|
-modda. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim
|
bet | 111/113 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,99 Mb. | | #256811 | Turi | Referat |
Bog'liq Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”15-modda. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
O’ZBeKISTON ReSPUBLIKASI
KADRLAR TAYO’RLASh MILLIY DASTURI
(O’zbekiston Respublikasi 29.08.97 y. Qonuni bilan tasdiqlangan)
Mazkur Dasturga O’zR 09.04.2007 y. O’RQ-87-son Qonuniga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan
Umumiy qoidalar
1. Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini
tubdan islox qilish omillari
2. Milliy dasturning maqsadi, vazifalari
va uni ro’yobga chiqarish bosqislari
3. Kadrlar tayyorlashning Milliy modeli
4. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning
asosiy yo’nalishlari
5. Dasturni ro’yobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar
UMUMIY QOIDALAR
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.
Inson, uning har tomonlama uyjun kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta’lim to’jrisida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’jri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
|
| |