|
Talaba-amaliyotchilar uchun metodik qo'llanma book · February 021 citations reads 65,110 authorBog'liq metodichkaHUQUQ
VA VAZIFALARI
Talabalar
pedagogik amaliyot davrida xohlagan masala bo’yicha pedagogika
institutining
pedagogik amaliyot va maktab rahbariyatiga, o’quv o’rni
o’qituvchilariga murojaat qilishi, o’quv – tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish,
amaliyotning
tashkiliy masalalari bo’yicha tavsiyalar berish, o’quv
muassasalaridagi
bolalar va o’smirlar, yoshlar va kasaba uyushmalarining
konferentsiya
va yig`ilishlariga qatnashish, kutubxona, fan kabinetlaridan va
mavjud
o’quv-uslubiy qurollardan foydalanish huquqiga ega.
Oliy
pedagogika ta`lim muassasasining talaba amaliyotchilari pedagogik
amaliyot
jarayonida:
-pedinstitutning (peduniversitetning), fakul`tetning pedagogik amaliyot
bo’yicha rahbari, guruh rahbari, metodistlar, pedagogika va psixologiya
o’qituvchilari, maktab rahbariyati va o’qituvchilarning topshiriqlarini ma`suliyat
bilan
bajarishga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidasini
qat`iuan
saqlashga, kamtarinlik, tashkilotchilik, tartib-intizom, odoblilik va
mehnatsevarlilik
namunasi bo’lishiga;
- pedagogik amaliyot dasturlarida ko’rsatilgan barcha vazifalarni bajarishga,
bolalar
bilan o’tkaziladigan quv-tarbiyaviy ishlarning tashkil qilinishi va
uyushtirilishiga
puxta tayyorlanishga, ularning reja va dasturlarini, konspektlarini
tuzishga
, uni o’qituvchi, sinf rahbari va uslubiyotchiga tasdiqlatishga;
- dars jadvaliga muvofiq barcha o’quv tarbiyaviy ishlariga va ularning
tahliliga
faol qatnashishga, ma`lum sifatda amaliyot kundaligini yuritish va
amaliyot
yakunida guruh rahbariga hisobot berishi va amaliyot bo’yicha sinov
topshirishi
shart.
Yuqorida
e`tirof etilgan talablarni bajarmagan amaliyotchi pedagogik
amaliyotdan
chetlashtiriladi. Pedagogik amaliyotdan chetlashtirilgan yoki
pedagogik
amaliyot davridagi faoliyati uchun noloyiq baho olgan talaba ushbu
semestrdagi
o’quv rejasini bajarmagan hisoblanadi. Fakul`tet (Institut) kengashi
qarori
bilan unga o’qishdan uzluksiz ravishda takror pedagogik amaliyot
belgilanadi
.
|
| |