Образование и инновационные исследования (2022 год №10)
ISSN 2181-1717 (E)
329
http://interscience.uz
tarbiyaviy
mohiyati xususida, A.Begmatov, M.Kahharova, T.Maxmutov,
J.Tulenov, E.Yusupov, O.G’aybullaev, SH.Barotov, M.Davletshin,
V.Karimova, Z.Nishonova, N.Safaev, R.Sunnatova, G’.SHodmonov,
G’.SHoumarov, E.G’ozievlar bo’lajak mutaxassislar tarbiyasining falsafiy,
psixologik xususiyatlarini, O.Jamoldinova, G.Ibragimova, SH.Mardonov,
N.Muslimov, O.Musurmonova, D.Ro’zieva, O’.Tolipov, N.Egamberdieva,
M.Quronov tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning turli jihatlarini tadqiq
etganlar.
MDH mamlakatlarida L.A.Baykova, I.A.Zimnyaya, V.A.Slastenin,
A.V. Xutorskoylar tomonidan bo’lajak mutaxassislarni tarbiyaviy faoliyatga
tayyorlashning tashkiliy shart-sharoitlari va imkoniyatlari muayyan darajada
o’rganilgan.
Xorijiy davlatlarning M.W.Berkowitz, L.Botcheva, J.Shih, L.C.Huffman,
Elizabeth Kiss, J.Peter Euben, Emile Durkheim, I.H.
Fuchs kabi olimlari
tadqiqotlarida bo’lajak mutaxassislarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash
jarayonini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan.
Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bugungi kunning
dolzarb muammolaridan biri bo’lib, “tarbiyaviy faoliyat” tushunchasi yagona
ta’rifga ega emas. Lug’atlarda va ma’lumotnomalarda berilgan ta’riflarga
ko’ra, tarbiyaviy faoliyat – tarbiyalash jarayoni, tarbiyaviy jarayonni tashkil
etish, tarbiyaviy faoliyatni uyushtirish kabi ma’nolarni anglatadi.
L.A.Baykova tarbiyaviy faoliyat o’qituvchining o’quv faoliyati mobaynida
o’quvchilarni tarbiyalashdagi ijobiy natijalarga erishishga qaratilgan ma’lum
qobiliyatlarni o’z ichiga olgan komponent deb qaraydi [1, 97].
V.D.Щadrikov tarbiyaviy faoliyat tushunchasini uni tashkil etish mazmuni
va funktsiyalaridan xabardor mutaxassis shaxsi bilan bog’lab, mazkur
faoliyatni tashkil etishning mazmuni, o’ziga xos xususiyatlarini anglatishiga
ishora qiladi[2, 97]..
Tarbiyaviy faoliyat - insoniyat tomonidan to’plangan madaniyat va
tajribani avloddan-avlodga o’tkazishga, shaxsning shaxsiy rivojlanishi uchun
sharoit yaratishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat turi.
Bizningcha, tarbiyaviy faoliyat tarbiya jarayonining maqsad va vazifalari,
mazmuni,
funktsiyalarini bilish, ijobiy natijalarni kafolatlashga qaratilgan
pedagogik qobiliyat turidir. Tadqiqotda bo’lajak o’qituvchilarning tarbiyaviy
faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun prognostik, tashkiliy,
kommunikativ, ijodiy faoliyatni amalga oshirish
va individual yondashuv,
tadqiqotchilik kabi qobiliyat hamda ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerakligi
qayd etilib, uning mazmuni tasniflangan.
Bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash funktsiyalari
tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash zaruriyati va qadriyatlar mantig’i bilan
asoslanadi. Jumladan,
axborot funktsiyasi tarbiyaviy faoliyat
madaniyatini shakllantirish