62
Yonuvchan moddalar ular uchun maxsus moslashtirilgan, boshqa
omborlardan ajratilgan va yong'inga qarshi uskunalarga ega
xonalarda saqlanadi;
ochiq saqlash materiallari (g'isht, qum, shag'al, metall va boshqalar)
ularni maxsus yog'ingarchilik ta'siridan himoya qiladigan soyabon
ostida maxsus mo'ljallangan omborxonaga joylashtiriladi.
Shtrixli kodlash texnologiyasini joriy qilish uchun omborni tashkil
qilishning asosiy talablari:
omborga kiradigan mahsulotlarning kamida 80% shtrixli kod
bilan belgilanishi kerak;
omborda mahsulotlarni qabul qilish va taqsimot punktlari
avtomatlashtirish tizimiga ulangan skanerlash uskunalari bilan
jihozlangan bo'lishi kerak;
Skanerlash uskunalari foydalanish shartlari va ishonchlilik
talablariga javob berishi kerak.