Таҳририят кенгаши раиси




Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/140
Sana28.03.2023
Hajmi1.9 Mb.
#47303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
Солик ва хаёт maqola (2)
Ўқув қўлланма Бизнес режалаштириш
 
2.Adabiyotlar tahlili. 
Avtomobil transporti korxonalarida koʻrsatilgan xizmatlar tannarxi muhim iqtisodiy 
koʻrsatkich hisoblanadi. Koʻrsatilan xizmatlar tannarxini toʻgʻri aniqlash, hisobini toʻgʻri 
tashkil qilish oʻz navbatida tannarxni shakllantiruvchi xarajatlarni tahlil qilish, 
xarajatlardan unumli foydalanish, samarasiz xarajatlarni oldini olish va korxona foydasini 
oshirish imkoniyatini aniqlashga yordam beradi.
1
 https://stat.uz/ma’lumotlaridan olindi. 


www.soliqvahayot.uz
III СОН. 2022 

Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxi, jumladan, avtomobil transporti korxonalarida 
koʻrsatilgan xizmatlar tannarxi, tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlarni tasniflash, hisobga 
olish, boshqarish va buxgalteriya hisobini takomillashtirish borasida koʻplab olimlar, 
jumladan, K. Urazovning (2020) fikriga koʻra “Tannarx-bu mahsulot (ish, xizmat)larni 
ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlarning pulda ifodalangan majmuasi”dir. Ya’ni, 
avtomobil transporti korxonalarida koʻrsatilgan xizmatlar tannarxi xizmat koʻrsatish bilan 
bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlarni oʻz ichiga oladi. 
Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxi va uni shakllanishi boʻyicha F.Abduvaxidovning 
(2019) ilmiy adabiyotlaridagi manbaalariga koʻra “Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab 
chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish bilan bogliq 
bolgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar 
kiritiladi” deb ta’kidlab oʻtgan.
M.Kalonovni (2021) fikricha “Avtotransport yordamida bajarilgan ish (koʻrsatilgan 
xizmat)larning xarakterli jihatlaridan biri shundaki, ular boʻyicha tugallanmagan ishlab 
chiqarish mavjud boʻlmaydi, ya’ni hisobot davri davomida bajarilgan ish (koʻrsatilgan 
xizmat)larga qilingan barcha sarf-xarajatlar shu hisobot davrida ushbu ish (xizmat)lar 
tannarxi sifatida tan olinadi va hisobdan chiqariladi”. 
K.Urazovning (2011) ilmiy adabiyotlarida “Avtotransport korxonalarida avtomobil 
transporti vositalari yordamida yuk tashish yoki yoʻlovchi tashish boʻyicha bajarilgan ish 
(koʻrsatilgan xizmat)larga ketgan xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlari sifatida tan olinadi. 
Ushbu xarajatlar bajarilgan ish (koʻrsatilgan xizmat)larning tannarxini tashkil etadi” deb 
fikr bildirgan. 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi 
Nizomga muvofiq mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar 
quyidagicha guruhlanadi: a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; b) bevosita va 
bilvosita mehnat xarajatlari; v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab 
chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan ustama xarajatlar. 
Avtomobil transporti korxonalarida iqtisodiy koʻrsatkichlardan biri boʻlgan tannarx 
toʻgʻrisida N.Tarxanovaning (2015) quyidagicha fikr bildiradi “Transport xizmatlarining 
tannarxi avtomobil transportida tashish xizmatlari uchun foydalaniladigan barcha turdagi 
resurslardan (avtomobil transportida amalga oshiriladigan boshqa ishlar va xizmatlar) 
foydalanish samaradorligini tavsiflovchi asosiy iqtisodiy koʻrsatkichdir. Bundan tashqari 
tannax tarkibi va tuzilishi transport tariflarini belgilash uchun uchun asos boʻlib 
hisoblanadi”. 
A.Konstantinovnani (2019) fikricha “Transportda tashish xizmatlari tannarxini
shakllantirish buxgalteriya talablari asosida, shuningdek iqtisodiy yondashuv asosida 
amalga oshirilishi mumkin. Iqtisodiy yondashuv bilan toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar bilan bir 
qatorda bilvosita (yashirin) xarajatlar ham hisobga olinadi. 
Mahsulot tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlar hisobini toʻgʻri tashkil qilish orqali
mahsulot tannarxini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki unda xarajatlarni boshqarish 
boʻyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish kerakli ma’lumotlar oʻz aksini topadi. 
Z.Qurbonovni (2019) ta’kidlashicha “Xarajatlar hisobi tizimi korxonalarda mahsulotning 
qaysi turini ishlab chiqarish, qancha miqdorda ishlab chiqarish kerakligi toʻgʻrisida 
qarorlar qabul qilishga koʻmaklashadi. Xizmatlar koʻrsatadigan korxonalar uchun 
xarajatlarning hisob tizimi xizmat koʻrsatishda muhim boʻladigan xarajatlar turini 
aniqlashda yordam beradi.
I.Txarkaxovaning (2018) fikricha xarajatlarni hisobga olish avtotransport sohasidagi 
buxgalteriya tizimining murakkab sohalaridan biridir, chunki uni hisobga olishda transport 


www.soliqvahayot.uz
III СОН. 2022 

faoliyatini boshqarish, texnologiyasi va tashkil etishning tarmoq xususiyatlarini hisobga 
olish kerak. 
Avtomobil transporti korxonalarida xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar 
iqtisodiyoning boshqa tarmoqlari qatori xarajat moddalari boʻyicha quyidagi guruhlarga 
boʻlinadi: moddiy xarajatlar; mehnat haqi xarajatlari; ijtimoiy soliq summasi; amortizatsiya 
xarajatlari; va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar. 
N.V.Sherbakovaning (2013) fikricha buxgalteriya hisobi sohasidagi qonun hujjatlariga 
muvofiq ishlab chiqarish jarayonida amalda sarflangan moddiy, mehnat va moliyaviy 
resurslarni aniqlash, avtomobil transportida tashish, transport bilan bogʻliq ishlarni 
(xizmatlarni) amalga oshirishda tashkilotning ushbu resurslarga boʻlgan ehtiyojini 
aniqlashda xarajatlarni quyidagi elementlar boʻyicha guruhlashni ta’minlashi kerak: 
material xarajatlar; mehnatga haq toʻlash xarajatlari; ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar; 
amortizatsiya; va boshqa xarajatlar [9, 28 bet]. 
Avtomobil transporti korxonalarida boshqa tarmoq korxonalari qatori koʻrsatilgan 
xizmatlar tannarxini hosil qiluvchi harajat moddasining biri ijtimoiy soliq hisoblanadi.
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq toʻlashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning
soliq solish obyektidir (Soliq kodeksi, 2019).
Avtomobil transporti korxonalarida hisoblangan ish haqiga nisbatan ijtimoiy soliq 
hisoblanadi va korxona xarajatlari tarkibiga kiritiladi. Mazkur korxonalarda transport 
xizmati koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq xodimlarga hisoblangan ish haqiga nisbatan 
hisoblangan ijtimoiy soliq koʻrsatilgan xizmatlar tannarxiga, korxonani boshqaruv 
xodimlari ish haqiga nisbatan hisoblangan ijtimoiy soliq boshqaruv xarajatlariga kiritiladi. 
Mavkur mavzuda ijtimoiy soliqni koʻrsatilgan xizmatlar tannarxida tutgan oʻrni va uning 
ahamiyatini yoritishga xarakat qildik. 

Download 1.9 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Таҳририят кенгаши раиси

Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish