Tadbirkorlik va boshqaruv




Download 204,7 Kb.
bet10/15
Sana31.05.2024
Hajmi204,7 Kb.
#258132
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kurs ishi4[1]

Robinson-Petmen qonuni (1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar va boshqalarni taqiqlaydi.

1950 yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.

5. O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik


Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiѐtini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta- sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.
Iqtisodiѐtda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siѐsatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiѐtning monopollashuv darajasi uning miqѐsi va tavsifiga qarab, bu siѐsat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiѐtidan bozor iqtisodiѐtiga o‘taѐtgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom raqobatga shart- sharoit hozirlash, iqtisodiy sub’ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi.
Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ob’ektiv shart
qilib qo‘ymoqda. . Bu borada ham juda ko‘p yechilmagan muammolar bor.Ya’ni, eski ma’muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish,to‘laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‘lidagi mavjud g‘ov-to‘siqlarni bartaraf etishimiz zarur»5. Bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar,korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va xomashѐlarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolisti tendensiyalarga ko‘proq imkon yaratadi
Ushbu muammolarga mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov o‘zining 2007 yil yakunlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi yig‘ilishda so‘zlagan ma’ruzasida yana bir bor e’tibor qaratib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: «Ma’lumki, iqtisodiyot rivojining bugungi bosqichida monopolizm ko‘rinishlariga qarshi kurash va amalda raqobat muhitini shakllantirish masalalari g‘oyat muhim ahamiyatga ega.Shu bilan birga, ayrim tarmoqlarda iqtisodiѐtning monopollashuvi asossiz ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga, mahsulot sifati va raqobatbardoshligining ortishiga, narxlarning pasayishiga hamon to‘sqinlik qilmoqda. Jumladan, shular qatorida sement, shifer, polietilen, yengil va yog‘-moy sanoati mahsulotlari va boshqa bir qator tovarlarga bo‘lgan ehtiѐjni qondirish imkoniyati nisbatan cheklangan holda saqlanib qolmokda. Bu esa ana shu mahsulotlarga kon’yunktura talablari oshib ketgan paytda monopolist korxonalarga o‘z mahsulotining narxini asossiz ravishda oshirish uchun qo‘l kelmoqda».
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:

Download 204,7 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 204,7 Kb.