|
Tarbiyaviy soat
|
bet | 5/42 | Sana | 10.04.2017 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #3805 |
II.Asosiy qism:
Chin fazilat topdi dehqon non bilan,
Dilda shodlik, belda darmon non bilan.
Siylanarkan barcha mehmon non bilan,
Ahli inson surdi davron non bilan.
She’rda nima haqda so’z yuritilmoqda? Barakalla, non haqida so’z yuritildi. U nima o’zi? – Non dasturhonimiz ko’rki, uyimiz barakasi.
Dehqon bobolarimiz erta bahorda baraka urug;inin sepib , dasturxonimizga shirindan- shakar non holatiga kelguncha qancha mehnat, qancha vaqt kerak bo’ladi. Shu kichkinagina bug’doy tegirmonda maydalanib, un holiga kelguncha 15 km masofani bosib o’tar ekan. Bitta baton noniga 10.000 dona bug’doy doni kerak bo’lar ekan.Suv , tuz, hamirturushva un birgalashib aralashib, xamir holiga kelishadi. U oshib chiqqach, zuvalachalar yasaladi.
Nonvoy akalarimiz tandirga o’t qalab , tandirni obdon qizdirib oladilar .Chiroyli qilib yasalgan nonlar yuzlariga sepkil sochilgandek, sedonalar bilan bezanadilar .Qizib turgan tandir yasalgan nonlarni o’z bag’riga oladi va qip- qizil bo’lib pishguncha quchoqlab turadi.Ishtahani ochadiga non isi hammayoqqa taralib, pishib chiqadi. Nonvoy akalarimiz tandirni maqtab-maqtab, nonlarni uning bag’ridan uzib oladilar.
Qani- qani nondan oling opajon , deb dasturxonga tortilgan issiqqina nonlarni maza qilib yeymiz-u, dehqon boblarimiz, nonvoy akalarimiz haqiga duolar qilamiz.
Qadoq qo’lli dehqonlar ,
Terlar to’kib ekishgan.
Shu sababdan har boshoq,
Oltin bo’lib yetishgan.
Bolalar guruhlarga bo’linib, non turlarini nomma-nom yozib chiqishadi.
Avvaldan tayyorlab qo’yilgan turli hil nonlar namoyish etiladi.
Toshkent- non shahri deb atalishining sababi tushuntirib beriladi.15 ta bolani asrab olib, non topib , o’zlari ushig’ini ham yaya olmagan Shomahmudovlar oilasi haqida so’zlab berish bilan nonning ushog’i ham
Non ekanligini, uni ko’zga surtib, qadrlashimiz kerakligi uqtirib o’tilladi.
III.Yakuniy qism: Yerga tushsa uvog’in
Ko’zimizga surtamiz.
Bu nimadir , top shu on,
-Bumi aziz oppoq …… deya topishmoqning javobini topishadi va non haqida topishmoqlar topib kelish vazifasi topshiriladi.
24-mavzu : Kitob bizning do’stimiz.
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad: Kitobning ahamiyati, unung paydo bo’lishi va kompuyterdan farqini aniqlash, kitobga mehr uyg’otish, kitobning turlari haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi :Turli kitoblar .
Tashkiliy qism. Mashgulot maqsadi bilan tanishtirish.
II. Asosiy qism: Har ko’ngilning orzusi shul erur obi hayot,
Qadrini bilgan kishiga , shubhasiz ,jondir kitob…
Har murodning boshidur, har muddaoning gavhari,
Har marazlarning shifosi, ya’ni luqmondir kitob….
Ko’zning nuri, dil huzuri, dillarning darmonidur,
Har qorong’u dilga go’yo mohitobondur kitob.
Har kishi yoshlikda qilsa ozgina g’ayrat agar,
Tez zamonda oshno bo’lmog’I osondir kitob.
Hamza Hakimzoda Niyoziyning ‘’Kitob ‘’ she’rining mazmuni bilan tanishtiriladi va har bir misra alohida tahlil qilinib, mavzu maqsadi yoritib boriladi,
Kitobninng turlari juda ko’p. Rasmlar orqali yoki aynan o’zini ko’rsatib boriladi.
Badiiy kitoblar, Ilmiy kitoblar, o’quv kitoblari , rasmli kitoblar, rasmlarni bo’yash uchun mo’ljallangan kitoblar,lug’at kitoblar va ensiklopediyalar. Bu kitoblarning o’lchamlari ham har xil. Eng mitti kitob Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan kitobdir .U gugurt qutisining ichiga sig’adigan hajmda bo’lgan. Juda katta hajmdagi kitoblar ham mavjud .
Biz maktabda asosan o’quv kitoblaridan foydalanamiz. Ularni Darsliklar deb ataymiz. Darsliklar har bir fan uchun alohida –alohida tuzilgan. Lug’at kitoblarining turlari juda ko’p . Imlo lug’atlari bizlarga so’zlarni to’g’ri yozishga o’rgatsa, izohli lug’atlar so’zlarning ma’nosini o’rgatadi. Turli tillardagi so’zlarning tarjimasini o’rgatuvchi lug’atlar bizlarning so’z boyligimizni oshiradi.Badiiy kitoblarning turlari juda kop . Bizlarning yoshimizga mo’ljallangan ertak kitoblari, hikoyalar, topishmoqlar va maqollar kitoblari bizning eng yaqin do’stimiz va maslahatchimiz bo’lib hizmat qiladi.
Kitobni tayyorlash uchun nimalar kerak va ular qanday tayyorlanishini o’rganish uchun biz sizlar bilan bosmaxonaga sayohat qilamiz.
III. Yakuniy qism : Kitob haqidagi maqollar va topishmoqlardan namunalar beriladi.
Kiyim ustingni bezaydi, kitob- aqlingni.
Oltin yerdan olinar, bilim –kitobdan.
Kitob- ko’zgu, undan olamni ko’rasan.
Qat-qat qatlama , aqling bo’lsa tashlama. “Kitob”
Ogohlikni ko’rdan o’rgan, donolikni –kitobdan.
Hozirgi texnika rivojlangan vaqtda kompyuterlar bizlarning hayotimizga kirib keldi.Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui. Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Ular ham bizning turli ma’lumotlar olishimizda yaqin ko’makchimiz hisoblanadi. Lekin ma’lum muddatda biz ularni yo’qotib qo’yishimiz mumkin, sotib olgan kitoblarimiz esa, doimo bizning kitob javonimizni bezab turadi va istagan vaqtimizda yonimizda hozir bo’ladi .Shuning uchun kitobdan to’g’ri foydalanishimiz, uni asrab –avaylashimiz zarur , chunki ular bizdan keyin ukalarimiz va singillarimiz uchun ham eng yaqin do’st bo’lib xizmat qiladi.
25-mavzu:Yoz – o‘tadi soz!
I.Kirish qismi:
Tarbiyaviy soatning maqsadi:O‘quvchilarga yozgi fasli,yozgi ta’til vazifalari haqida tushuncha berish..
Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg‘ulotning soatning borish:
I.Tashkiliy qism.
O‘quvchilarning mashg‘ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
O‘qituvchi:
II.Asosiy qism:
Yoz fasli iyun oyidan boshlanadi.Ammobizning Vatanimizda may oyining o‘rtalaridan havo yozdagidek issiq bo‘ladi.Yozda yomg‘ir kam yog‘adi.Maktablarda o‘qishlar yakunlanib,o‘quvchilar yozgi ta’tilga chiqadilar.
Bu vaqtda bolalar dam olish maskanlari,sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladilar. Mamlakatimizda bolalar oromgohlari juda ko‘p.Ular tabiati chiroyli,havosi toza joylarda qurilgan.
Tabiat qo‘yniga sayohatga chiqilganda yurishning,kiyinishning,suvda cho‘milishning o‘z qoidalari bor.
Oftobda вosh kiyimsiz yurish,gullar,o‘tlarni yulish,hasharotlarga,hayvon va qushlarga tegish,katttalar nazoratisiz suvga tushish,cho‘milish mumkin emas.
Bu qoidalarga albatta rioya qilish kerak.Shunda turli ko‘ngilsiz hodisalar yuz bermaydi.
III.Yakuniy qism.
O‘quvchilar fikri umumlashtiriladi, rag‘batlantiriladi
|
| |