|
Tadbirkorlik va boshqaruv
|
bet | 14/15 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 204,7 Kb. | | #258132 |
Bog'liq kurs ishi4[1]
Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun’iy monopoliya farqlanadi.
Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya.
«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, grekcha «monos» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishini namoѐn etadi.
Monopoliyani tartibga solish – miqdoran hisoblash imkoniyati kam bo‘lgan juda murakkab jarayondir. O‘zbekistonda davlatning monopoliyaga qarshi chora-tadbirlari nafaqat monopoliyani cheklash, balki monopoliyadan chiqarish jaraѐni bilan uzviy ravishda olib borilmoqda. Juda ko‘plab tarmoqlarda xukmron mavqega ega bo‘lgan korxonalar (ular yagona korxona- tarmoq sifatida ish yuritishar edi) xususiylashtirilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi va natijada tarmoqda raqobat muhiti shakllantirildi.
Davlatning monopoliyaga qarshi qonunchiligi raqobatlashuvchi sub’ektlar ishchanligini susaytirmaydigan darajada yetarlicha moslashuvchan bo‘lishi darkor.
Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiiste’mol qilinishi (5-modda);
xo‘jalik sub’ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o‘zaro kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda);
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining raqobatni cheklashga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda);
insofsiz raqobat (8-modda).
|
| |