshqa omillar eʼtiborga olingani holda odatdagidan afzalroq shartlarda yoshga doir pensiya tayinlash nazarda tutilgan. Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlanishi aslida shaxs noqulay, zararli yoki ruhiy-fiziologik jihatdan tang sharoitlarda ishlaganligi, shu orqali oʻz sogʻligʻi va hayotini xavf ostida qoldirgani holda jamiyatga koʻproq foyda keltiruvchi faoliyat turi bilan shugʻullanganligi uchun jamiyat tomonidan tovon toʻlanishidan iboratdir.
    Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 1, 2 va 3-son Roʻyxatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqarolar ega boʻladi. (OʻzR VM 01.03.2001-y. 103-son Qarori, OʻzR VM 06.04.2001-y. 162-son Qarori, OʻzR VM 24.03.2010-y. 52-son Qarori. Qarorga quyidagilarga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan).
    Ushbu roʻyxatlar Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan va mulkchilik shakli, xoʻjalik yuritish usullaridan qatʼi nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar uchun majburiy boʻlgan imtiyozli pensiya olish huquqini beruvchi ishlar, kasblarni oʻzlarida mujassamlantirgan. Ularda fan va texnikaning bugungi kunda erishgan yutuqlari, texnologiyalarning xususiyatlari, mehnatni tashkil qilish darajasi korxonalardagi noqulay va zararli ishlab chiqarish omillarini toʻliq bartaraf etib boʻlinmasligi, mutlaq xavfsiz va qulay mehnat sharoitlari yaratish imkoni yoʻqligi hisobga olingani holda imtiyozlar hajmi belgilab qoʻyilgan. Bunda pensiya sohasida beriladigan imtiyozlar hajmi va mazmuni mehnat qilish sharoitlari ogʻirligi, zararli omillar taʼsir kuchi kabi holatlarga mutanosib ravishda belgilangan.
    Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlashning umumiy asoslari “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunning 9-moddasida nazarda tutilgan. Unga koʻra:
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar:
    yoshidan qatʼi nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muasassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-roʻyxati;
    umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 2-roʻyxati;
    umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va koʻrsatkichlarning 3-roʻyxati.
    Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga, shuningdek, urush nogironlari, bolalikdan nogiron bolalarning onalari, liliput va pakana fuqarolar egadirlar.
    Imtiyozli pensiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012-yil 12-martda 2337-son bilan roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 25-yanvardagi 2-Q, 5-sonli qaroriga “Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida” Yoʻriqnomaga qatʼiy amal qilingan holda tayinlanadi.
    - Yoshidan qatʼi nazar quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega boʻladilar:
    a) kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari boʻlgan xodimlar - basharti, ular ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan boʻlsalar (1-roʻyxat, I qism);
    b) bevosita yer osti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi) koʻmir, maʼdanlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida toʻliq, ish kuni davomida band boʻlgan xodimlar - basharti ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan boʻlsalar (1-roʻyxat, II qism);
    v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy buysunuvidan qatʼi nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda (1-roʻyxat, III qism).
    Yuqorida qayd etib oʻtilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) koʻra uchish ishlaridan boʻshatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini erkaklar kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan boʻlsalar;
    g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari:
    ijodiy ish staji kamida 20 yil boʻlganda (1-roʻyxat, IV qism);
    ijodiy ish staji kamida 25 yil boʻlganda (1-roʻyxat, V qism); ijodiy ish staji kamida 30 yil boʻlganda (1-roʻyxat, VI qism);
    d) sportchilarning ayrim toifalari ish staji kamida 20 yil boʻlganda.
    1- roʻyxatning VII qismida 20 yillik ish stajiga ega boʻlganda yoshidan qatʼi nazar pensiyaga chiqishi mumkin boʻlgan sportchilar roʻyxati keltirilgan. Ular sport ustasi komandasi shtatida 10 yil turganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi komandasi tarkibida kamida 6 yil turganda va xizmat koʻrsatgan sport ustasi yoki xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga ega boʻlganda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.
    Boshqacha qilib aytganda, sportchilarga imtiyozli pensiya tayinlashda ikki shart talab etiladi:
    Xizmat koʻrsatgan sport ustasi yoki Xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga ega boʻlish;
    Oʻzbekiston Respublikasi terma komandasida 6 yil yoki masterlar komandasi shtatida 10 yil turish.
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-sonli qarorining 1-ilovasida “Uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatlarini hisoblash Tartibi” tasdiqlab qoʻyilgan boʻlib, unda ushbu toifadagi xodimlar xizmat muddatlarini hisobga olish uchun asos boʻladigan mezonlar hamda birliklar, bunday xizmat muddatlarini imtiyozli (bir necha barobar koʻpaytirilgan holda) hisobga olish shartlari bayon etib berilgan.
    Uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar tarkibidan boʻlgan xodimlar salomatligi ahvoliga koʻra uchish ishidan boʻshagan taqdirda belgilangan xizmat muddatining muayyan qismini oʻtagan boʻlsalar, xususan, erkaklar kamida 20 yillik, ayollar kamida 15 yillik ana shunday maxsus ish stajiga ega boʻlganlari taqdirda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.
    - “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning
    11-moddasida umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqi haqida koʻrsatilgan boʻlib, u Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1994-yil 12-mayda tasdiqlangan 2-roʻyxatga mos keladi.
    Oxirgi ish joyidan qatʼi nazar, quyidagilar qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 10 yilga (yaʼni, erkaklar-50 yoshdan, ayollar-45 yoshdan) qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar:
    a) yerosti ishlarida, mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan xodimlar (2-roʻyxat, 1-qism);
    erkaklar - ish staji kamida 20 yil boʻlib, bundan kamida 10 yili koʻrsatib oʻtilgan ishlarga toʻgʻri kelgan taqdirda;
    ayollar - ish staji kamida 15 yil boʻlib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi koʻrsatib oʻtilgan ishlarga toʻgʻri kelgan taqdirda.
    Yerosti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu 6 oydan kam boʻlgan hollarda xodimlarga bu ishlaridagi har bir toʻliq yil uchun ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi.
    Mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda - erkaklar kamida
    5 yil, ayollar kamida 3 yilu 9 oy - ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi shunday ishda band boʻlingan har bir toʻliq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;
    b) sirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi staji kamida 20 yil bulgan taqdirda (2-roʻyxat, II qism).
    2-roʻyxat ikki qismdan iborat boʻlib, I qismida xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarida (yer osti, togʻ-kon, metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, sogʻliqni saqlash, transport, umumiy kasblar, atom energetikasi va boshqa sohalarga oid ishlar) qoʻllaniladigan zararli va ogʻir ishlar sanab koʻrsatilgan.
    3-roʻyxatda umumiy belgilangan yoshni 5 yilga kamaytirilgani holda, yaʼni erkaklar uchun - 55 yoshdan, ayollar uchun esa 50 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqini beradigan ishlar, kasblar, lavozimlar nazarda tutilgan. Ushbu roʻyxat hajm jihatdan eng salmoqlisi boʻlib hisoblanadi va xalk xoʻjaligi, iqtisodiyot tarmoqlarining turli sohalariga oid bir necha yuzlab turli kasb va vazifalar koʻzda tutilgan.
    - “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunning
    12-moddasiga koʻra:
    Oxirgi ish joyidan qatʼiy nazar quyidagilar belgilanganidan 5 yil avval, yaʼni erkaklar - 55 yoshdan, ayollar esa 50 yoshdan boshlab yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻladi:
    a) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
    b) mehnat sharoiti zararli va ogʻir ishlarda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan xodimlar (3-sonli roʻyxat, I qism):
    erkaklar - ish staji kamida 25 yil boʻlib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi koʻrsatib oʻtilgan ishlarga toʻgʻri kelgan taqdirda;
    ayollar - ish staji kamida 20 yil boʻlib, bundan kamida 10 yili koʻrsatib oʻtilgan ishlarga toʻgʻri kelgan taqdirda. Mehnat sharoiti zararli va ogʻir ishlarda - erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar kamida 5 yil-ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;

    Download 233 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 233 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - “Oʻrtacha pensiyalar miqdori toʻgʻrisida” Davlat statistitik hisobot

    Download 233 Kb.