a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoѐn bo‘lishini maksimal darajada bartaraf etish




Download 204,7 Kb.
bet11/15
Sana31.05.2024
Hajmi204,7 Kb.
#258132
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kurs ishi4[1]

a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoѐn bo‘lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart- sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur;
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o‘z ustunlik mavqelarini suiiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishini ta’minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha


5 Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T.: «O‘zbekiston», 2005, 76-77-b.

aytganda, butun iqtisodiѐtning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas.


Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan monopolistik faoliyatning, tovar va moliya bozorlarida ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik, nohalol raqobatga va iste’molchilar manfaatlarining kamsitilishiga barham berishga qaratilgan izchil ishlar natijasida bozorlarimizda sog‘lom raqobat muhiti shakllandi. Xususan, 2005-yilda mamlakatimizda 753 monopol korxona faoliyat yuritgan bo‘lsa,2016-yilda ularning soni 128,hozirda esa ularning soni 129tani tashkil etmoqda(2021-yil 1-sentabr holatiga ko’ra). Ularning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi keyingi besh yilda 26 foizdan 19 foizga qisqardi, deb xabar beradi O‘zbekiston monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi.


Mutaxassislarning fikricha, endi faoliyat boshlayotgan sub’ekt va qaddini tiklab olgan ѐki tabiiy monopol korxonalarning imkoniyati bir xil bo‘lmaydi. Bozor esa ularning barchasi erkin faoliyat yuritishi uchun mo‘tadil va teng sharoit yaratilishini taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 6 yanvarda qabul qilingan "Raqobat to‘g‘risida"gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 20 avgustda imzolangan "Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga qarori mamlakatimizda bu jaraѐnni takomillashtirish va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilaѐtir.


O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilning yanvar-dekabrida 848 ta (dastur doirasidagi va dasturdan tashqari ob’ektlarni qo‘shgan holda) korxona va ob’ektlar (keyingi o‘rinlarda – ob’ektlar) xususiylashtirildi.

7 Shadыbaev T. i dr. Osobennosti antimonopolnoy politiki v Uzbekistane: obщie prinsipы i pravovaya baza. –
Hisobot davrida Toshkent viloyatida 128 ta, Namangan viloyatida 108 ta,
Farg‘ona viloyatida 100 ta, Andijon viloyatida 82 ta, Qashqadaryo viloyatida 54 ta, Jizzax viloyatida 53 ta va Surxondaryo viloyatida 52 ta ob’ekt xususiylashtirildi.
Xususiylashtirilgan davlat mulki tarkibida asosiy ulush mahalliy hokimiyatlarga to‘g‘ri keladi va 478 ta ob’ektni tashkil etadi.
2021-yilning birinchi yarmida davlat aktivlarini sotishdan tushgan pul mablag‘lari 1,1 trillion so‘mni(105 million dollar) tashkil qildi.
Hududlar kesimida davlat aktivlarini sotishdan tushgan pul mablag‘larining asosiy qismi Toshkent shahriga (barcha pul mablag‘larining 61,0 foizi), Toshkent (11,6 foizi), Farg‘ona (4,9 foiz), Namangan (4,4 foiz), Xorazm (4,0 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (3,5 foiz) to‘g‘ri keladi (2-rasm).


Download 204,7 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 204,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoѐn bo‘lishini maksimal darajada bartaraf etish

Download 204,7 Kb.