-jadval.  Avtomobil transporti korxonalarida koʻrsatilgan xizmatlar bilan bogʻliq




Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/140
Sana28.03.2023
Hajmi1.9 Mb.
#47303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
Солик ва хаёт maqola (2)
Ўқув қўлланма Бизнес режалаштириш
1-jadval. 
Avtomobil transporti korxonalarida koʻrsatilgan xizmatlar bilan bogʻliq 
xarajatlarni iqtisodiy mazmuniga koʻra elementlari va kalkulyatsya moddalari 
boʻyicha guruhlanishi
2
Kalkulyatsya moddalari boʻyicha 
Xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq xarajatlar 
- haydovchilar va konduktorlarga hisoblangan ish 
haqi 
- haydovchilar va konduktorlarning ish haqiga 
nisbatan ijtimoiy soliq; 
-avtomobil yoqilgʻisi
- moylash va boshqa materiallar 
-ehtiyot qismlar 
-avtomobil akkumlyatorlari 

avtomobil shinalarini ta’mirlash va ekirish 
xarajatlari 

harakatdagi 
transport 
vositalarining 
amortizatsiyasi 

xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq nomoddiy aktivlar 
amortizatsiyasi 

xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa bevosita 
xarajatlar 
- yordamch bo’limlar tomonidan avtomobillarni 
ta’mirlash va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlari 
- umumishlab chiqarish xarajatlari 
Xarajatlarni iqtisodiy mazmuniga 
koʻra elementlari boʻyicha 
-moddiy xarajatlar 
-ish haqi va ijtimoiy soliq xarajatlari 
-asosiy vositlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi 
-boshqa xarajatlar 
Avtomobil transporti korxonalari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar tannarxida va 
boshqaruv xarajatlari tarkibida hisoblangan ish haqiga nisbatan hisoblangan ijtimoiy soliq 
summasi ham sezilarli summani tashkil qiladi. Ijtimoiy soliq koʻrsatilgan xizmatlar 
tannarxini kalkulyatsiya qilishda xarajat moddasi sifatida namoyon boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XIV boʻlimida ijtimoiy soliqni hisoblash va 
toʻlash tartibi belgilab qoʻyilgan. Soliq kodeksiga muvofiq ijtimoiy soliqni toʻlovchilari 
boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, Oʻzbekiston Respublikasida 
2
Sohaga oid manbalarni oʻrganish asosida muallif ishlanmasi 


www.soliqvahayot.uz
III СОН. 2022 
10 
faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi 
norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va 
filiallari hisoblanadi. Ijtimoiy soliqni soliq solish obyekti boʻlib ish beruvchining xodimlar 
mehnatiga haq toʻlashga doir xarajatlari, soliqqa tortiladigan bazasi soliqni hisoblab 
chiqarish uchun Soliq kodeksning371-“Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar” 
moddasiga muvofiq toʻlanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. 
Korxonalarda mehnatga haq toʻlash koʻrinishidagi xarajatlar korxonaning qaysi 
xarajatlar guruhiga kiritilsa (ishlab chiqarish, boshqaruv, yordamchi ishlab chiqarish
umumishlab chiqarish va boshqalar), ijtimoiy soliq summasi ham mazkur xarajat tarkibiga 
kiritiladi. Avtomobil transporti korxonalarining boshqauv xarajatlarida va koʻrsatilgan 
xizmatlar tannarxida ijtimoiy soliq summasi ham oʻz aksini topadi. 
Mamlakatimizda keyingi davlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish, jumladan, 
avtomobil transportida yoʻlovchi va yuklarni tashish xizmatlari koʻrsatishni yanada 
rivojlantirish, xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish 
maqsadida bir qator me’yoriy xujjatlar qabul qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha 
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-sonli qaroriga asosan 2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 
yanvarga qadar chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish) 
xizmatlari, avtotransportda yoʻlovchi va yuk tashish, transport vositalarini ta’mirlash va 
ularga texnik xizmat koʻrsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va 
veterinariya xizmatlarini koʻrsatuvchi hamda koʻngilochar maskanlarda xizmatlar 
koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini (amaldagi 12 foiz 
oʻrniga) 1 foiz etib belgilandi. 
Ijtimoiy soliq stavkasini 12 foizdan 1 foizga kamaytirilishi, avtomobil transporti 
korxonalarining umumiy xarajatlari summasini, shuningdek, koʻrsatilgan xizmatlar 
tannarxini kamayishiga olib keldi. Natijada ijtimoiy soliqni toʻlashdan tejalgan mablagʻlarni 
korxonaning moddiy texnika bazasini kengaytirish, yangi va zamonaviy transport 
vositalari, mazkur yoʻnalishga zarur boʻlgan uskunalar sotib olish imkoniyati yaratildi. 
Ijtimoiy soliq summasinini 2022 yilning yanvar oyida va soliq stavkasi kamaytirilgan 
aprel oyidagi oʻzgarishini Fargʻona shahrida aholiga yoʻlovchilarni tashish xizmatlarini 
koʻrsatuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat misolida tahlil qilinganda 2022 yilni yanvar 
oyiga nisbatan 2022 yilning aprel oyida 34593,2 ming soʻmga korxona xarajatlari 
kamayganligini va shuncha miqdordagi mablagʻ korxona ixtiyorida qolganligini
aniqlashimiz mumkin (2-jadval). 

Download 1.9 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval.  Avtomobil transporti korxonalarida koʻrsatilgan xizmatlar bilan bogʻliq

Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish