Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, iste’molchi o‘ziga yoqqan ichimlikni qiyosiy jihatda baholaydi. Ya’ni ichimliklarga nechchi ballik baholash usulini taqdim qilsayam, u o‘ziga yoqqan ichimlikni nisbiy shkalalashtirish tizimida yuqori ballni tanlaydi.
Tartibli shakalalashtirish turi – obyektning reytingi orqali tartib raqamini belgilaydi. Ushbu holda biron bir obyektning boshqa obyektga nisbatan berilgan tavsifnomasiga (xarakteristikasiga) qarab belgilanadi. Masalan: “Shahrimizdagi qaysi restoran Sizningcha birinchi beshtalikka kiradi?”
Shunday qilib, shakalalashtirishning turlari tadqiqotchi va izlanuvchilar uchun kerakli va yetarli aniq ma’lumotlar uchun juda katta foyda keltiradi desak adashmaymiz. Chunki, ushbu ma’lumotlar orqali bitta obyekt uchun muntazam ravishda kerakli ma’lumotlarni yangilab turish va kuzatish orqali izlanuvchiga obyektning kamchiliklari yoki to‘siqlarni bartaraf etishga yordam beradi.