• Kurs ishining manbalari
  • Kurs ishining obekti
  • Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishini namoyon etadi.
  • Tadbirkorlik va boshqaruv




    Download 204,7 Kb.
    bet3/15
    Sana31.05.2024
    Hajmi204,7 Kb.
    #258132
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    kurs ishi4[1]

    Kurs ishining vazifasi.Ushbu referat ishida monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning vujudga kelishi, turlari va ularning namoyon bo‘lish shakllari, monopoliyalarning ijobiy va salbiy tomonlari, monopoliyaga qarshi qonunchilik bo‘yicha jahon tajribasi va O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi hamda monopoliyaga qarshi qonunchilik ko‘rib o‘tiladi.


    Kurs ishining manbalari.Kurs ishini yozishda Respublikamiz qonunlari,
    Prezident qaror va farmonlari, chop etilgan ilmiy kitoblar, davriy matbuotda chop
    etilgan maqolalarga tayanildi. Shu mavzuda keyingi yillarda nashr etilgan ilmiy
    tadqiqotlar, internet ma‘lumotlari o`rganildi.Bundan tashqari xorijiy olimlar
    tomonidan ushbu mavzuga oid fikr mulohazalar, maqolalar ham tadqiq etildi.


    Kurs ishining obekti: O’zbekiston Respublikasida teng huquqli raqobatbardosh korxonalar va ularning mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishini o’rganishdan iborat.
    Kurs ishining predmeti: O‘zbekiston Resbpublikasi rivojlanishining
    kelajakdagi istiqbollarini o‘rganish va tahlil qilishdan iborat.
    Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa hamda foydalanilgan
    adabiyotlar ro'yhatidan iborat.

    1Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib boraѐtgan islohotlarni, iqtisodiѐtimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. // “Xalq so‘zi” gazetasi, 2016 yil 15 yanvar.
      1. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning vujudga


    kelishi
    Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta’minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amal qilish xususiyatlarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
    Monopoliya tushunchasiga turli o‘quv adabiyotlarida turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, ba’zi o‘rinlarda uni «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi»2 sifatida qaralsa, boshqa holatlarda
    «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba’zi adabiyotlarda – yakka) hukmronlik holati»3 deb ta’riflanadi. Bu ta’riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki «har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta’riflash o‘rinli deb hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiѐt ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari4.
    «Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, grekcha «monos» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
    Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishini namoyon etadi. Ishlab chiqarish to‘planishining asosiy sababi bo‘lib olinayotgan foyda hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko‘paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo‘shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qo‘shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o‘sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to‘planishining moddiy asosi bo‘lib kapitalning to‘planishi va markazlashuvi hisoblanadi.

    2 Ekonomicheskaya teoriya: Uchebnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obщ. red. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrыnina, G.P.Juravlevoy, L.S.Tarasevicha. – M.: INFRA-M, 2005, 121-b.
    3 Kulikov L.M. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. – M.: TK Vebli, Izd-vo Prospekt, 2005, 191-b.; Tojiboeva D. Iqtisodiѐt nazariyasi: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. T.: «O‘qituvchi», 2002, 246-b.
    4 Bu mazmundagi ta’riflar quyidagi manbalarda ham berilgan: Shishkin A.F. Ekonomicheskaya teoriya: Uchebnoe posobie dlya vuzov. 2-ye izd. Kn.1. – M.: Gumanit. izd. sentr VLADOS, 1996, 597-b.; Borisov Ye.F. Ekonomicheskaya.

    Download 204,7 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 204,7 Kb.