• 17-mavzu: Oilada mening o’rnim va vazifam
  • Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi
  • 18-mavzu :“Onalar –uyimiz chirog’i.
  • II.Asosiy qism
  • Rivoyat
  • Onalar omon bo’lsa. Onalar omon bo’lsa.
  • III. Yakuniy qism
  • 19-mavzu :“Milliy an’analarimiz- g’ururimiz.Navro’z bayramiga bag’ishlanadi
  • Boychechak
  • Navro’z marosimlari - “Sust xotin”, “Choy momo”
  • 20-mavzu Biz kimlardan o’rnak olamiz
  • Tashkiliy qism.
  • 21-mavzu Tabiatni sevish va asrash.
  • 22-mavzu :“ Ona Vatan – aziz! (
  • Tashkiliy qism : O’quvchilarni mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish.
  • III. Yakuniy qism : Keksaga ko’mak ber, suyangan tog’ing
  • 23-mavzu : Non qayerdan keladi
  • Tarbiyaviy soat




    Download 1,69 Mb.
    bet4/42
    Sana10.04.2017
    Hajmi1,69 Mb.
    #3805
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
    Islom Karimov bir qancha davlatlar bilan hamdo’stlik shartnomalarini tuzganlar.
    Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri - 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri) - davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994).
    Yurtimizda bir qancha davlatlarning elchixonalari faoliyat yuritmoqda. Toshkentda tashkil etilgan Baynalminal markazida turli millat vakillari , chet ellik mehmonlar bir oila farzandlaridek yashab, mehnat qilishmoqda. Turli tadbirlar uyushtiriladi, yurtimiz tarixi va tarixiy obidalarini o’rganishadi. Ularning ko’plari o’zbek tilida oz ona tilida so’zlashgandek so’zlasha oladilar. Fund forum jamg’armasi tomonidan tashkil etilgan “Asrlar sadosi” festivali buning yorqin ifodasidir.

    Xalqlar o’rtasidagi do’stlikdan maqsad bitta- u ham bo’lsa, yer yuzida tinchlik- totuvlikni mustahkamlash. Tinchlik bo’lgan yurtda obodlik va farovonlik bo’ladi.

    III.Yakuniy qism Videolavha orqali O’zbekistonning va chet ellardagi turli holatlarni namoyish etish va Do’stlikni mustahkamlashga o’rgatish.

    сканирование0062

    Do’st bilan obod uying,

    Gar bo’lsa u vayrona ham.

    Yuz so’m puling bolmasin,

    Yuzta do’sting bo’lsin kabi maqollarning mazmunini muhokama qilish bilan mashg’ulot yakunlanadi.

    17-mavzu: Oilada mening o’rnim va vazifam.

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad: Oila nima ? Farzandlarning oiladagi o’rni, farzandlik burchi va vazifalari haqida suhbatlashish

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi :Oila , oiladagi farzandlarning faoliyati aks ettirilgan suratlar.

    Tashkiliy qism. Mashgulot maqsadi bilan tanishtirish. Har bir bolaga o’z oila a’zolarini rasmda chizib tasvirlash vazifasi topshiriladi.

    II. Asosiy qism Rasm asosida bir nechta bola oz oilasi haqida so’zlab beradi.Shu orqali biz uyda qanday ishlar bilan shug’ullanamiz, qay birini mustaqil bajaramiz va qaysilarini kattalar yordamida bajarishimiz mumkinliga haqida ma’lumotlarga ega bo’lamiz.

    Oilada nechta farzand bo’lsa, ularning har biri ota-ona tomonidan bir xil e’tiborda bo’ladi. Ularni moddiy va ma’naviy tomondan birday ta’minlaydi, birday e’tibor beradi , birday suyadi. Shunga javoban farzandlar ham oilada o’z vazifalari va ota- ona oldidagi o’z burchlarini ado etishlarini tushunib yetishlari kerak.

    Rivoyat qilishlaricha, bir yigin har kuni 6 ta non sotib olar ekan. Uning bu ishidan taajjublanganlar bir kuni buning sababini so’rashibdi. Yigit shunday javob beribdi: Ikkitasini qarzim uchun beraman, ikkitasini qarzga beraman va ikkitasini o’zim oilam bilan yeyman . Bu rivoyatning ma’nosini birgalikda muhokama qilinadi.

    Bolaning oilada qanday huquqlari bor?

    Ota –onasiz yashayotgan bolalar , ularning hayoti haqida ma’lumotlar berib borish ham oilada bolaning o’z o'rnini topib olishiga yordam beradi.

    III.Yakuniy qism: Demak, men oilada farzand sifatida o’z vaqtida ota-onamga uy ishlarida yordam berishim, ularga hurmat ko’rsatishim va salomatligi haqida qayg’urishim kerkligini yana bir bor bilib oldim, degan xulosa bilan mashg’ulot yakunlanadi.

    18-mavzu :“Onalar –uyimiz chirog’i.

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad: : Onalarni ulug’lash ,ularga g’amxo’rlik qilishga o’rgatish.

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi: Onalarning oiladagi mehnatlari aks ettirilgan tasvirlar .

    Tashkiliy qism : Turli kasbdagi onalar suratlarini namoyish etish va savol bilan murojaat qilish. Onangizni qanday tasavvur qilasiz?

    II.Asosiy qism :

    Onajonim” she’ri. Mahmudjon Dadaboyev



    Onajonim , mehribonim

    Men gul bo’lsam, siz bog’bonim.

    Ko’zimochib sizni ko’rdim,

    Siz tugayli inson bo’ldim.

    Duo qiling tezroq o’say,

    Tinchlik uchun, hissa qo’shay.
    Siz kulsangiz” Umida Abduazimova

    Siz kulsangiz onajon, olam kuladi.

    Akam, ukam-u tajang , qalam kuladi.

    Oy, quyoshni chizamiz,sizga o’xshatib,

    Yoshingizni yozamiz,

    Yuzga o’xshatib.

    Onajon , Siz kulsangiz,

    Yashnab ketasiz,

    Yuzdagi ajinlarni,

    Tashlab ketasiz.

    Jannat onalar oyog’i ostaidadir.

    Ona bilan bola , gul bilan lola.

    Rivoyat : Quyoshdan so’rashibdi:

    • Sening haroratingdan zo’rroq harorat bormi?
      Harorat (Temperatura) (lot. temperatura - kerakli aralashma, o'rtacha holat) - moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.
      ,”Bor,-javob beribdi quyosh.- ona mehri mening taftimdan kuchliroq”.



    Onalar haqidagi qo’shiq kuylanadi.

    -To’kin yurt dasturxoni, -Porlaydi oy, quyosh ham,

    Sarishta xonadoni Kuylar daryo, soylar ham.

    Rohatda bolajoni, Bu hayot go’zal har dam,

    Onalar omon bo’lsa. Onalar omon bo’lsa.

    • Jannat bo’lar Yer yuzi, Yurtimizda Istiqlol,

    Nurga to’lar Yer yuzi. Yozilar g’azal, ashyor.

    Kuladi baxt yulduzi, Aytilar alla, yor-yor,

    Onalar omon bo’lsa. Onalar omon bo’lsa.
    Turli kasbdagi ayollarning tasvirlari namoyish etiladi va ularning mehnatini qadrlashga o’rgatiladi.

    III. Yakuniy qism : Tasavvur qiling, agar bir necha kun onangiz uyda bo’lmasalar qanday holat yuzaga keladi ? Bu holatni bolalar rasmda yoki so’z bilan ifoda etib bberishadi. Onalar haqidagi maqollar guruhlarda birma –bir aytib otiladi.

    19-mavzu :“Milliy an’analarimiz- g’ururimiz.Navro’z bayramiga bag’ishlanadi.

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad: Navro’zning nishonlanish tarixi va milliy an’analarimiz bilan tanishtirish.

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi:: Bayramga oid lavhalar, she’rlar va rasmlar to’plami.

    Tashkiliy qism : Navro’z tantanalari aks etgan videolavhalar namoyish etiladi va mashg’ulot maqsadi bilan tanishtiriladi.

    сканирование0064 сканирование0063

    II.Asosiy qism : Qishloq bolalari erta tongdan tepaliklarga chiqib, boychehcaklar terib kelib, momolariga berishgan. Momolari esa , omonliq- somonliq , deb uni ko’zlariga surtishgan . Bolalar esa, quvona –quvona “Boychechakqo’shig’ini kuylashgan.

    Boychehcagim bo’ylandi,

    Qozon to’la ayrondir.

    Ayroningdan bermasang

    Qozon –tovog’ing vayrondir.

    Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,

    Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.

    Navroz kunlaridagi shodiyonalik, tabiatda yuz beradigan uyg’onish , go’zal manzaralarning jonli va yorqin manzarasi xalq qo’shiqlarida kuylangan.

    Alyor”-Aliyor- Aliga yor so’zidan kelib chiqqan bo’lib-yashasin, yaxshiga yor bo’lsin, degan ma’nolarni anglatadi.



    Alyor Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning qizlari bibi Fotimadan meros bo’lib kelgan.Payg’ambarimizning kuyovlari hazrati Ali bibi Fotimaga uylanganlar, yani yor bo’lganlar.

    Bog’imizning to’rida

    bir tup anjir, yor-yor.

    Anjirining taglarida

    tilla zanjir ,yor-yor.

    Tilla zanjir iplari

    uzilmasin, yor- yor,

    Kelin-kuyov taqdiri

    buzilmasin, yor-yor.

    -Osmondagi oydayin, Yuzlarimiz gul qilgan,

    Yoyilib oqqan soydayin, Savodimiz mo’l qilgan,

    Davramizga fayz bergan Ta’lim- tarbiya bergan,

    Onaxonlarga salom Ustozlarga ming salom.

    -Atlas ko’ylak kiyganlar, -Qora ko’zi munchoqday,

    Yugurib xizmat qilganlar, Garsga zehni- quchoqday.

    Chaqqonlikdan “dars” bergan Maktabga Navro’z kelgan-

    Quvnoq qizlarga salom. Barchangizga ming salom

    Navro’z bayramida yurtimizga qo’shiqlar, alyorlar, yor-yorlar yarashadi.

    Uloq- Navro’zning eng qiziqarli udumlaridan hisoblangan. Chavandoz yigitlarimiz albatta uloq chopganlar. Uloqda g’olib bo’lganlar o’zlarining o’ljalarini muhtojlarga bo’lib berganlar va xalqning olqishiga sazovor bo’lganlar.

    Navro’z marosimlari - “Sust xotin”, “Choy momo” yomg’irning mo’l bo’lishiga ,dalada hosil to’lib – toshishiga qaratilgan.

    Sust xotin, suzma xotin. Yomg’ir yog’dir, mo’l bo’lsin,

    Ko’lankasi maydon xotin. Yer-u jahon ko’l bolsin…

    Deya qo’shiq kuylab har bir xonadonga kirib chiqqanlar .

    Navro’z taomlari- halim, sumalak, ko’katlardan tayyorlangan somsa, chuchvara va varaqilar xalqimiz dasturxonini bezab kelgan.
    Sumalak - Markaziy Osiyo, hamda boshqa turkiy va forsiy xalqlar tomonidan Navroʻz bayrami kunlari pishiriladigan shirin taom turi. Asosan, bugʻdoyning yosh novdalari, un, yogʻlardan tayyorlanadi. Shuningdek, baʼzi milliy anʼanalarga koʻra, tosh yoki yongʻoq ham solib pishiriladi.
    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
    Chuchvara - ichiga qiyma solib tugilgan, mantidan kichikroq xamir ovqat. Oʻzini qaynatib olib esa ham boʻladi, yoki undan chuchvara shoʻrva qilsa ham boʻladi.


    Qariyalar va bemorlarni yo’qlash, ularga e’tibor, mehr ko’rsatish, xalqparvar kishilarning doimiy vazifasiga aylangan. Yurtboshimiz tomonidan tashkil etilgan “Milliy bog’” bu kun o’zgacha tarovatga ega bo’ladi. Yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan chet ellik fuqarolar, mehmonlar Navro’z tantanalarini zo’r qiziqish bilan kuzatadilar va biz bilan birga nishonlaydilar.

    III.Yakuniy qism. O’quvchilar tomonidan o’g’il bolalar “Chillak”, qizlar esa,”Besh tosh” xalq o’yinlarini namoyish etaladi..

    20-mavzu Biz kimlardan o’rnak olamiz?

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad: Alpomish, Shiroq, A.Temur A. Navoiy, M. Ulug’bek, Bobur va albatta ota- onamiz va ustozlarimizdan o’rnak olishga , ularning yaxshi amallarini o’rganib, davom ettirishga o’rgatish

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi:: Alpomish, Shiroq, A.Temur A. Navoiy, M. Ulug’bek, Bobur rasmlari , ularning qilgan ishlari aks ettirilgan kitoblar va tasvirlar.

    Tashkiliy qism : .

    Alpomish, Shiroq, A.Temur A. Navoiy, M. Ulug’bek, Bobur rasmlari , ularning qilgan ishlari aks ettirilgan kitoblar va tasvirlar.

    Tashkiliy qism. Mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish.

    II. Asosiy qism: O’qituvchi: Alpomishdagi botirlik, Shiroqning jasorati va aqli, Amir Temurning qahramonliklari , Ulug’ vatan urushidagi ota- bobolarimizning matonati tufayli shunday yorug’ kunlarda yashayapmiz. “Shiroq ” afsonasi o’qib beriladi va mazmuni ustida ishlanadi.

    • Temurning “Kuch- adolatdadir.”

    Bosgingga qilich kelsada ,rost so’zla hikmatlari mazmuni muhokama qilinadi.

    Ko’ragoniy jadvalin tuzgan, Shoir, bog’bon, olim, alloma sarvar.

    Sirli osmon toqiga Umrini xalqiga bergan xalqsevar.

    Ilk narvon qo’ygan, Ellarga quyoshdek maqbul kitobi,

    Ulug’bek bobomiz bo’lasiz. Jahonda nur sochgan “Xamsa” kitobi

    Alisher Navoiy bobomizga tasanno.
    Tole yo’qki jonimga balolig’ boldi,

    Har ishnikim ayladim, xatolig’ boldi.

    O’z yerni qo’yib Hind sora yuzlandim,

    Yo rab ,netay, ne yuz qarolig’ bo’ldim. She’ri mazmuni muhokama qilinib, Mirzo Boburning Vatanga bo’lgan cheksiz muhabbati yoritib beriladi.

    A. Havoiyning bolaligi , M.Ulug’bekning Rasadxonalari, Boburning yurt tinchligi uchun qilgan ishlari , qurdirgan saroy va bog’lari rasmlarda namoyish etiladi.

    Ota- onamizning kasblari, ustozimizning bizlarga berayotgan bilimlari, ularning muomalalari, kiyinishi va o’zlarini tutishlariga ahamiyat berib, o’zimiz uchun o’rnak bo’ladigan ishlarini davom ettirishga harakat qilamiz.
    III. Yakuniy qism: O’quvchilar o’zlari o’rnak olishlari mumkin bo’lgan kishilar haqida so’zlab berishadi va mashg’ulot yakunlanadi.
    21-mavzu Tabiatni sevish va asrash.

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad: Tabian nima? Nima ucun biz unu asrashimiz va g’amxo’rlik qilishimiz kerakligi haqida suhbat o’tkazish.

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi:Tabiat manzarasi , o’simliklar ,hayvonlar aks ettirilgan rasmlar va videotasmalar.
    Tashkiliy qism. Mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish.
    II. Asosiy qism Tabiat manzarasi aks ettirilgan -yurtimiz ko’chalari ,bog’lari hayvonot dunyosi va qushlar, gulzor bog’lar va tog’lar aks ettirilgan videolavha namoyish etiladi.
    Qushlar - umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sud-ralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Q.ning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq - arxeopteriksnshk toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli.
    Bularning barchasi bir so’z bilan tabiat deb atalishi aytib o’tiladi.


    сканирование0065сканирование0060

    O’qituvchi : Tevarak atrofimizni o’rab turgan , mana shu lavhada ko’rgan barcha narsalar tabiat deb ataladi. Tabiat jonli va jonsiz tabiatga bo’linadi.

    Hozir ko’rgan lavhani ko’z oldingizga keltiring va shu yerdan qaysilari jonli tabiatga , qaysilari jonsiz tabiatga kirishina aniqlab olamiz.

    O’quvchilar guruhlarga bo’linib jonli va jonsiz tabiatga kiruvchi harsalar alohida- alohida yozib chiqishadi va uni doskaga osib qo’yiladi. Hamma ishni yakunlagach, tushunchalar umumlashtiriladi.

    Demak , Hayvonlar ham odamlardek nafas olishi, ovqatlanishi, ulgayishi va qandaydir holatlarda insonlarga foyda keltirishi mumkin ekan. O’simliklar ham ildizlari orqali suv ishadi, oziqlanadi, barglari orqali nafas oladi, bizlarga iflos havoni barglari orqali tozalab, toza havo yetkazib beradi .

    Baland osmono’par tog’larimiz, suvlar, qum, toshlar, ter osti bo’yliklarimiz- oltin, kumush, mis, toshko’mir, neft va tabiiy gaz ham tabiat ne’matlaridir .
    Kumush (lot. Argentum - oq kukun), Ag - Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, atom massasi 107,87. Kumush 2 tabiiy barqaror izotop - IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat.
    Ular yer yuzida insoniyat barpo bo’lgandan boshlab insonga hizmat qiladi.Inson ongi rivojlanib borgan sari bu tabiat ne’matlarini o’rganib keldi . Ularning tarkibi, nima uchun ishlatish mumkinligini va qanday foydalanish kerakligini olimlarimiz o’rganib bordilar. Hozirgi paytda bizning yer osti va yer usti boyliklarimizdan xo’jaligimizning turli sohalarida ishlatilib kelinmoqda.


    Yer yuzining tabiiy haritasidan mintaqalardagi tabiatning hilma- xilligi, hayvon va o’simliklardagi farqi ko’rsatib o’tiladi.

    III. Yakuniy qism Bugun biz sizlar bilan tabiat haqida suhbatlashdik. Yerimizdagi har bir has- cho’p ham biz uchun qadrli ekani haqida bilib oldik. Tasavvur qiling, agar uyimizda bir kun kechgacha suv, tabiiy gaz va elektr nuri bo’lmasa qanday holat yuzaga keladi. Endi bu holatni yer yuzida bo’lmasligini ko’z oldingizga keltiring. Buning uchun bizlar nima qilishimiz kerak? Albatta tabiatni asrab –avaylashimiz kerak . Shundagina kelajak avlodlarimiz ham bu ne’matlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shu maqsadda O’zbekiston ham ko’p davlatlar qatori “EKOSAN jamgarmasiga a’zo bo’lgan . Bu jamg’armaning asosiy maqsadi yer yuzida nobud bo’lib ketayotgan ba’zi bir hayvonlar, o’simliklarni ko’paytirish va saqlash, suv va havoning ifloslanishining oldini olish choralarini ko’rishga qaratilgan.

    Bu ishda biz ham o’z hissamizni qo’shishimiz kerakligini tushunib oldik.
    22-mavzu :“ Ona Vatan – aziz! (Xotira va qadrlash kuni oldidan)

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad : O’tganlarni xotirlash va qarilik gashtini surayotgan bobo va buvilarimizni qadrlash , ularni yodga olishga o’rgatish.

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi :Xotira maydoni va qariyalarimiz tasvirlari aks etgan lavhalar

    .

    сканирование0059 сканирование0061

    Tashkiliy qism : O’quvchilarni mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish.

    II.Asosiy qism :

    Maysalari shabnam bilan sirlashadi,

    Chinorlari yulduzlar-la dillashadi.

    Qalbda ishonch, tog’larining viqoridan,

    Ash’or kelar tonglarining iforidan.

    Bu gul zamin sahrosida chechak ungan,

    Har go’shasi oqibat-u baxtga to’lgan.

    Yoshlarining umidlari osmoncha bor,

    Ulug’lari duosi-la tinchlik yor.

    Ta’rifini so’zlasam gar, bo’lar doston,

    Inson qadrin osmon etgan O’zbekiston!

    Inson uchun ona diyoridan muqaddas maskan bo’lmasa kerak.Uning obodligi va tinchligi dillarimizga xuzur va xotirjamlik bag’ishlaydi. Yurt Mustaqilligi uchun jonini fido qilgan batandoshlarimiz xalqimiz xotirasida abadiy yashaydi. Ularning fidoyiliklari tillardan-tillarga o’tib, avlodlarga vatanni sevishga o’rnak bo’ladi. Shunday ekan, o’tmish ajdodlarimizning jasoratlari , hamda dorilomon kunlarimiz gashtini surayotgan vatandoshlarimiz haqida suhbatlashamiz.

    Bu yorug’ kunlarimiz uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz ruhini shod etish, mo’tabar keksalarimiz duolarini olish, tinch va osoyishta zamonning qadriga yetish va shukronalik tuyg;ularini his etish bizga katta quvvat bag’ishlaydi , yangidan –yangi bunyodkorlik ishlariga chorlaydi.

    1995 yil Yurtboshimiz tashabbuslari bilan “Xotira kitobi” tashkil etilib, unda qahramon Vatandoshlarimiz nomlari qayta tiklandi. 1999 yilda esa, shahrimiz markazida “Xotira maydoni” barpo etildi.Bu maydonda ikki qator ayvonchalarga zarhal harflar bilan urushlarda holik bo’lgan vatandoshlarimiz nomlari bitilgan.

    Bu muqaddas dargoh har doim ziyoratchilar bilan gavjum. Ular bu yerga shunchali tomosha yoki sayr uchun emas, balki o’zbek o’g’lonlari, bobolari xotirasini yod olish uchun keladilar. Motamsaro ona haykali hamisha anvoyi gullarga burkangan.Urushning beshavqat girdobida qolgan ozbek yigitlari kimningdir o’gli, kimningdir jigarporasi , kimningdir otasi, shu yurtning farzandidir.har birining ortidan qanchadan- qancha qondoshlari yig’lab qolgan. Urushda farzandlarini, jigarlarini yo’qotgan motamsaro onalarimiz qancha.

    Payg’ambarimiz(s.a.v) shunday marhamat qilganlar: “Allohdan xotirjamlik so’rab ko’p duo qilinglar.”

    Tinchlikning, ne’matlarimizning borligida qadriga yetish, oqil insonlarning vazifasidir .

    Qur’onning Baqara surasida olloh taolo insonlarni tinchlikka chorlayapti. Shundan ma’lumki, bizning dinimiz- tinchlikni istagan din va tinchlikni targ’ib qilgan din. O’tganlar haqiga duolar qilish, ularni eslab xotirlab turish tiriklarga berilgan hadya bilan barobardir.

    Bugungi kunda nuroniy yoshlarga yetgan onaxon va boblarimizni yo’qlab, qadrlash, ularning ko’nglini olish bizing farzandlik burchimizdir. Ularning duolari, muhabbatlariga erishish biz uchun sharafdir.Ularning duolari bizlarni ulug’larga chorlaydi.

    III. Yakuniy qism : Keksaga ko’mak ber, suyangan tog’ing,

    Buni tushunasan qarigan chog’ing.

    O’z yaqinlarimiz, tanish –birodarlarimizni uylariga borib yo’qlash vazifasi topshiriladi va dars yakunlanadi.

    23-mavzu : Non qayerdan keladi ?

    I.Kirish:

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad: Nonning tayyorlanish bosqichlari, turlari va uni isrof qilmaslikka o’rgatish.

    Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi : Non turlari rasmlari va uni tayyorlash jarayoni aks ettirilgan lavhalar

    Tashkiliy qism :Mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish.Turli xildagi nonlardan namunalar tayyorlab qo’yish.


    Download 1,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




    Download 1,69 Mb.