|
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”
|
bet | 109/113 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,99 Mb. | | #256811 | Turi | Referat |
Bog'liq Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”FOYDALI MASLAXATLAR
O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o'zining qator asarlarida kishilar dunyoqarashi va jamiyat mafkurasining shakllanishida ijtimoiy fanlarning xususan, tarix fanining o'rni beqiyosligini ta'kidlab o'tdi. Jumladan, Prezidentimiz tarix fani milliy mafkuraning shakllanishi uchun nechog'li ahamiyatli ekanligini uqtirib: «...Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o'rgatadi, irodasini mustahkamlaydi ...shakllanayotgan jamiyatimiz mafkurasi ham tarix buloqlaridan oziqlanadi»,-degan edi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng, tarix fani sohasida ham ulkan ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «O'zbekistonning yangi tarixi» markazini tashkil etish haqidagi 1996 yil 24 sentabrdagi farmoyishi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldagi O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to'g'risida»gi qarori o'zbek tarixshunosligining bundan keyingi yo'nalishini belgilab olishda, o'zbek milliy davlatchiligi tarixini tadqiq etishda ijtimoiy-siyosiy harakatlar tarixini yoritib berishda, umuman tariximizning konsepsiyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimovning 1998 yil 26 iyunda bir guruh tarixchi olimlar, jurnalistlar, ijodiy soha xodimlari bilan bo'lgan uchrashuvda bildirgan fikr-g'oyalari, 1999 yil 2 fevralda «Turkiston» gazetasi, 2000 yil 8 iyunda esa «Fidokor» gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida ijtimoiy jarayonlarimizning dolzarb masalalari qatori tariximiz haqida ham ko'pdan-ko'p dasturulamal, konseptual, yangicha talqinlar ilgari surildiki, ular tarix fanining ustivor yo'nalishlarini belgilab berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oliy ta'limning birinchi bosqichi bo'lgan bakalavriatda O'zbekiston tarixining umumiy o'rta, o'rta-maxsus va kasb-hunar ta'limi, kollejlarda qamrab olinmagan tomonlari muammoli tarzda, nazariy va seminar mashg'ulotlari asosida o'qitiladi.
Oliy o'quv yurti talabasi nazariy olgan bilimlarini seminar mashg'ulotlar orqali mustahkamlab borishi kerak. Seminar mashg'ulotlariga talaba qanday tayyorgarlik ko'rishi kerak va bu borada nimalarga e'tibor berish kerak? Seminar mashg'ulotlari qay tarzda o'tkazilishi maqsadga muvofiq? Shularni hisobga olib, O'zbekiston tarixi fanidan seminar mashg'ulotlari bo'yicha reja asosida o'quv-uslubiy tavsiyani maqsadga muvofiq deb topdik.
Seminar-bu tegishli mavzular bo'yicha talabalarning faol ishtirokida o'tkaziladigan guruhiy mashg'ulotlarning bir shakli. Talaba seminar mashg'ulotiga tayyorgarlik ko'rish jarayonida quyidagilarga e'tibor berishi zarur:
-berilgan mavzu tarkibidan o'rin olgan, yoritilishi ko'zda tutilgan masalalar mohiyatiga;
-tavsiya etilgan adabiyotlarning rejadagi masalalarni yoritishdagi o'rniga;
-mavzu bo'yicha ma'ruza materiallariga...
Seminar mashg'ulotlariga tayyorgarlik davomida talabaning shu mashg'ulot masalalarini qanchalik yoritishi mezoni qanday?
Bizningcha, talabani qanchalik ko'p yozgani emas, balki qanchalik masalani chuqur tushungani va erkin, lo'nda qilib tushuntira olgani muhim. Mashg'ulotda boshidan oxirigacha o'qib berish talabaning zo'r tayyorgarlik ko'rganidan dalolat bermaydi. O'ylaymizki, seminar mashg'ulotlarining dastlabki kunlaridanoq, talaba yozib, tayyorlanib kelganini og'zaki, mustaqil bayon qilishga odatlanishi kerak. To'g'ri, masalani yoritilishi dastlabki paytlarda o'qib bergandek silliq, ravon chiqmasligi mumkin, ammo jonli, mustaqil, erkin mushohadaga asoslangan holda chiqishi muqarrar.
Talaba seminar mashg'uloti rejasidagi masalani yozma yoritgandan so'ng aynan ushbu masala bilan bog'liq savollarni o'zi tuzishi ham maqsadga muvofiq hisoblanadi. Zero, har qanday savol zaminida ma'lum ma'noda bilim yotadi. Shuningdek, talaba shu seminar mashg'uloti bo'yicha mustaqil tayanch iboralari hamda test savollari tuzishi ham bilimni mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Tuzgan savollaringizdan yana guruhdoshingiz seminar mashg'ulotida rejadagi masalani yoritib bo'lgandan keyin ham foydalanishi mumkin. Aniqrog'i, kursdoshingizga savol bilan murojaat qilishingiz mumkin. Seminar va mustaqil ta`lim mashg'ulotlariga tayyorgarlikda tarixiy, siyosiy terminlar mohiyatini o'rganish ham zarur hisoblanadi.
Seminar mashg'ulotlari talabalar tomonidan bahsli o'tkazilsa, yanada esda qoladigan bo'ladi. Albatta, talaba bahsli masalalar bo'yicha o'z fikrini bayon qilishga hamda uni asoslashga harakat qilishi kerak.
O'z navbatida talabalar munozaralar yuritish madaniyatini ham egallamoqliklari zarur. Zero, har bir bahs-munozara natijasi murosasizlikka emas, haqiqatni, masala mohiyatini yoritishga xizmat qilishi kerak.
Ushbu o`quv-uslubiy majmuada mustaqil ta'lim mavzulari ham berildi. Albatta, keltirilgan mustaqil ta'lim mavzularini doirasi kengayishi, takomillashtirilishi ham mumkin. Yana shuni qayd etish lozimki, seminar mavzulari ma'ruza mavzulari bilan aynan bir xil emas. Bundan maqsad shuki, talaba ma'ruzada ko'tarilgan muhim masalalardan birini chuqur va atroflicha o'rganib, seminarga tayyorgarlikda yanada kengroq ma'lumotga ega bo'lishi ko'zda tutilgan.
Hurmatli talabalar! Mazkur o'quv-uslubiy majmua sizni O'zbekiston tarixini chuqurroq o'rganishingizda doimiy hamkoringiz, maslahatchingiz bo'lib qoladi deb umid qilamiz. O'ylaymizki, ushbu o'quv-uslubiy majmua ham juz'iy kamchilik va nuqsonlardan xoli bo'lmasligi mumkin. Bu borada mutaxassislar tomonidan bildiriladigan taklif va mulohazalarni samimiyat bilan qabul qilamiz.
Tuzuvchilar
|
| |