Monopoliyalarning ijobiy va salbiy tomonlari




Download 204,7 Kb.
bet8/15
Sana31.05.2024
Hajmi204,7 Kb.
#258132
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
kurs ishi4[1]

Monopoliyalarning ijobiy va salbiy tomonlari


Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoѐn bo‘ladi. Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, u ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi. Ikkinchidan, monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiѐti yutuqlarini joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi. Chunki, uncha yirik bo‘lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko‘ra, ko‘proq joriy daromadga e’tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g‘oyalar raqiblar tomonidan juda tez o‘zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g‘oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo‘lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi. Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko‘rsatish mumkin:

  1. resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko‘tarishi, mahsulotlarning u

qadar yaxshi bo‘lmagan turlarini, past texnikaviy darajasini, past sifati hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoѐn bo‘ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiѐt samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.


Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo‘ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi;


  1. Download 204,7 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 204,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Monopoliyalarning ijobiy va salbiy tomonlari

Download 204,7 Kb.