|
Talabalar mustaqil ishlarni tashkil etishda zamonaviy didaktik vositalardan samarali foydalanishBog'liq 2642-Текст статьи-7632-1-10-20240116Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 йил № 7)
ISSN 2181-1709 (P)
168
Education and innovative research 2023 y. № 7
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda talabalarning motivatsiyasini
shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Motivatsiyaning uch turi mavjud:
1. Tashqi motivatsiya – kasbiy karyeraning universitetda o‘qish natijalariga
bog‘liqligi.
2. Ichki motivatsiya – talabaning moyilligi, universitetda o‘qish qobiliyati. Talaba
yo‘nalishni yoki mutaxassislikni tanlashda universitetga kirishdan oldin turli xildagi
testlar, so‘rovnomalar orqali uni boshqarish imkoni mavjudligi.
3. Pro tsessual (o‘quv) motivatsiya – talaba bajargan topshiriq foydaliligini
tushunishida namoyon bo‘ladi. Bu talabaning kasbiy tayyorgarligi, mutaxassisning
dunyoqarashi va bilimini kengaytirish nuqtai nazaridan ham bajarilayotgan ishning
ahamiyatiga psixologik moslashishni talab qiladi. Talabaga mustaqil ishlarning
natijalari ma’ruza materialini kengroq tushunishga yordam berishini ko‘rsatish kerak.
Talabalar mustaqil ishlarining bajarilishi kurs ishi, kurs loyihalarinining ajralmas
qismi hisoblanadi ayniqsa bitiruv ishini bajarishda juda katta samara beradi.
Ushbu motivatsiyani amalga oshirish uchun aynan bir fan misolida tushintirishga
harakat qilamiz:
“Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarda lokal,
global tarmoqlarni loyihalash. Tarmoqlarni lohihalashda OSI modeliga asoslanish
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish. Tarmoqqa ulanadigan turli xil qurilmalar uchun IP
manzillarni tanlash va ular orqali ma’lumotlarni uzatishni o‘rgatish. Bundan tashqari
tarmoqda ma’lumotlar xavfsizligini taminlash bo‘yicha mos bilim, ko‘nikma va
malakani shakllantirishdir.
“Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fani uchun jami 150 soat ajratilgan bo‘lsa,
unda auditoriya mashg‘uloti uchun 60 soat, mustaqil ta’lim uchun 90 soat yuklama
taqsimlangan. Ushbu fan uchun 5 kredit ajratiladi va kredit tizimi orqali baholanadi.
Natijalar. Biz amaliy faoliyatimizda “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanidan
mustaqil ishlarni tashkil etish va talabalarning faolligini oshirish uchun quyidagilarni
tatbiq etdik:
- Auditoriyada o‘tiladigan mavzular o‘zlashtirishlari, mustahkamlashlari uchun
talabalarga mavzuga oid savol va topshiriqlar ishlab chiqildi;
- Talabalarga individual va jamoa bilan birgalikda topshiriqlarni bajarish uchun
topshiriqlar ishlab chiqildi
- “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanidan laboratoriya va amaliy
mashg‘ulotlarni mustahkamlash uchun “Cisco Packet Tracer” dasturiy ilovasidan
foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma ishlab chiqildi
- Mustaqil ish mavzularini mustaqil o‘qib o‘rganishlari, loyiha sifatida
topshirishlari uchun turli xil o‘quv adabiyotlar, ilmiy ishlanmalar, internet havolalari,
video va audio materiallar bilan ta’minlandi
- Ta’lim yo‘nalishining malaka talabidan kelib chiqqan holda, talabalarga
kompetentli muhandis bo‘lishlari uchun auditoriyada qamrab olinmagan mavzularni
mustaqil o‘rganishlari uchun tayyorlandi
- Talabalar mustaqil ishlarni bajarib, topshiriqlarni topshirishlari uchun ta’lim
platformasiga joylashtirish imkoni yaratildi
- Mustqil ishlar mazmunan to‘liq bajarilganligini tekshirish uchun ishlab
chiqarishdan volontyor mutaxassislar jalb etildi
Munozara. Xulosa qilib, aytganda talabaning mustaqil ishi bo‘lajak kompetentli
mutaxassislarni tayyorlashda katta rol o‘ynaydi, chunki u talabalarni yangi bilimlar
bilan boyitadi, har qanday nostandart vaziyatlarda o‘z yechimini topishga undaydi va
qaror qabul qilishga o‘rgatadi.
Talabalar mustaqil ish samaradorligini oshirish uchun ularni tashkiliy usullari,
shakllari va zarur o‘quv-uslubiy materiallari bilan ta’minlash zarur.
Talabalarga zamonaviy laboratoriya, texnologiya, o‘qitish texnikalari orqali
bilim berish ularning kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, mutaxassis sifatida kasbiy
|
| |