• Kurs ishining maqsadi.
  • KIRISH Mavzuning dolzarbligi




    Download 204,7 Kb.
    bet2/15
    Sana31.05.2024
    Hajmi204,7 Kb.
    #258132
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    kurs ishi4[1]

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi.Monopoliya deganda monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiѐt ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari tushuniladi.
    «Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, grekcha «monos» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
    Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishini namoѐn etadi.
    Birinchi prezidentimiz o‘z ma’ruzasida “Ta’kidlash joizki, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida faqat uglevodorod xomashyosi, qimmatbaho va rangli metallar, uran xomashyosini qazib oladigan va qayta ishlaydigan korxonalarni, shuningdek, tabiiy monopoliyalarning strategik infratuzilma tarmoqlarini – temir va avtomobil yo‘llari, aviatashuvlar, elektr energiya ishlab chiqarish, elektr va kommunal tarmoqlarini to‘g‘ridan- to‘g‘ri davlat boshqaruvida saqlab qolish maqsadga muvofiq, deb topildi.”1deb ta’kidlab o‘tdi.
    Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya.
    Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun’iy monopoliya farqlanadi.
    Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern kabi aniq shakllarda namoyon bo‘ladi.
    Kurs ishining maqsadi.O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bozor sharoitida tadbirkorlar uchun teng munosabatga ega sharoit muhitini yaratish,raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ayrim xo’jalik yurituvchi subyektlarga berilgan eksklyuziv huquqlar,individual bojxona imtiyozlari,prezentatsiyalarni bekor qilish,iqtisodiy samaradorlikni oshirish kabi masalalarni tahlil qiliishdan iborat.

    Download 204,7 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 204,7 Kb.