|
Talabalar mustaqil ishlarni tashkil etishda zamonaviy didaktik vositalardan samarali foydalanishBog'liq 2642-Текст статьи-7632-1-10-20240116Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 йил № 7)
ISSN 2181-1709 (P)
164
Education and innovative research 2023 y. № 7
tsepsiyasini tacdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmonida xalqaro ilg‘or
tajribalarga tayangan holda, oliy ta’lim standartlarini joriy etish, oliy ta’lim mazmunini
sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ta’lim yo‘nalishlari o‘quv fan dacturlarida
nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga
qaratilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish vazifalari belgilab berilgan [1].
Hukumatimiz tomonidan yuqori malakali bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash
uchun belgilangan vazifalar muammolarini kompleks hal etish zarur, bu ko‘plab
omillarga bog‘liq: ta’lim mazmunini malakali loyihalash, zamonaviy usullar, o‘quv
jarayonining didaktik vositalari va texnologiyalari, shuningdek o‘qituvchilarning
doimiy malakasi oshirish va talabalarning mustaqil ishlarni bajaritish uchun shart-
sharoitlarni tashkil etish hamda ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv jarayoni qayta ko‘rib
chiqib uni takomillashtirish.
Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fanlar bo‘yicha mustaqil
ishlari ta’lim jarayonining muhim formasi emas, balki uning asosiy formalaridan biri
bo‘lishi kerak. Chunki, mustaqil ish talabada ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat ta’lim
standartida belgilangan umummadaniy va kasbiy kompetentlikni shakllantirishga va
professional faoliyatini muvoffaqiyatli olib borishi uchun chuqur bilim va malakalarni
egallashga xizmat qiladi. SHu bilan birga mustaqil ishlarni kompetentli yondoshuv
prin tsiplari asosida tashkil etish orqali bilimlarni egallashning faol metodlariga o‘tish,
talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning imkoniyatlarini hamda
bo‘lajak kasbiy faoliyatidan kelib chiqqan holda jamoaviy o‘qitishdan individual
o‘qitishga o‘tish imkoniyatlarini beradi. Bu erda asosiy masala fanlar bo‘yicha
mustaqil ishlarga ajratilgan soatlar hajmini oshirish ustida emas, balki talabalarning
mustaqil ishlarini tashkil etishni prin tsipial jihatdan qayta ko‘rib chiqish, talabalarda
mustaqil bilim olish qobiliyatldarini shakllantirish, olgan bilimlarini amaliyotda joriy
etish va ularni bo‘lajak kasbiy faoliyatiga adaptatsiyalash vazifalari nazarda tutiladi.
Shu munosabat bilan talabalarga ta’lim berish sifati hamda ularning mustaqil
ishlarining samaradorligi to‘g‘ri tuzilgan o‘quv jarayoniga, qo‘llaniladigan didaktik
vositalariga, o‘qitish metodlariga va texnologiyalariga bevosita bog‘liq. To‘g‘ri
tanlangan didaktik vositalar, o‘qitishning metodlari va tashkiliy shakllari talabalarning
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirishga
yordam beradi va talabalarning o‘quv faoliyatini faollashtirishga imkon beradi
Bolonya jarayoni - bu Evropa mamlakatlari orasida oliy ta’limni uyg‘unlashtirish
jarayonidir. U tushunish oson bo‘lgan va o‘xshash oliy ta’lim darajalar tizimini
yaratishni, ta’limda kredit-modul tizimiga o‘tishni, ta’lim sifatini ta’minlashda erkin
akademik harakatlanishni va Evropadagi ta’lim hamkorligini o‘z ichiga oladi. Qisqa
qilib aytganda, bu Evropa mamlakatlarining oliy ta’lim tizimlarini uyg‘unlashtirish,
har bir kishi uchun teng ravishda ta’limni ta’minlash, intellektual, madaniy, ijtimoiy,
ilmiy va texnologik salohiyatni shakllantirish va mustahkamlash, ta’lim sifatini
takomillashtirish jarayonidir.
O‘zbekistonda kredit ta’lim tizimiga asoslangan milliy modelni ishlab chiqishda,
Evropa ECTS krediti va Amerika kredit soatlari tizimlarining yutuqlarini inobatga
olgan holda yuqori ta’lim sifatini va dunyo ta’lim jarayonlariga integratsiyalashish
uchun ishonchli asosni tanlash maqsadga muvofiqdir. ECTS kredit tizimi ko‘p millatli
Evropa an’analarini inobatga olgan holda turli ta’lim tizimlarini yaqinlashtiradi.
Kredit-modul tizimida ahamiyat beriladigan asosiy masalalar sifatida quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin [2]: - talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash;
- talabalar bilimini reyting asosida baholash;
- o‘qitishning modulli texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish;
- talabalarning o‘z ustida mustaqil ishlashini ta’minlash uchun fanning metodik
ta’minotini yanada takomillashtirish.
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni e’tirof etish
mumkin:
|
| |