Talabalar mustaqil ishlarni tashkil etishda zamonaviy didaktik vositalardan samarali foydalanish




Download 413,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana17.05.2024
Hajmi413,1 Kb.
#239513
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2642-Текст статьи-7632-1-10-20240116

Образование и инновационные исследования (2023 год № 7)
ISSN 2181-1717 (E)
167
http://interscience.uz
amalga oshirishda normativ, qiyosiy, tasodifiy baholash usuli, o‘zgarishlarni kuzatish 
usuli, konstruktiv-tanqidiy metod kabi statistik metodlarlar ham zarur.
Mustaqil ishni bajarishda normativ metod orqali loyiha faoliyatining umumiy 
baholashlari belgilanadi. Unda ba’zi ko‘rsatmalar mavjud, bunda «buni qanday qilish 
kerak», « tizim yoki quyi tizim qanday bo‘lishi kerak», «ba’zi hujjatlarni qanday 
rasmiylashtirish kerak» kalitli so‘zlardan foydalanish mumkin. Asosan me’yoriy-
huquqiy baza muayyan modellar, tasvirlar, shtamplarda o‘rnatiladi, ularga muvofiq 
loyiha faoliyatining haqiqiy darajasi baholanadi [4].
Bugungi kun Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar rahbarligida talaba o‘z-
o‘zini kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish uchun eng asosiy vosita bu mustaqil 
ta’limni samarali va to‘g‘ri ta’minlashdir.
Talabaning mustaqil ishini texnologik jihatdan samarali tashkil etish quyidagi 
tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olishi mumkin:
• Talabalar mustqil ta’limi maqsadlarni tanlash texnologiyasi. Davlat ta’lim 
standartida, malaka talablarida, kasbiy nazariyalarda, kurslarning maqsadini 
aniqlashtirishda, tizimlarda, texnologiyalarda aniq belgilanishi; 
• Talabalar mustqil ta’limi mazmunini tanlash texnologiyasi. Bunga Davlat ta’lim 
standarti, o‘qitish manbalari (adabiyot, tajriba, o‘z-o‘zini tahlil etish), talabalarning 
individual psixologik xususiyatlari.
• Topshiriqlarni loyihalash texnologiyasi. Vazifalar turli darajadagi maqsadlarga 
mos kelishi, har bir fanning mazmunini aks ettirishi, talabalar faoliyatining turlari va 
bilim darajalarini o‘z ichiga olishi kerak.
• Nazoratni tashkil etish texnologiyasi. Nazorat vositalarini chuqur tahlil etib 
tanlash, bosqichlarini aniqlash, turli xil nazorat vositalarini ishlab chiqishni o‘z ichiga 
oladi.
Maxsus fanlarni o‘rganishda talabalarning mustaqil ishi alohida ahamiyatga ega, 
chunki u talabalarni kerakli adabiyotlar bilan ishlashga undaydi, qaror qabul qilish 
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. SHuning uchun bir nechta talabalar jamoasiga keys 
topshiriqlarini ishlab chiqish istiqbolli ko‘rinadi, chunki bu yondashuv talabalarga 
jamoaviy ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ushbu turdagi mashg‘ulot jamoa 
bilan ishlashda har bir shaxsga o‘z rollarni taqsimlashni va individual topshiriqlarni 
bajarishni hamda bajarilgan ishni baholash murakkabligini o‘rgatadi. SHu orqali 
talabalar yangi bilimlarni oson va tez o‘zlashtiradilar, ular bevosita ishtirok etgan 
jarayonlarni yaxshiroq yoki yorqinroq tushunadilar.
Mustaqil ishini tashkil etishda axborot texnologiyalari, ta’lim platformalari va 
boshqa dasturiy vositalar talabalarga juda yaxshi imkoniyatlani berishi mumkin, 
masalan jarayonlarni loyihalashda, real jarayonlarning atrofdagi voqelikka asoslanib 
ehtimoliy xususiyatini inobatga olgan holda modellarini ishlab chiqish imkon beradi. 
O‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish o‘qituvchi va talabadan 
zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida yuksak tayyorgarlikka ega bo‘lishni 
talab etishi shubhasiz.
Mustaqil ish faoliyat xarakteriga ega va shuning uchun uning tarkibida faoliyatga 
xos bo‘lgan tarkibiy qismlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: motiva tsion aloqalar, 
muayyan vazifani belgilash, amalga oshirish usullarini tanlash, nazorat qilish. [5]
Mustaqil ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
- o‘quv vazifasini rag‘batlantirish;
- beliglangan aniq vazifalarni bilish;
- talabaning bilimi topshiriqni bajarish usulini, algoritmini bajarish bo‘yicha 
etarli bo‘lishi;
- o‘qituvchi tomonidan toshiriq hajmi, uni topshirish usuli va hisobot shakli 
hamda muddatlari aniq belgilash lozim;
- konsultatsiya turlarini aniqlash (o‘rnatish, tematik, muammoli maslahatlar);
– baholash mezonlari, hisobot berish va h.k;
- nazorat turlari va shakllari (seminar, nazorat ishlari, test, seminar va boshqalar).



Download 413,1 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 413,1 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalar mustaqil ishlarni tashkil etishda zamonaviy didaktik vositalardan samarali foydalanish

Download 413,1 Kb.
Pdf ko'rish