Logistikada avtomat ravishda identifikatsiyalash




Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/173
Sana17.12.2023
Hajmi8,34 Mb.
#121531
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   173
Bog'liq
ARMUmarova D.M.Logistika

9.4. Logistikada avtomat ravishda identifikatsiyalash 
texnologiyasidan foydalanish
Logistik tizim ni samarali boshqarish uchun istalgan paytda 
kiruvchi va chiquvchi m oddiy oqimlar, shuningdek, logistik tizim 
ichida aylanib yurgan moddiy oqim lar to ‘g‘risida m a’lumotlarga 
ega bo ‘lish kerak. Buning uchun har bitta yuk birligini ajratib 
oladigan (identifikatsiya) mikroprotsessor texnikasi kerak bo'ladi. 
Turli xil shtrix-kodlam i o ‘qiy oladigan uskunalar o ‘sha onda va 
aynan o ‘sha yerda (sanoat korxonalari om borlarida, ulguiji savdo 
bazalarida, magazin va transportda) logistik operatsiya amalga 
oshirilganligi to ‘g‘risida axborot olish im konini beradi. Olingan 
axborot real vaqt masshtabi ichida qayta ishlanadi.
Eng birinchi shtrix-kod konsepsiyasiga asos solgan patent bu 
D. K erm otning 1934-yilda yaratgan ishlanm asi bo'lgan. Turh 
obyektlami identifikatsiya qilish uchun bu patent to ‘rtta parallel 
chiziqqa asoslangan saralash xarita tizim ini tavsiflagan.
157


0 ‘tgan asrning 40-yillarida amerikalik olimlar D. Vudlend va 
B. Silver tom onidan magazinlar kassasida narxlami o ‘qiy oladigan 
texnik vositalar ustida izlanishlar olib borishgan. 1949-yilda olimlar 
patent olishgan. Patentda markazdagi belgi atrofida aylanmali kodni 
tavsifl agars.
60-yillarning oxirida AQSH va Kanadada supermarketlardagi 
term inallarni avtom atlashtirish bo 'y ich a tadqiqotlar boshlandi. 
«Ho'kiz ko"zi» ramziy belgi va uni o ‘qish uchun skanerlar ustida 
ishlar tugallanib joriy etildi.
U P C (Universal Product Code) shtrix-kodining hozirgi taiqini 
1973-yilda AQShda paydo b o id i. Tovarlarni muvaffaqiyatli shtrix- 
kodlash va avtom at tarzda identifikatsiyalash Yevropada katta 
q iz iq ish u y g 'o td i. 1977-yilda E A N -1 3 (E u ro p e a n A rticle 
Numbering) kodi va belgisi yaratildi ham da tasdiqlandi.
Rossiyada «YUNIS -K A N /G S 1 RUS» savdo shtrix-kodlarini 
belgilab berish bilan avtom atik identifikatsiyalash uyushm asi 
shug‘ullanadi.
Shtrix-kod m a ’lum bir kod asosida to ‘q va och, har xil 
kenglikdagi yo‘l-yo‘1 tasmalardan tuzilgan bo'ladi. Strix-kodning 
tasviri logistik tizimning obyekti bo ‘lgan predmetga tushiriladi. 
Bu predm etni qayd qiiish uchun skanerlash operatsiyasi o ‘tkaziladi. 
Bunda lazer nuri shtrix-kod ustidan goh to ‘q, goh och y o llam i 
kesib o ‘tadi.
O ch yo‘llardan aks etgan yorug‘lik nuri yorug‘lik sezuvchi 
qurilma orqali tutilib b o ’lingan diskret signalga aylanadi. EH M
elektr signali shifrni ochib raqam li kodga aylantiradi. Avto- 
matlashtirilgan axborot yig'ish tizimi turli xil har biri o ‘z texnologik 
afzalliklarga e g a b o ‘lgan shtrix-kodlardan foydalanishga asoslangan. 
Turli xil shtrix-kodlardan foydalanish sohalari 9.3-jadvalda ifoda 
etilgan.
EAN-13 kodini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. 13 raqamli kod 
bo‘lib, mamlakat, tovar ishlab chiqargan korxona, tovar tavsif- 
nomasi va nazorat (kontrol) raqami haqida axborot beruvchi xalq 
iste’moli tovarlarini kodlashda ishlatiladi,
Tovar chiqarishning yo!lga qo ‘yish bosqichida unga 13 raqamli 
kod beriladi, keyinchalik tovar chiqarilayotganda ushbu kod
158


tovarga tushiriladi. EAN uyushmasi tom onidan berilgan birinchi 
ikkita yoki uchta raqam m amlakat kodini bildiradi. Kodning bu 
qismini bayroq deb atashadi.

Download 8,34 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   173




Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Logistikada avtomat ravishda identifikatsiyalash

Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish