|
-mavzu: “Ona maktab bag’rida”
|
bet | 2/42 | Sana | 10.04.2017 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #3805 |
3-mavzu: “Ona maktab bag’rida”
Maqsad : Maktab va unu sevish , ilm olishga havas uyg’otish .Maktab qonun -qoidalariga rioya qilish haqida suhbatlashish.
Ko’rgazmali qurollar: Maktab tasviri , o’quvchlarning maktabda o’zini tutish qonun –qoidalari.
1-Tashkiliy qism.Maktabda o’tkazilgan tadbirlardan lavhalar aks ettirilgan videorolik namoyish etiladi va o’quvchilarni mashg’ulot maqsadi bilan tanishtiriladi.
2- Asosiy qism: O’qituvchi: “Sentyabr tongi” Safo Ochil she’rini o’qib beradi.
Sentyabrning gozal tongi,
Kiyim kiygan hamma yangi.
Keng o’lkamiz bo’ylab yangrar,
Hur yoshlikning sho’x ohangi.
Har yoq bayram tusin olgan,
Undan maktab husn olgan,
Sevgan ona –Vatanimiz,
Dilimizga sevinch solgan .
Sinflarni to’ldirib biz ,
Partalarda o’ltiribmiz.
Yoz haqida so’zlashamiz,
Bolalarni kuldirib biz.
Har kim o’zining yozgi taassurotlari bilan o’rtoqlashadi.
O’qituvchi: Maktab hammamiz uchun qadqdon maskan. Bizga ilm o’rgatuvchi, tarbiya beruvchi muqaddas dargoh.O’quvchilar uchun kichik bir Vatan.Yozning quvnoq va sho’h kunkarini o’tkazib yana qadrdon maktabimiz bag’riga qaytib keldik. Bugun biz sizlar bilan maktab va undagi o’quvchilarning qonun-qoidalarini eslab olamiz. O’quvchilar guruhlarga bo’linib, maktabdagi ichki tartib –intizom qoidalarini yozib chiqishadi va muhokama qilinadi.
3- Yakuniy qism:
O’qituvchi: Maktab –muqabbas dargoh. Uning bag’ri keng ,qanchadan -qancha kishilarga o’z bag’rini ochib ma’rifatga , kamolotga yetkazgan ilm maskani .”Maktab seniki, uni ko’z qorachigingdek asra “ degan hikmatga doimo amal qilish bizning farzandlik burchimizdir.
4-mavzu “Ustozga hurmat”
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad : Ustozlar va ularning mehnatini qadrlash , ulardan ilm sirlarini o’rganishga orgatish.
Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi: Turli fanlar o’rituvchilari va ularning faoliyatini aks ettirilgan tasvirlar.
Tashkiliy qism.
Bu tadbir oldindan tayyorlangan dastur asosida o’quvchilar tomonidan olib boriladi.
II. Asosiy qism
O’quvchi : Bir vaqtlar Mavlono Tanburiy degan ustod musiqachi bolgan ekan.Musiqachi - musiqa bilan professional ravishda shugʻullanuvchi odam. Musiqachining faoliyat turlari: bastakor, aranjirovkachi, vokalchi yoki xor ishtirokchisi va h. U kishi tanbur, dutor , nay kuyini shunday mahorat bilan chalar ekanki, eshitganlar unga mahliyo bo’lib qolar ekanlar .Ustod ko’plab shogirdlar tayyorlagan ekan. U kishining shogird tanlashda qiziq bir odati bor ekan.Bir kuni u shogird bo’laman degan bolalarni yigib , qollariga bittadan hassa beribdi va ularni kuzatib o’tiribdi. Ulardan biri hassani ot qilib minibdi, ikkinchisi esa qilich qilib o’ynabdi… Faqat yupungina kiyingan , kichkinagina bir bola uni nay qilib chalib o’tiribdi. Buni ko’rgan Tanburiy xursand bo’libdi-da, bolani o’ziga ham shogird, ham o’g’il qilib olibdi.Ustoz bolaga tinim bilmay ta’lim beribdi. Bola ham ustozining ta’limini qunt bilan, sabr- toqat bilan organib , mashhur naychi bo’lib yetishibdi.Tanburiyni o’z otasidek hurmat qilib, umrining oxirigacha xizmatida bo’libdi.
Ustozlik mehri uni xalq orasida mashhur bo’lishiga sabab bo’libdi.
Ustoz, ulug’siz ulug’lardan ,
Beminnat bilimsiz bilimlardan
Falakdan nur sochgan quyoshsiz,
Navoiy zar sochgan bayotsiz.
O’quvchilar ustozlar haqida maqollar aytishadi.
Ustoz – ou, shogirdga berar chiroy.
Ustoz o’giti – kamolot kaliti.
Ustozlariga atalgan qo’shiq va raqslarini taqdim etadilar.
3- Yakuniy qism: Oqituvchi o’quvchilariga minnatdorchilik bildirib, tadbirga yakun yasaydi.
5-Mavzu: Bizning bog’imiz.
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad : Bo’g va uning turlari, ularni parvarish qilish va mashhur bog’bon Rizamat ota haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi:Bog’ning turlari aks etgan slaydlar. Rizamat ota yaratgan bog’ va mevalar haqidagi ma’lumotlar.
Tashkiliy qism. O’qituvchi : Bolalar bugun biz sizlar bilan bog’lar haqida suhbatlashamiz. Bog’ u nima o’zi ? degan savolga o’quvchilar navbatma –navbat javob beradilar.
Shaftoli O’rik.
Oq, sariq shaftoliman, Qantak o’rik otim bor,
Zarg’aldoq shaftoliman. Xo’p mazali totim bor
Maqtanib o’ltirmayman, Mag’izimga berkitgan,
Maqtanchoq shaftoliman. Qantim bor, novvotim bor.
II. Asosiy qism: Mamlakatimizda turli hil mevali bog’lar juda ko’p. Bundan tashqari manzarali daraxtlar ekilgan, gulzor bog’lar ham barpo etilgan . Hattoki har birimizning hovlimizda o’zimizning kichkinagina bog’imiz bo’lsa kerak. Bog’lar turli xil bo’ladi. Masalan: danakli meva daraxtli bog’lar-Farg’ona vodiysi, Buxoro va Samarqandda,urug’li meva daraxtli bog’lar –Toshkent va Samarqand viloyatlarida va subtropik meva daraxtli bog’lar –Surxohdaryo , Andijon va Farg’ona viloyatlarida barpo etilgan.Vodiy - relefning uzunasiga choʻzilgan botiq shakli. Hosil boʻlishiga koʻra erozion va tektonik V. boʻladi. V.larning dastlabki shakli, asosan eroziya natijasida, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan jarliklardir. Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Bu bog’larda shirin –shakar mevalar yetishtiriladi va xalqimiz dasturxoniga taqdim etiladi.
Undan tashqari shah’rimizba bog’lar juda kop . Istirohat va dam olish uchun mo’ljallangan bog’larda maza qilib hordiq chqarib , dam olamiz. (Videolavhalarda namoyish etiladi).
O’zbekistonda bog’dorchilik ilmiy tekshirish instituti tashkil etilgan . Bu yerda mevalarning turli navlari yetishtirilmoqda.Nav - seleksiya natijasida yaratilgan, muayyan morfologik, fiziologik va xoʻjalik belgi hamda xususiyatlari turgʻun va nasldan oʻtib boradigan, bir turga mansub oʻsimliklar majmui; madaniy oʻsimliklar uchun eng kichik tasnif birligi. O’zbek bog’boni Rizamat ota uzumning bir qancha navlarini o’z bog’larida yetishtirib , butun dunyoga mashhur bo’lganlar.( Rasmlar orqali tanishtiriladi)
III. Yakuniy qism: Endi sizlar bilan maktabimiz bog’ini sayr qilamiz va u yerdagi mevalar va gullar bilan tanishamiz. Keyingi mashg’ulotimizga mevalarning nomlari va ularning turlarini o’rganib,yozib kelish topshiriladi.
6-mavzu: Ona tilim,- jonu dilim.
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad : O’zbek tili davlat tili ekani , so’lashish odobi haqida suhbatlashish.
Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi: O’zbekiston davlat Konstitutsiyasi kitobi.Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Konstitutsiya (lot. constitutio - tuzilish, tuzuk) - davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K. Maqollar va she’rlar to’plami.
Tashkiliy qism. O’quvchilarni mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II. Asosiy qism:
Avvaldan tayyorlangan dastur asosida bu mavzuni o’quvchilar yoritib berishadi.
O’quvchi:
Har so’zida ilohiylik bor, Allasiga duo qo’shilgan,
Haq Allohdan bir vahiylik bor, Lafzlariga shifo qo’shilgan, Bag’rikenglik, zo’r sahiylik bor, Ezgu talab- nido qoshilgan,
Imonimsan o’zbek tilim, o’zbek tilim. Senda hayot- senda baxt yo’lim!
O’zbek tilim, o’zbek tilim.
1989 yil 21 – oktabr—o’zbek tiliga davlat maqomi berildi.
Qzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4- moddasida “ O’zbekiston Respublikasida davlat tili – O’zbek tilidir” deb belgilab qo’yilgan.
Qonga kirgan sut bilan, Oyijonim birgina,
O’zbek tilim, o’z tilim, Ko’zlarimga nurgina,
Ardoqlayman yurt bilan Oyijonim o’rgatgan,
O’zbek tilim ,o’z tilim. O’zbek tilim ,o’z tilim
Kunlar alla tingladim, Burro-burro so’zlayman,
Tunlar alla tingladi. Kelajagim ko’zlayman,
O’zligimni angladim, Istiqbolim, iqbolim,
O’zbek tilim ,o’z tilim O’zbek tilim ,o’z tilim
Safo Ochil.
So’z qadrini bilmagan, o’z qadrini bilmaydi.
Oshning ta’mi tuz bilan ,
Odamning qadri so’z bilan.
So’z ing qaytar yerdan o’zing ham qoch.
Tilga e’tiborsiz – elga e’tiborsiz.
Har bir millatning o’zi tushunadigan tili uning ona tilisi hisoblanadi va bu til unga bir umr xizmat qiladi, boshqalar bilan muomala vazifasini o’taydi. Yurtimizda turli millat vakillari tinch va ahil yashab kelmoqdalar. Ular ozbek tiliga , milliy an’analariga hurmat yuzasidan ularni o’rganib kelishmoqda.
III. Yakuniy qism O’qituvchi :
O’z tilini unutgan xalqning O’z tilini unutgan xalqning
Bog’larida ungan gullarni Uyqusida sira yo’q orom.
Chirmab uxlar zaharli ilon, Tegib turar ko’kragiga o’q,
O’z tilini unutgan xalqning O’z tilini unutgan xalqning
Osmonida porlamas quyosh- Mozorida ajdodlar qabri
Nur o’rniga to’kiladi tosh. Uzra qo’yar bolalar tikan.
Bolalar mana bugun siz bizlar uchu O’zbek tili haqida juda ko’m ma’lumotlar berdingiz. Tilimiz sozlarga juda boy . Faqat biz ulatban to’g’ri va o’rinli foydalanishimiz kerakligini unutmasligimiz kerak.Bir birimiz bilan so’zlashganda qo’pollik qilmasdan , baqirmasdan so’zlashishimiz, so’zlarni to’liq talaffuz qilishimiz kerakligini yodimizda tutaylik . Har bir so’z o’z ma’nosiga ega.Agar ularni buzib aytsak, fikrimizni to’liq ifoda eta olmasligimiz , yoki suhbatdoshimiz bizni tushunmay qilishi mumkin.
7-mavzu : O’zbekiston Respublikasining bayrog’i
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi : O’zbekiston Respublikasining bayrog’i haqidagi ma’lumotlarni kengaytirish. Uni tasvirlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligini o’rgatish.
Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi : Davlat bayrog’i .
Tashkiliy qism Mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II.Asosiy qism: O’qituvchi: Bayroq biror millat yoki davlatning belgisidir. Ehg muhimi, davlatning mustaqilligini va xalqaro hurmatga egaligini bildiruvchi bayroq- davlat bayrog’idir.
O’zbekiston Davlat bayrog’I 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan . Davlat bayrog’i hamma uchun muqaddas va uni e’zozlab asraymiz. Bayroqlar odatda gazmol parchasidan tikiladi. Bo’yi enidan uzunroq bo’lib, ranglari va naqshlari ham turlicha bo’ladi. Bizning ajdodlarimiz qadim zamonlardan boshlab , o’zlarining bayroqlariga ega bo’lganlar va uni behurmat qilishga hech kimga yo’l qo’yilmagan. Chunki bayroqni behurmat qilish , uning xalqini behurmat qilish bilan barobar bo’lgan.Shuning uchun turli xalqaro musobaqalarda davlat bayroqlari olib kiriladi,o’pib, ko’zga surtiladi va g’olib bo’lganlar sharafiga yuqori ko’tariladi.
O’quvchilar bayroqning turli ranglariga ta’rif berishadi.
Har bir bola o’zi ta’rif berayotgan rangida kiyinib chiqadi.
Men moviy rang bo’laman yurt osmonining bir parchasi.Bu- olamda tinchlik bo’lsin deganimdir. Yana men tip- tiniq suvgayam o’xshayman. Hayotimiz shuvdek tiniq bo’lsin.
Men qizil rangman. Tomirlarimizda jo’sh urib oqayotgan qonimiz rangi. Bu rang bizni jo’shqin mehnatga yashashga va kurashishga o’rgatadi.
Oq rang .O’zim ham oq, ko’nglim ham oq, hatto niyatlarim ham oq.Shuning uchun bayroqdan o’rin oldim va xalqimni musobaqalarga “Oq yo’l ”deb kuzatdimki, ular zafar bilan qaytib keldilar.
Yashil rang nima degani? Yashillik yasharish, yashnatish va ertangi kunga ishonish deganidir. Yurtimizni bezab turgan bog’larimiz , o’rmonlarimiz timsolidir.
Uch –to’rt kunlik oyni eslatuvchi oymoma kishilarga to’kinlik ramzi sifatida aks ettirilgan.
On ikki yulduz o’n ikki oyni,o’n ikki burjni bildiradi . Yulduzlar bilan baravar harakatlanib, fasllar o’zgarishini kuzatamiz. O’n ikki yulduz O’zbekistonning o’n ikki viloyatiga ham ishoradir.
O’qituvchi: Mana davlatimiz bayrog’ining ranglari haqida tinglab oldik . Sizlar bilan boshqa qardosh davlatlarning bayroqlari bilan ham tanishib olamiz.Bu bizlarga nima uchun kerkligini bilasizmi? Davlatlar aro turli muzokaralar, sport musobaqalari ,tadbirlar tashkil etilganda hamma o’z davlati bayrog’I bilan qatnashadi. Yurtimizda ish olib borayotgan turli davlatkar elchixonalari darvozalari yuqorisida shu davlat bayrog’I hilpirab turadi.
III.Yakunlash:
Mashg’ulot so’ngida turli davlatlar bayroqlarini topish musobaqasi o’tkazilishi , davlatlar bayroqlarini yaxshi o’rganib olishlariga yordam beradi.
8-mavzu: Maktab jihozlarini ko’z qorachig’imizdek asraymiz.
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi : Maktab ichidagi va uning atrofidagi jihozlar bilan tanishtirish va ulardan qanday foydalanish kerakligi haqida amaliy mashg’ulot o’tkazish. Kishilar mehnatini qadrlashga o’rgatish.
Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi :Maktab koridori, sinf xonalari va hovlsidagi jihozlar.
Tashkiliy qism.Mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish. O’quvchilar kichik guruhlarda maktab va sinf jihozlarining nomlarini yozib chiqishadi va ularni sinf doskasiga osib qo’yiladi.
II. Asosiy qism
Sinf xonasidagi jihozlar bilan tanishib chiqib, ularning nima uchun foydalanilishi haqida suhbatlashish.
O’qituvchi:.Sinf xonasidagi stol, stullar , kiyim shkaflari,devorga osilgan ko’rgazmali qurollar, xona gullari , shitda osilgan yoritish lampalari , sinf doskasi bularning barchasi bizlar iim olishimiz uchun eng zarur bo’lgan jihozlardir .Ularni bunyodga keltirish uchun qanchadan –qancha kishilar mehnat qiladilar va buning uchun juda ko’p mablag’ sarflanadi. Agar shu buyumlardan birortasi sinf xonamizda bo’lmasa, yoki yetishmasa bir qancha muammolar yuzaga keladi.Aytinglarchi kichkinagina stulni qog’ozdan yasash uchun nimalar kerak bo’ladi va uni qanday yasaymiz? Degan savolga javob olinadi va o’quvchilarda duradgorlik, chizmachilik , o’ lchamlar olish kabi malakalar shakllantirib boriladi.Duradgorlik - yogʻochsozlik hunari; kasb-hunar turi. D. uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, qayiqsozlik, javonsozlik, eshiksozlik, beshiksozlik, egarsozlik, elaksozlik, sandiqsozlik, panjarasozlik singari juda koʻp tarmoklardan iborat. D.
III. Yakuniy qism Maktab oshxonasi, sport zali , kutubxona va faollar zalidagi jihozlar bilan tanishib chiqilgach, maktab hovlisidagi gullar, daraxtlarni parvarishlash ,stendlar va xatto ariqchalar, ularni ozoda tutish, hamda ehtiyotlash har bir o’quvchining vazifasi ekani uqtiriladi.
9-mavzu : Baxtimiz qomusi.
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi : O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish, bizning huquq va burchlarimiz nimalardan iborat ekanini o’rganish.
Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi : O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi, Ozbekiston – buyuk kelajal sari diski.
1-Tashkiliy qism : Namoyish etiladigan film tayyorlab qo’yiladi va mashg’ulot maqsadi bilan tanishtiriladi.
2- Asosiy qism “Ozbekiston – buyuk kelajak sari ” videofilmidan lavha namoyish etiladi va mashg’ulot mazmuni yoritib boriladi.
O’qituvchi : O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 – dekabrda
Qabul qilingan bo’lib, V1 bo’lim, 26 bob va 128ta moddadan iborat.
Oldindan tayyorlangan o’quvchilar Konstitutsiyaning ba’ zi moddalarini aytib berishadi.
Baxtimiz qomusi porlar quyoshdek,
To abad sen birla mehnatkash xalqim.
Mehnatda toblangan bu qadoq qollar,
Mustaqillik nashidasin etsin tarannum.
III.Yakuniy qism: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilishdan asosiy maqsad, O’zbekiston fuqarolarining barcha huquq va burchlarini qonun asosida himoya qilishdan iborat. Kimki shu qonun –qoidalarni buzib, yurtimiz tinchligiga rahna solmoqchi bo’lsa jazoga tortiladi. Shuning uchun biz Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan huquq va majburiyatlarimizdan to’g’ri foydalanishimiz kerak.
10-Mavzu :“O’zbekiston Respublikasi madhiyasi.”
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi : :“O’zbekiston Respublikasi madhiyasi” mualliflari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi : Abdulla Oripov va Mutavakil Burhonov suratlari va ularning asarlaridan namunalar.Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.
Tashkiliy qism :
Mashg’ulot maqsadi bilan tanishtirish. O’zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylash.
II.Asosiy qism :
O’qituvchi : Bolalar bugun biz sizlar bilan O’zbekiston Respublikasi madhiyasi mualliflari bilan chuqurroq tanishamiz. “Madhiya”so’zi – Madh so’zidan kelib chiqqan bo’lib, maqtov, ulug’lash sharaf ma’nolarini bildiradi.Har bir davlatning madhiyasida o’z xalqi, yurti va milliy boyliklarimi madh etilgan. Madhiyamiz matni O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oropov qalamiga mansub bo’lib, shoir unda yurtimizning go’zalligi va boyliklarini juda zo’r ta’riflagan.
Sizlar bilan bugun Abdulla Oripov va Mutal Burhonov hayoti va ijodi bilan tanishamiz.A. Oripov 1941 yilda Qashqadaryoda tug’ilgan. O’rta maktabni a’lo baholarga tugatib, Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetiga o’qishga kirdi. Oliygohni muvaffaqiyat bilan tugatib, Yozuvchilar yuyshmasida mehnat faoliyatini boshladi.Yillar davomida shoirning bir qancha she’riy to’plamlari bosilib chiqa boshladi . Bu to’plamlar xalqimizni Vatanga, insonlarga mehr- muhabbatli bo’lishga, tabiatni sevish va ardoqlashga, imonli va vijdonli kishilarni ulug’lashga o’rgatdi. Hozirgi kunda Abdulla Oripov Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti hamda, “O’zbekiston Qahramoni” degan yuksak unvon egasidir.
Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo.
Nechun Vatan deya ona xalqimni
Muqaddas atayman , atayman tanho. Deb boshlangan she’rlari har bir o’zbek farzandining qalbidan mehr va faxr ila joy olgan.
Mutal Burhonov-musiqa, qo’shiqqa qiziqish uyg’onganda 5-6 yoshli bola eda.Otasi va amakisini yo’qlab musiqachi do’stlari tez-tez ularning uylariga yig’ilib turishardi.Hovlilarida tonggacha musiqa ,kuy- qo’shiq yangrab turardi. Kichkinagina Mutalning bu qiziqishini ko’rgan amakisi uni “kichkina sozanda ” deb , unga tanbur sovg’a qilibdi.Tanburdan chiqayotgan navolar shunchaki qiziqish emas, balki uning doimiy mashg’ulotiga aylanib qoldi.
Yillar o’tib “Ozbekiston xalq artisi” unvoniga ega bo’lish va har tong o’zbek xalqini tantanavor bir qo’shiq bilan uyg’otish ulkan baxt edi.O’zbekiston madhiyasi dunyodagi eng yoqimli madhiyalar safidan o’rin egalladi. Bu muvaffaqiyatga erishishning sababi ozbek xalqi ohanglarini yaxshi bilganidan va chuqur musiriy bilimga ega bo’lganligidan edi. Davlat madhiyasi Mutal Burxonovni yashashga, kurashga, elu –yurt manfaati uchun xizmat qilishga undadi.
III.Yakuniy qism : Bugun ijodlari bilan tanishgan shoir va bastakorning she’r va qo’shiqlaridan namunalar topib kelish vazifasi topshiriladi.
Yozgin , dedilar. A. Oripov
Shoir bir she’rida kuyladi gulni Nahot odamlarda so’ngan aqida,
Uni o’qiganlar :-Takror ! –dedilar . Nahot she’r yo’lidan ozgin , dedilar.
Yana bir she’rida yozdi bulbulni, Shoir she’r yozgandi Ona haqida
Yni ham: Bu –eski ash’or ,-dedilar. Yozaber dedilar, yozgin !- dedilar.
Shoi kunlarini uladi tunga,
Borliqni vasf etib, ayladi xonish.
Parvo qilmadilar baribir unga ,
Dedilar:-Bu gaplar hammasi tanish.
|
| |