• Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasini tashkil etishda quyidagi vazifalar maqsad qilib qo’yilgan.
  • Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolat va vazifalari




    Download 204,7 Kb.
    bet13/15
    Sana31.05.2024
    Hajmi204,7 Kb.
    #258132
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    kurs ishi4[1]

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolat va vazifalari


    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
    Nizomga muvofiq, Qo‘mita monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya sub’ektlari ustidan nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
    Qo‘mita Bosh vazirga hamda ayrim masalalar bo‘yicha Prezidentga bo‘ysunadi.
    Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi Qo‘mita tarkibiga kiradi.
    Qo‘mita xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni insofsiz raqobatchilardan himoya qilishni ta’minlaydi.
    Qo‘mita mulkchilik shaklidan qat’i nazar monopoliya sohasida tadbirkorlar faoliyatini tekshiradi.
    Qo‘mita raisi Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
    Hukumat tomonidan doimiy ravishda Qo‘mita faoliyatining samaradorligi baholanib boriladi.

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasini tashkil etishda quyidagi vazifalar maqsad qilib qo’yilgan.


    1.Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati ustidan nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
    3. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan alohida masalalar bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
    4. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
    5. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
    6. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar) va uning tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.

    Download 204,7 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 204,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolat va vazifalari

    Download 204,7 Kb.