• III СОН. 2022 СОЛИҚ ВА ҲАЁТ ЭЛЕКТРОН ИЛМИЙ ОММАБОП ЖУРНАЛ
  • Keywords: automobile transport, costs, cost, calculation, cost items, cost elements,  Social tax, Social tax rate, cost accounting




    Download 1.9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/140
    Sana28.03.2023
    Hajmi1.9 Mb.
    #47303
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
    Bog'liq
    Солик ва хаёт maqola (2)
    Ўқув қўлланма Бизнес режалаштириш
    Keywords: automobile transport, costs, cost, calculation, cost items, cost elements, 
    Social tax, Social tax rate, cost accounting. 
     
    1.Kirish 
    Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar taraqqiyoti xizmat koʻrsatish sohasini 
    rivojlantirish bilan bevosita bogʻliqdir. Xizmat koʻrsatish sohasini oʻziga xosligi shundan 
    iboratki, u aholiga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yangi, qulay imkoniyatlar yaratadi
    qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etiladi va iqtisodiyotni rivojlantirishga, aholini daromadini 
    koʻpaytirishga olib keladi.
    III СОН. 2022 
    СОЛИҚ ВА ҲАЁТ 
    ЭЛЕКТРОН ИЛМИЙ ОММАБОП ЖУРНАЛ 


    www.soliqvahayot.uz
    III СОН. 2022 

    Bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida mamlakat taraqqiyoti xizmat koʻrsatish 
    sohasini rivojlanishi bilan chambarchas bogʻliqdir. Xizmatlar sohasining kengayishi va 
    rivojlanishi aholiga qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish va ularning daromadlarini oshirish 
    hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi. Shuningdek, mazkur 
    sohani rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotini taraqqiy etishiga, milliy daromadni oʻsishiga 
    olib keladi.
    Xizmat koʻrsatish sohasida transport xizmatini koʻrsatish tarmogʻi asosiy va eng 
    muhim tarmoqlardan biri hisoblanadi. Chunki avtomobil transporti orqali yoʻlovchi va 
    yuklar oʻz manzillariga yetkaziladi. U mahsulot ishlab chiqarish uzluksizligini va aylanishini 
    ta’minlaydi, aholini transport xizmatiga boʻlgan ehtiyojini qondiradi. 2022- yilning yanvar-
    iyun oylarida transport xizmatlari hajmi 35 247,4 mlrd. soʻmga teng boʻlib shundan, 
    transport xizmatlarining 54,1 foizi avtomobil transporti, 12,9 foizi havo transporti, 12,0 
    foizi temir yoʻl transporti, 11,1 foizi quvur transporti va 9,9 foizi yordamchi transport 
    xizmati hissasiga toʻgʻri keladi. Transport xizmatlarining eng katta ulushi avtomobil 
    transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarga toʻgʻri keladi. 
    2022- yilning yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti xizmatlari ulushida 
    yoʻlovchi avtotransport xizmatlarining ulushi 58,4 % ga, yuk tashish avtotransport 
    xizmatlarining ulushi 41,6 % darajasida qayd etildi.
    2022 yilning yanvar-iyun oylari davomida tashilgan yuklarning 89,8 foizi, tashilgan 
    yoʻlovchilarni 97,6 foizi avtomobil transporti hissasiga toʻgʻri keladi
    1
    .
    Mamalakatimiz geografik joylashuv jihatidan markaziy osiyoda joylashganligi, dengiz 
    va okeanlarga toʻgʻridan toʻgʻri chiqish imkoniyati boʻlmaganligi sababli yuklar va 
    yoʻlovchilarni tashish xizmatlari asosan avtomobil transport korxonalari tomonidan 
    amalga oshiriladi. 
    Hozirgi jadal rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida, mahsulot (ish, 
    xizmatlar)ni ishlab chiqarish koʻlamini kengayishi, aholini oʻsishi avtomobil transporti 
    xizmatlariga boʻlgan talabni oʻsishiga olib keladi. Bu oʻz navbatida avtomobil transporti 
    xizmatlari sifatini oshirish, mazkur soha korxonalarini yangi, zamonaviy texnikalar bilan 
    ta’minlash va ularga texnik xizmatlar koʻrsatish saviyasini oshirishni talab qiladi.
    Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq 
    avtomobil transporti — tarkibiga yuridik va jismoniy shaxslar kiruvchi, iqtisodiyot va 
    aholining yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni, shu jumladan pochtani avtomobilda tashishga 
    boʻlgan ehtiyojlarini ta’minlovchi ishlab chiqarish-texnologiya majmui tushuniladi. 
    Mamlakatimizda soʻnggi yillarda respublika iqtisodiyoti va aholisiga avtotransport 
    xizmati koʻrsatishni yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi va bu jarayon 
    hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda.
    Avtomobil transporti korxonalarini rivojlantirishda, koʻrsatilayogan xizmatlar 
    tannarxini kamaytirish, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda hisob ishlarini
    toʻgʻri tashkil etish, foydalanuvchilar va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ishonchli 
    ma’lumotlarni yetkazib berish, daromad va xarajatlarni oʻz vaqtida toʻgʻri tan olish muhim 
    ahamiyatga egadir.

    Download 1.9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




    Download 1.9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Keywords: automobile transport, costs, cost, calculation, cost items, cost elements,  Social tax, Social tax rate, cost accounting

    Download 1.9 Mb.
    Pdf ko'rish