• Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 4-ilova 1-masala.
  • -ilova Mustahkamlash uchun savollar




    Download 24,82 Mb.
    bet27/58
    Sana27.08.2024
    Hajmi24,82 Mb.
    #269908
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
    Bog'liq
    ТЕХНОЛОГИК ХАРИТА 1-КУРС

    3-ilova
    Mustahkamlash uchun savollar
    1. Irsiyat nima?
    2. O‘zgaruvchanlikka ta’rif bering.
    3. Gibridologik usul haqida gapiring.
    4. G. Mendelning I qonunini aytib bering.
    5. G. Mendelning II qonuni haqida gapiring.
    6. G. Mendel no‘xat o‘simligining necha juft muvofi q belgilarini nasldan naslga
    o‘tishini kuzatdi?
    7. Diduragay chatishtirishning mohiyatini tushuntirib bering.
    8. Diduragay chatishtirishda F2 da fenotip bo‘yicha qanday nisbatlarda ajralish ro‘y beradi?
    9. Poliduragay chatishtirish deb nimaga aytiladi?
    10. Qanday qilib poliduragay chatishtirishda hosil bo‘ladigan turli gametalar,
    genotiplar va fenotiplar soni hisoblanadi?
    Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 4-ilova
    1-masala. Ota-onasi qora ko‘zli (A) bo‘lgan, ko‘k ko‘zli (a) yigit, otasi qora ko‘zli, onasi ko‘k ko‘zli ayolga uylangan. Ushbu nikohdan ko‘k ko‘zli o‘g‘il farzand tug‘ildi. Ota-ona va farzandning genotiplarini aniqlang.
    2-masala. G‘o‘za tolasining qo‘ng‘ir rangi gomozigota holatdagi gen bilan ifodalanadi. Ushbu genning retsessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. Geterozigota holdagi individlarda tolasi novvotrangda bo‘ladi. Qo‘ng‘ir tolali bilan oq tolali g‘o‘za navlari chatishtirilganda Fi da 1800 ta o‘simlik olingan. Shundan nechtasining tolasi novvotrangda bo‘ladi?
    3-masala. G‘o‘za o‘simligida hosil shoxi cheklanmagan va cheklangan tipda, tola rangi esa qo‘ng‘ir va oq bo‘ladi. Shoxning cheklanmagan tipda bo‘lishligi cheklangan tipda bo‘lishligi ustidan to‘liq, tolaning qo‘ng‘ir rangda bo‘lishligi esa oq rangi ustidan to‘liqsiz dominantlik qiladi.
    1) Cheklanmagan shoxli, qo‘ng‘ir tolali g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli, oq tolali o‘simliklar bilan chatishtirilganda F1 da olingan o‘simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va novvotrang tola bergan. F1 o‘simliklari o‘z-o‘ziga chatishtirilib, keyingi avlod olinsa, ularning fenotipi qanday bo‘ladi? Fenotipik sinfl arning nisbatini aniqlang.
    2) F1 da olingan o‘simliklar cheklangan shoxli va oq tolali o‘simliklar bilan
    chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning genotipi va fenotipini
    aniqlang.
    4-masala. Odamlarda polidaktiliya va o‘naqaylik dominant belgilardir. Otasi 6 barmoqli, onasi har ikkala belgiga nisbatan sog‘lom oiladan chapaqay va barmoqlari soni normal bola tug‘ildi. Bu oilada yana qanday fenotipli bolalar tug‘ilishi mumkin?
    5-masala. Shaftoli mevasining tuklar bilan qoplanganlgi silliqligi ustidan, meva eti oq rangda bo‘lishi sariqligi ustidan dominantlik qiladi.Tajribada ikkala belgi bo‘yicha geterozigotali o‘simlik bilan tukli oq mevali o‘simlik chatishtirilgan. Avlodda olingan 96 ta o‘simlikdan 75% i mevasi tukli va rangi oq, 25% I mevasi tukli va rangi sariq bo‘lgan. Olingan o‘simliklardan nechtasi ikkinchi belgi bo‘yicha gomozigotali dominant bo‘ladi? 5-ilova

    Download 24,82 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




    Download 24,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -ilova Mustahkamlash uchun savollar

    Download 24,82 Mb.