Talabalar mustaqil ishlarni tashkil etishda zamonaviy didaktik vositalardan samarali foydalanish




Download 413,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana17.05.2024
Hajmi413,1 Kb.
#239513
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2642-Текст статьи-7632-1-10-20240116

Образование и инновационные исследования (2023 год № 7)
ISSN 2181-1717 (E)
165
http://interscience.uz
- o‘quv jarayonini modul asosida tashkil qilish;
- bitta fan va kurs kesimida kreditning qiymatini aniqlash;
- talabalar bilimini reyting asosida aniqlash va baholash;
- talabalarning o‘z shaxsiy o‘quv rejalarini individual tarzda shakllantirishga 
imkoniyat yaratish;
- ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish;
- ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yiladigan 
talabdan kelib chiqib o‘zgarishlarni amalga oshirish;
- talabalarning fanlar va professor-o‘qituvchilarni tanlashi uchun imkoniyatlar 
yaratish.
Bundan ko‘rinib turibdiki kompetentli kadrlarni tayyorlashda talabalarning bilim 
olishlarida mustaqil ishlarga alohida e’tibor qaratish lozim.
Hozirgi vaqtda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish bo‘yicha turlicha 
yondashuvlar mavjud. Ba’zi tadqiqotchilar mustaqil ishni o‘qituvchilar tomonidan fan 
uchun taqdim etilgan mustaqil ish mavzularini talabalar bajarishlari, idrok etishlari va 
mustaqil tushunishlari kerak deb bilishadi. Boshqa bir tadqiqotchilar bu hodisaning 
mohiyatini faqat tashqi belgilar bilan ochib beradi. Yana birlari esa mustaqil ishni 
yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish va chuqur egallash, o‘quvchilarning o‘zlari 
tomonidan ish ritmini o‘rnatish va qo‘yilgan savollarni o‘rganish uchun vaqt miqdori 
kabi asoslar bilan belgilaydilar.
Bundan kelib chiqadiki, mustaqil ishlar nafaqat shaklga ega, balki o‘rganish 
vositasi hamdir, shunday ekan talabalar ma’lum yangi bilimlarni va ko‘nikmalarni 
shakllantirishlari uchun bir qancha funktsiyalarni bajarishlari lozim: rivojlantiruvchi, 
axborot – o‘rgatuvchi, yo‘naltiruvchi va rag‘batlantiruvchi, ta’lim va tadqiqot [3].
Tahlil etilgan dissertatsiyalar va ilmiy-uslubiy ishlar shuni ko‘rsatdiki, oliy ta’lim 
muassasalarining o‘quv jarayonida mustaqil ishlarni tashkil qilish uchun turli xil 
o‘quv vositalaridan foydalanilgan, lekin uni qayd etish ishlari amalga oshirilmagan 
va shuning o‘qitish vositasi sifatida qaralmagan. Ko‘p yillik ta’lim berish tajribasi 
shuni ko‘rsatdiki, o‘quv jarayoniga turli didaktik vositasilari qo‘llash orqali talabalar 
fanni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari mumkin, shuningdek, davlat ta’lim standarti 
talablariga muvofiq bo‘lajak muhandislarning kompetentsiyalarini shakllantirishga 
yordam beradi.
Tahlil etilgan dissertatsiyalar va ilmiy-uslubiy ishlar shuni ko‘rsatdiki, oliy ta’lim 
muassasalarining o‘quv jarayonida mustaqil ishlarni tashkil qilish uchun turli xil 
o‘quv vositalaridan foydalanilgan, lekin uni qayd etish ishlari amalga oshirilmagan 
va shuning o‘qitish vositasi sifatida qaralmagan. Ko‘p yillik ta’lim berish tajribasi 
shuni ko‘rsatdiki, o‘quv jarayoniga turli didaktik vositasilari qo‘llash orqali talabalar 
fanni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari mumkin, shuningdek, davlat ta’lim standarti 
talablariga muvofiq bo‘lajak muhandislarning kompetentsiyalarini shakllantirishga 
yordam beradi.
Talabalarning mustaqil ishlarini bilan bog‘liq muammalarni ko‘plab olimlar 
va ilmiy izlanuvchilar tatqiq etishgan,.jumladan, mustaqil ishlarni tashkil etish 
masalalarini S.I.Arxangelskiy, M.N. Axmetova, N.V. Bordovskoy, V. Ya.Lyadis, 
P.I.Pidkasistoy, A.P. Tryapitsyna ko‘rib chiqishgan bo‘lishsa, talabalar mustaqil 
ishlarining “individualligi”ni rivojlantirish shartlari E.H.Voronova, I.A. Ivanov 
tadqiqotlarida bayot etilgan bo‘lsa, talabaning ijodiy faoliyatini rivojlantirish 
ishlarini S.N. Gayday, V.P. Ushachyova tadqiqotlarida uchratish mumkin, Mustaqil 
ish talabalarning individualligini rivojlantirish sharti sifatida olib borilgan ilmiy 
tadqiqotlar bilan A.K.Vorstera, I.A.Dubovec, E.V.Ospennikovoy shug‘ullanishgan, 
V. Ya. Lyaudis, P.I. Samoylenko, G.V.SHironina va boshqa olimlar talabalarning 
mustaqil ishlarini turli o‘quv didaktik vositalar yordamida tashkil etish bo‘yicha 
izlanishlar olib borgan, hamda A.E.Jukova, N.V.Smetaninoy, L.V. Turkinoy va 
boshqa bir qancha olimlar Mustaqil ish samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan 



Download 413,1 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 413,1 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalar mustaqil ishlarni tashkil etishda zamonaviy didaktik vositalardan samarali foydalanish

Download 413,1 Kb.
Pdf ko'rish