|
Tadbirkorlik va boshqaruv
|
bet | 12/15 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 204,7 Kb. | | #258132 |
Bog'liq kurs ishi4[1]
2-rasm. 2021 yilda hududlar kesimida davlat aktivlarini sotishdan tushgan pul mablag‘larining taqsimlanishi, foizda.
Bozorning barqaror faoliyat ko‘rsatishiga, raqobatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi va iste’molchilarning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazuvchi bitimlar tuzish, narxlar va tariflarni sun’iy oshirish qat’iyan man etiladi. Ammo erkin bozor iqtisodiѐtining bu tamoyiliga barcha amal qilaѐtir, deb bo‘lmaydi. Monopol mavqega ega ayrim tashkilotlar bugungi kun talabi darajasida faoliyat olib borishdan ko‘ra o‘z manfaatini o‘ylab ish tutaѐtgan holatlar ham uchrab turibdi.
Jumladan, joriy yilda mamlakatimizdagi mobil aloqa kompaniyalari tomonidan abonent to‘lovlarining narxi bir vaqtning o‘zida bir xil miqdorda ko‘tarilgani aniqlanib, ularga o‘rnatilgan tartibda jarima solindi.
O‘zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siѐsatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o‘rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o‘z egalari qo‘liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiѐt va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. Shu maqsadda O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’ѐriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishini ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan taqiqlar ham
rivojlangan bozor iqtisodiѐti mamlakatlari uchun, ham O‘zbekiston va boshqa o‘tish davri iqtisodiѐti mamlakatlari uchun xos bo‘lgan monopolistlar xatti-harakatiga qarshi o‘rnatilgan.
Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiiste’mol qilinishi (5-modda);
xo‘jalik sub’ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o‘zaro kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda);
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining raqobatni cheklashga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda);
insofsiz raqobat (8-modda).
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi organ sifatida Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siѐsati bosh boshqarmasi tashkil etildi. Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil qilindi. 2000 yilda Respublika Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo‘mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga binoan u Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga aylantirildi8.
Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilaѐtgan barcha ishlar bozor iqtisodiѐtini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida olib borilaѐtgan monopoliyaga qarshi siѐsatning muhim yo‘nalishlaridan biri – bu monopolist korxonalarning tovar bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu maqsadda monopolist korxonalar Davlat reestri yuritilib, unga muayyan tarmoqda ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi qonuni 3-moddasida «ustun mavqe» tushunchasi quyidagicha izohlanadi: «O‘rnini bosuvchisi bo‘lmagan tovar bozorida ѐki bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar bozorida
8 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida. 2005 yil 30 aprel.
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning (bir guruh shaxslarning) o‘ziga (o‘zlariga) raqobatni cheklashga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bozorga kirish erkinligini qiyinlashtirish ѐki ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan hukmron mavqe. Bozordagi ulushi 65 va undan ortiq foizni tashkil etadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning (bir guruh shaxslarning) mavqei ustun mavqe deb e’tirof etiladi. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning bozordagi ulushi 35 foizdan 65 foizgacha bo‘lib, bu hol monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan: xo‘jalik yurituvchi sub’ektning bozordagi ulushi barqarorligiga; bozordagi raqobatchilarga tegishli ulushlarning nisbiy miqdoriga; ushbu bozorga yangi raqobatchilarning kirishi mumkinligiga; muayyan tovar bozorini tavsiflovchi boshqa mezonlarga qarab aniqlangan bo‘lsa, uning bozordagi mavqei ustun mavqe deb hisoblanadi»9.
Reestrga olingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z mahsulotlarining narx (tarif)lari ѐki rentabellik darajalarini Moliya vazirligida ѐki joylardagi moliya organlarida deklaratsiyadan o‘tkazishlari shart.
Respublikada monopoliyalar ro‘yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim:
Monopol mavqedagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish.
O‘z monopol mavqeini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo‘lib tashlash ѐki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366-sonli) qarori bilan tasdiqlangan
«Ob’ektlarning xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g‘irrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi. Tabiiy monopoliyalarni davlat yo‘li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlarni belgilashni o‘z ichiga oladi.
Keyingi yillarda Davlat reestrini yuritish uslubiѐtini takomillashtirib borish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el investitsiyalarining kirib kelishi natijasida barpo etilaѐtgan korxonalar salmog‘ining oshishi va boshqa omillar ta’sirida ko‘pgina monopolist korxonalar tovar bozorlaridagi ulushining kamayishi munosabati bilan Davlat reestridan chiqarilmoqda. Agar 1996 yil holatiga reestrda 827 xo‘jalik yurituvchi sub’ekt 4351 turdagi mahsulot, ish, xizmat
9 O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida. 1996 yil 27 dekabr.- T.: “Adolat”, 2001.
bo‘yicha ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2007 yilning 1 iyul holatiga 240 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 170 ta mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar turlari bo‘yicha hisobga olingan.
Mamlakatimizda monopoliyaga qarshi siyosat olib borish natijasida so‘nggi 10 yil mobaynida monopolist korxonalar soni 3,5 barobar, monopol mahsulotlar turi esa 26 barobar qisqardi. Faqat 2004-2007 yillar davomida yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida monopol mahsulotlar ulushi 26 foizdan 21 foizga tushdi10. Natijada sobiq tarmoq vazirliklari negizida tuzilgan respublika xo‘jalik birlashmalari («O‘zgo‘shtsutsanoat»,
«Oziq-ovqat sanoat», «O‘zeltexsanoat» uyushmalari va boshqalar) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar deyarli qolmadi, boshqalarida esa, («O‘zbekengilsanoat» DAK, «O‘zdonmahsulot» AK va boshqalar) bunday korxonalar soni keskin qisqardi. Tarmoqlarda monopol hisoblangan bir qancha uyushmalar tugatilib, o‘rnida mustaqil korxonalar vujudga keltirildi, bu esa raqobat muhitining yanada kuchayishiga olib keldi. Shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda ishlab chiqarilaѐtgan tovarlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash ham dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu masala respublikamizning 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida ham e’tiborga olinib, unda «joriy kon’yunktura keskin ѐmonlashib boraѐtgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha konkret chora- tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish, xususan:
aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo‘lmagan stavkalarda 12 oygacha bo‘lgan muddatga imtiyozli kreditlar berish;
tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni budjetga barcha turdagi soliq va to‘lovlardan – qo‘shimcha qiymat solig‘i bundan mustasno – ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish;
-banklar kreditlari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish, budjetga to‘lanadigan to‘lovlarning penyasidan kechish va boshqa muhim imtiyoz va preferensiyalar berish»11 belgilab berilgan. Bunday samarali chora-tadbirlarning amalga oshirilishi pirovardida mamlakatimizdagi raqobatchilik muhitining yanada kuchayishiga imkon yaratadi.
10 Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi, 2008 yil 9 fevral.
11 Qaralsin: Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – T.: O‘zbekiston, 2009, 33-b.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko’ra, O‘zbekistonda 2021-yilning 1-sentyabr holatiga bo’yicha 129 ta tabiiy monopoliya subyekti mavjud. 2020-yil bilan taqqoslaganda mamlakatdagi tabiiy monopoliya subyektlari soni ikkitaga kamaydi. O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda 131 ta tabiiy monopoliya subyekti qayd qilingan edi. Tabiiy monopoliya — tovar bozoridagi shunday holatki, unda texnologik xususiyatlarga ko‘ra ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketishi munosabati bilan muayyan turdagi tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan talabni qondirishning raqobatga asoslangan sharoitni yaratib bo‘lmaydi yoki bunday sharoitni yaratish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Ro’yxatga muvofiq, “Toshkent don mahsulotlari” va “Qo'qon issiqlik energo” chiqarib tashlangan. Elektr energiya yetkazib berish xizmatini amalga oshiradigan Steel Property Construction esa ro’yxatga qo’shilgan. O‘zbekistonda monopolist-korxonalar soni so‘nggi besh yil ichida ikki barobardan ko‘proqqa qisqargan. Bu haqda bugun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan «Konkurensiya 4.0» muhokamalar platformasi vaqtida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. Yanvar oyida tashkil etilgan qo‘mita rahbariyati a'zolarining jamoatchilik va biznes vakillari bilan ilk uchrashuvi 2019-2023 yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasi muhokamasiga bag‘ishlandi. Qayd etilishicha, bugungi kunda tovar va moliya bozorlarida davlat kompaniyalari dominantlik qilmoqda. Monopoliyalarning 90 foizini davlat ulushi bor yoki davlat nazoratidagi kompaniyalar tashkil qiladi. Ta'kidlanishicha, davlat kompaniyalari davlat unitar korxonasi va sho‘'ba korxonasi shaklida o‘z quyi tuzilmalarini tashkil etishmoqda va bu tuzilmalar xususiy kompaniyalar faoliyatining o‘rnini bosishi va bozorni bo‘lishda qatnashishga urinishi tez-tez kuzatilmoqda, bu esa budjet nazoratidan chiqib ketish instrumenti hamdir. Hozirda bunday kompaniyalar soni 1,4 mingdan ko‘proqni tashkil etadi. Shu bilan birga, davlatning moliyaviy bozorlar va kapital bozoridagi (birja, markaziy depozitariy, banklar) vakolatlari va ishtiroki ko‘lami ham yuqoriligicha qolmoqda, bu esa manfaatlar ziddiyatini avj oldirib, tijoriy bozor mexanizmlarining rivojlanishiga to‘siq bo‘lyapti. Misol uchun, fond birjasida qimmatli qog‘ozlar savdosi yuzasidan hisob-raqamlarga xizmat ko‘rsatishda O‘zbekiston Milliy banki monopoliyasi o‘rnatilgan. Umuman, bank sektorining 83 foizi davlat ishtiroki bilan faoliyat yuritmoqda. Taklif etilayotgan strategiyaga muvofiq, 2023 yilga qadar davlatning bank sektoridagi ishtirokini 50 foizgacha pasaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda tabiiy monopoliya sub'yektlari bilan qo‘shib hisoblaganda 236ta monopolist-korxona mavjud va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ularning sonini keyingi to‘rt yilda 25 foizga qisqartirishni taklif etmoqda. Shuningdek, shu muddat ichida hozir ishlab turgan 1414ta davlat unitar korxonalari sonini 700taga kamaytirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 2023 yilga qadar monopol mahsulot va xizmatlarning YaIMdagi solishtirma hajmini 7 foizgacha kamaytirish, kichik biznesning YaIMdagi ulushini 3 foizga oshirish (54,9dan 57,9ga) mo‘ljallangan. Antimonopoliya qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan strategiya loyihasi bilan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan. Muhokama 22 martga qadar davom etadi.
|
| |