Talabalar mustaqil ishlarni tashkil etishda zamonaviy didaktik vositalardan samarali foydalanish




Download 413,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana17.05.2024
Hajmi413,1 Kb.
#239513
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2642-Текст статьи-7632-1-10-20240116

Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 йил № 7)
ISSN 2181-1709 (P)
166
Education and innovative research 2023 y. № 7
ilmiy ishlarni olib borishgan. 
Talabalarning mustaqil ishlarini samarali tashkil etishda didaktik o‘quv 
vositalaridan foydalanish bo‘yicha V.P. Bespalko, N.V. Bordovskaya, L.Ya. Zorina, 
Yu.G. Tatur, N.L. Shubina, N.E. Erganova va boshqalar ilmiy tadqiqotlar olib 
boishgan.
Mamlakatimiz pedagog olimlaridan T.T.SHoymardanov, N.Sayidahmedov, 
P.T.Magzumov, O.X.To‘raqulov, A.R.Xodjaboev, R.Mavlonova, U.N.Nishonaliev, 
E.T.Choriev, O.A.Qo‘ysinov va boshqalar o‘z tadqiqotlarida talabalar mustaqil 
ta’limining tashkiliy va metodik asoslari borasida fikr yuritganlar.
Mustaqil ta’limni tashkil qilishni pedagogik muammo sifatida T.R.Niyazmetova, 
R.Saidova, A.I.Axmedov, B.M.Turdibaeva, O‘.Q.Tolipov, Sh.S.Sharipov, 
Z.Nishonova, J.Tolipova, N.Xalilov, S.Matchanov va boshqalar o‘z ishlarida tadqiq 
qilishgan.
Jahon pedagogik amaliyoti shuni ko‘rsatadiki oliy taʼlimni rivojlantirishning 
milliy va jahon tendentsiyalarini oʻrganishda quyidagilarni ko‘rish mumkin:
• zamonaviy ijtimoiy-madaniy sharoitlar uzluksiz ta’lim g‘oyasining o‘ziga xos 
qiymatini talab qiladi, bunda talabalardan doimiy ravishda o‘z bilimlarini oshirishlari 
talab etiladi;
• axborotlashgan jamiyat sharoitida o‘quv jarayonini tashkil etishda tub 
o‘zgarishlar talab etiladi: sinf yuklamasini kamaytirish, ma’ruzalarni passiv tinglashni 
esa talabalarning mustaqil ishlari ulushini oshirish bilan almashtirish;
• ta’limdagi og‘irlik markazi o‘quvchilarning mustaqil ishlarni o‘qitishdan uni 
o‘rganishga o‘tishdir.
Hozirgi kunda zamon talablariga mos, kompetetnli mutaxassislarni tayyorlashda 
o‘qituvchilar tomonidan talabaning mustaqil faoliyatini tizimli ravishda nazoratga 
olish eng asosiy o‘qitish vositasi sifatida qaralishi lozim.
Talabaning mustaqil ishilarini bajarish yoki o‘tkazish joyi hamda vaqti, o‘qituvchi 
tomonidan uni boshqarish va natijalarini nazorat qilish usuliga qarab quyidagi turlarga 
ajratiladi:
• auditoriya mashg‘ulotlarida (ma’ruzalar, seminarlar, laboratoriya ishlari);
• o‘qituvchi nazorati ostidagi mustaqil ishlar rejalashtirilgan konsultatsiyalar, test 
sinovlariga va imtihonlarga tayyorlanish shaklida;
• talaba tomonidan o‘quv va ijodiy xarakterdagi vazifalarini auditoriyadan 
tashqari mustaqil ishlarni bajarish.
Metodlar. Har qanday sharoitda talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish uchun 
avvalo uning loyihasini, amalga oshirish shartlari, mexanizmlari ishlab chiqiladi. 
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish shartlariga binoan talab va takliflardan kelib 
chiqib, taqdim etilgan ma’lumotlar ishonchliligi bilan ahamiyatlidir. Buni amalga 
oshirishning bir nechta metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Mustaqil ishning 
nazariy asoslari va qo‘yilgan vazifalar, eksperimental tadqiqotni tashkil etish shartlari 
va metodlari belgilab beriladi. Mustaqil ishlarni bajarishda jarayonida quyidagi 
metodlardan foydalaniladi:
1. Tizimni tahlil qilish usuli (shu jumladan morfologik va funk tsional-parametrik 
tavsif).
2. Statistik usullar (normativ, qiyosiy, tasodifiy baholash usuli, o‘zgarishlarni 
kuzatish usuli, konstruktiv-tanqidiy usul va boshqalar.).
3. So‘rov usullari: intervyular, anketalar, ijtimoiy o‘rganish usuli.
Bo‘lajak muhandislarning mustaqil ishlarida tizimli yondashuv metodidan 
foydalanish bizga loyihani yaratish va amalga oshirish shartlarini belgilashda hattoki 
tabiatning ko‘plab elementlarining o‘zaro ta’sirini hisobga olishga, ob’ektga eng katta 
ta’sir ko‘rsatadiganlarni aniqlashga, ularga samarali ta’sir qilish yo‘llarini topishga 
imkon beradi.
Muhandislik mavzulariga oid mustaqil ishlarni bajarishda loyiha yaratish va 



Download 413,1 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 413,1 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalar mustaqil ishlarni tashkil etishda zamonaviy didaktik vositalardan samarali foydalanish

Download 413,1 Kb.
Pdf ko'rish