Таҳририят кенгаши раиси




Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/140
Sana28.03.2023
Hajmi1.9 Mb.
#47303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
Солик ва хаёт maqola (2)
Ўқув қўлланма Бизнес режалаштириш
 
3. Tadqiqot metodologiyasi. 
Avtomobil transporti korxonalarida koʻrsatilgan xizmatlar tannarxi, tannarx tarkibiga 
kiruvchi xarajatlar, ularning tasniflanishi va buxgalteriya hisobida hisobga olishga oid
amaldagi me’yoriy hujjatlarni, mazkur yoʻnalishda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarni 
oʻrganish, xarajatlarni xarajat moddalari boʻyicha tasniflanishini, jumladan, ijtimoiy soliq 
summasini tannarxa ta’sirini tahlil qilish, aniqlashtirish, taqqoslash, mantiqiy fikrlash, 
muqobilini tanlash, ma’lumotlarni guruhlash, analiz va sintez, induksiya va deduksiya 
usullaridan keng foydalanilgan.
 
4. Tahlil va natijalar muhokamasi. 
Avtomobil transporti korxonalarida xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar 
buxgalteriya hisobida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda joriy tartibda guruhlanadi. 
Koʻrsatilgan xizmatlar birligining tannarxini aniqlash jarayoni buxgalteriya hisobida 
kalkulatsiya qilish deyiladi. Mazkur korxonalarda xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq 
xarajatlarni guruhlashda ularning xarajat elementlari va kalkulatsiya moddalari boʻyicha 
guruhlash muhim hisoblanadi.
Avtomobil transporti korxonalari xarajatlari hisobini tashkil etish murakkab jarayon 
hisoblanib, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasiga tayanib boshqaruv hisobini 
buxgalteriya hisobidan ajratish maqsadga muvofiq boʻladi. Avtomobil transporti 
korxonalarida xarajatlar hisobini tizimlashtirish, xarajatlarni xarajat elementlari va 
moddalari hamda turli belgilari boʻyicha boʻyicha guruhlarga ajratish, xarajatlarni 
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari me’zonlari asosida tan olish, koʻrsatilgan 
xizmatlar tannarxini aniqlash, xarajatlardan samarali foydalanish darajasini tahlil qilish
samarasiz xarajatlarni kamaytirish va ularni amalga oshirmaslik choralarini koʻrish muhim 
ahamiyatga egadir. 


www.soliqvahayot.uz
III СОН. 2022 

Avtomobil transporti korxonalarida xarajatlarning turlari va hisobi Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining 
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq 
amalga oshiriladi hamda .mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar 
quyidagicha guruhlanadi: 
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; 
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga 
ega boʻlgan ustama xarajatlar. 
Yuqorida qayd qilingan Nizomga muvofiq Avtomobil transporti korxonalarida 
koʻrsatilgan xizmatlar bilan bogʻliq xarajatlarni iqtisodiy mazmuniga koʻra elementlari va 
kalkulyatsya moddalari boʻyicha 1-jadvalda keltirilgan tartibda guruhlashimiz mumkin. 

Download 1.9 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Таҳририят кенгаши раиси

Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish