Mavzu: Arab yozuvidagi (arab, fors turkiy tillardagi manbalar) Sharq qo’lyozmalari xazinalari




Download 0,99 Mb.
bet78/113
Sana29.05.2024
Hajmi0,99 Mb.
#256811
TuriReferat
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113
Bog'liq
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

4 Mavzu: Arab yozuvidagi (arab, fors turkiy tillardagi manbalar) Sharq qo’lyozmalari xazinalari



Arab yozuvidagi dastlabki manbalar tarixidan. Arab tilidagi yozma manbalar: Qur’oni Karim va uning tafsirlari; Hadislar; Muhammad payg’ambar va xilifalar hayotiga oid asarlar. Fihhga oid manbalar. Arab tilida yozilgan turli fan sohalariga oid manbalar (filologiya, lug’atlar, filosofiya, meditsina, geografiya va b.). Arab tilidagi tarixiy asrlar (al-Madoiniy, Tabariy, al-Balazuriy, al-Ya’qubiy, Beruniy va b.). Fanlar tasnifiga oid asarlar (Ibn an-Nadim, Abu Abdulloh al-Xorazmiy va b.). IX-XIII asrlar davomida arab tilidagi manbalarning ko’payishi. Forsiy tilda arab yozuvida yozilgan dastlabki manbalar. Arab yozuviga o’tish bosqichlari. Forsiy matnlardagi xat turlari. Xattotlik-kasb. Forsiy yozma merosning ko’payib borishi. Eng qadimgi forsiy qo’lyozmalar (islomga oid manbalar; turli fan sohalariga oid asarlar). Bizgacha yetib kelgan forsiy yozma meros haqida (Tarjimayi «Tarixi Tabari», hudud-ul-olam, Jahonnoma, «Zayn-ul-axbor» Gardiziy asari; Firdavsiy «Shohnoma» va b.). Arab yozuvidagi turkiy yozma meros. Turkiy yozma merosning ko’lami. Turkiy tillardagi yozma merosning shakl jihatdan tarkibi; nazmda yozilgan asarlar, islomga oid asarlar, tarjima asarlar (arab va forsiy tillardan), sharqlar. Arab yozuvidagi turkiy qo’lyozma asarlarning miqdoriy ko’rsatkichlari (jahon qo’lyozma xazinalaridagi salmohi). Turkiy qo’lyozmalarning mazmuniy tarkibi: tarix, xronologiya, yozishmalar, biografiya, shajara, geografiya, bibliografiya, astronomiya, entsiklopediya, meditsina, falsafa, etika, matematika va h.k. Arab yozuvidagi turkiy qo’lyozmalarning tashqi belgilariga qarab bo’linishi. Turkiy qo’lyozmalarni o’rganish: Qutadqu bilik, Tarixi muluki ajam, Qur’on tafsiri, hissasi Rabg’uziy, Shayboniynoma, Tavorixi guzida va b.
Qo’lyozma asarlar tarixidan va ularning hududiy qamrovi. Arab tilidagi yozma meros va uning tarqalishi. qo’lyozmalarning jahon bo’ylab tarqalish sabablari. Sharq qo’lyozmalarining Yevropaga tarqalishi. Sharq qo’lyozmalarining turli mamlakatlardagi miqdoriy ko’rsatkichi. qo’lyozmalar xazinalari: Misr, Eron, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Rossiya, O’zbekiston. Sharq qo’lyozmalarini tavsiflash va kataloglar chop etilishi tarixidan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti Sharq qo’lyozmalari xazinasi.
V-VI asrlarda O’zbekiston tarixi eftaliylar va Eftaliylar davlati tarixi bilan bog’liqdir. Tarixiy manbalar, shuningdek, arxeologik qazishlar bergan ma’lumotlarga qaraganda, Eftaliylar saklar va masagetlarning avlodlaridir.
Eftaliylar juda katta hududda o’z hukmronliklarini o’rnatdilar. Ularning davlatiga Sharqiy Turkistondan Kaspiy bo’ylarigacha bo’lgan yerlar qarar edi. Eftaliylar milodning 457-yilida Chag’aniyon, Toxariston va Badaxshonni bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldilar. Eron shohi sosoniy Piruz (459-484 yy.) Eftaliylarga qarshi uch bor qo’shin tortti, lekin uning barcha yurishlari mag’lubiyat bilan yakunlandi. Buning ustiga Eron Eftaliylarga o’lpon to’lab turishga majbur bo’ldi. Shundan keyin Eftaliylar Marv va Kobulni, oradan ko’p vaqt o’tmay, Sharqiy Turkistonni ham bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldilar.
Eftaliylar Turon, Eronning sharqiy tumanlari, Afg’oniston, Shimoliy Hindiston hamda Sharqiy Turkiston ustidan hukm yurgizdilar.
563-567- yillari turk xoqoni Istemi (Dizovul) Eron hukmdorlari bilan ittifoq tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba berdi va ularga qarashli yerlarni bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. Natijada Turk xoqonligi Amudaryo va Orol dengizigacha cho’zilgan o’lkalar ustidan o’z hukmronligini o’rnatdi. U1 asrning uchinchi choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan Chjau va Si davlatlarini ham bo’ysundirdilar, 576 yili Bosporni (Kerch) egaladilar, 581 yili esa Xersonni qamal qildilar.
VI asr o’rtalariga borib Turk xoqonligi zaminida ilk katta yer egaligi munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir qatorda o’zaro urushlar kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581-618 yy.) hukmdorlari ustalik bilan foydalandilar. Oqibatda Turk xoqonligi ikki qimga – Sharqiy va Garbiy turk xoqonligiga bo’linib ketdi.
Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda xoqon Shibi davrida (609-619- yy.) Suy imperiyasi bilan ko’p urushdi va o’z mustaqilligini saqlab qoldi. Xoqon Xelu (620-630- yy.) davrida ham bu kurash davom etdi. O’sha yillari turklar Xitoyga 67 marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliqlar ko’paydi, mehnatkash xalqning ahvoli og’irlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik bilan foydalandilar va Sharqiy Turk xoqonligi ustidan o’z hukmronligini o’rnatilshga muvaffaq bo’ldilar. Lekin ko’p o’tmay, turklar Xitoy istibdodiga qarshi qo’zg’olon ko’tardilar. Bunga dastlab Eltarish qoon (Qutlug’ qoon), keyinchalik esa uning maslahatchisi To’nyuquq boshchilik qildilar. Natijada 681 yili Ғarbiy turklar yana mustaqillikni qo’lga kiritdilar. Xoqon Bilga vafotidan (734 y.) keyin kuchayib ketgan feodal kurashlar natijasida Ғarbiy turk xoqonligi mayda qismlarga bo’linib ketdi va keyinchalik uning o’rniga Uyg’ur xoqonligi tashkil topdi.
Ғarbiy turk xoqonligi harbiy siyosiy jihatdan birmuncha qudratli edi. U11 asrning o’rtalarida unga Sharqiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha bo’lgan yerlar qarardi. Uning ijtimoiy-siyosiy tomondan yuksalishida Marv, Chorjo’y, Buxoro, Samarqand, Choch, Ispijob kabi shaharlarning o’sishi va Xitoy, Eron hamda Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotiq ham sabab bo’ldi. Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Ғarbiy turk xoqonligi poytaxti Suyabda har yili katta yarmarkalar tashkil etilib, unda ko’pgina xorijiy mamlakatlardan kelgan savdogarlar ham qatnashgan.
Ғarbiy turk xoqonligining xalqi xoqon Shabolo Xilishi hukmronligi yillari 10 toifaga bo’lingan. Masalan, Chu daryosining o’ng tarafida istiqomat qiluvchi xalqlar Nushibi (5 toifa), daryoning so’l sohilida istiqomat qiluvchilar esa Dulu (5 toifa) deb atalgan. Ko’p o’tmay bu toifalar o’zlarining mustaqil davlatini tuzib oldilar. Bu o’zaro feodal kurashning kuchayishiga olib keldi. Xitoy qo’shinlari bundan foydalanib, 658 yili Ғarbiy turk xoqonligi yerlariga bostirib kirdilar, lekin uni tamoman bo’ysundira olmadilar. Xoqon Ashina Xudaydao uni yana tiklashga muvaffaq bo’ldi. Biroq katta yer egaligi, o’zaro kurashlar va shimoldagi qo’shni xalqlar, xususan qorliqlarning xurujlari natijasida xoqonlik inqirozga yuz tutdi. VIII asrning ikkinchi yarmida hokimiyat tamoman qorliqlar qo’liga o’tdi. Ular 766 yili Suyabni bosib oldilar va uni o’z poytaxtlariga aylantirdilar.
Ғarbiy turk xoqonligi markazlashmagan davlat bo’lib, 15ga yaqin mustaqil hokimliklardan, So’g’dda yuechji xalqidan chiqqan jabg’u, Buxoroda mahalliy buxorxudot, Farg’onada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi.
Xoqonlik tarkibiga kirgan xalqlar bir qismi So’g’d, Xorazm, Toxariston, Farg’ona dehqonchilik, shahar aholisi hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan, uning tog’li va cho’l tumanlarida istiqomat qiluvchi katta qismi esa chorvachilik bilan shug’ullangan.
Arablar istilosi arafasida O’zbekiston mayda-mayda davlatlardan iborat edi. Sharq va xitoy tillarida yozilgan manbalar ma’lumotlariga qaraganda VIII asr boshlarida yurtimizda 15 yaqin mustaqil davlatlar bo’lib, bularning eng kattasi Xorazm, So’g’d, Buxoro, Chag’oniyon, Toxariston, Ustrushona, Choch va Farg’ona hisoblangan. Ularning podshohlari jabg’u (knyaz), xudot, ixshid va ispahbed deb atalardi.
Arablar O’zbekiston hududiga 674 yildan boshlab bostirib kira boshladilar. Bosqinchi qo’shinlarga xalifalikning Xurosondagi noibi Ubaydulloh ibn Ziyod boshchilik qilar edi. O’shanda ular Poykent va Buxoro shaharlari hamda ularning tevarak-atrofidagi tumanlarni talon-taroj qildilar va katta o’lja (1 mln dirham pul, 4000 asir va boshqalar) bilan qaytdilar. Bundan keyin ham arablar O’zbekiston ustiga ko’p marta talonchilik yurishlarini uyushtirdilar.
705 yildan boshlab arablarning O’zbekiston ustiga istilochilik yurishlari kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi yangi noibi Qutayba ibn Muslim (715 yili hozirgi Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida, hozirgi Shurunch mozor, aslida Qilich mozor temir yo’l bekati yonida o’ldirilgan) boshchilik qildi.
Arab qo’shini 706 yili Omul (Chorjo’y), Zamm (Karki), Buxoro hamda Poykent shaharlarini, 709 yili esa Buxoroning mustahkam qal’alaridan Shofurkom (Vardanza)ni, 710 yili esa Kesh va Nasafni zabt etdi. Buxoro, So’g’d, Vardanza va Farg’ona hukmdorlari turklar bilan qo’shilib arab istilochilariga qarshi ittifoq tuzishga harakat qildilar, lekin o’zaro kelishmovchiliklar va ishtiloflar ittifoqning mustahkamlanishiga yo’l bermadi. Qutayba bundan ustalik bilan foydalandi va ular bilan birma-bir kurashda g’alaba qozondi.
712 yili Qutayba o’zaro ichki kurashlardan foydalanib hiyonatkorona tarzda Xorazmni ham bo’ysundirdi. Samarqand podshohi Ғurak (710-737-yy.) bilan tuzilgan bitim shartlariga binoan Samarqand va So’g’diyona xalqi arablarga har yili 2 million 200 ming dirham miqdorida o’lpon to’lash va arab qo’shiniga 100 ming kishi to’plab berishga majbur etildi. 713-715 yillari Qutayba Choch (Toshkent) hamda Farg’ona viloyatlarini, shuningdek Yettisuv va Koshg’argacha bo’lgan yerlarni bosib oldi.
Arab istilosi O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotiga katta zarar yetkazdi, ko’plab katta va boy shaharlarning kuli ko’kka sovurildi, ming-minglab kishilarning “yostig’i quridi”, Marv, Buxoro, Samarqand va Xorazm kutubxonalarida saqlanayotgan juda ko’p noyob asarlar yo’q qilindi.
Arab istilochilari mahalliy xalqlarni ham majburan islom diniga kiritdilar, mehnatkashlar zimmasiga og’ir soliqlar va jarimalar – xiroj, jizya, zakot yuklatildi, aholining yarim mulki arab qo’shini foydasiga musodara qilindi.
O’zbekiston xalqlari arab istilochilari zulmiga qarshi bir necha bor qo’zg’olon ko’tardilar. VIII asrning o’rtalarida bo’lgan Ishoq turk qo’xg’oloni, 769-776- yillari butun Movarounnahrni larzaga solgan Muqanna (783 yili o’ldirilgan) boshchiligida bo’lib o’tgan qo’zg’olon, 806 yili Rafi’ ibn Lays boshchiligida So’g’dda bo’lib o’tgan dehqonlar qo’zg’oloni shular jumlasidandir.
Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi katta tafovut, ularning etnik jihatdan bir xil emasligi, ular o’rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning zaifligi, ayniqsa, yer-suv va boylikning tobora mahalliy boshliqlar qo’lida to’plana borishi va nihoyat, mahalliy aholi va bosqinchilar o’rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi xalq harakatlari va o’zaro kurashni kuchaytirib yubordi. Bu hol, o’z navbatida, arab xalifaligining inqirozini tezlashtirdi. IX asrning birinchi choragida uning zaminida mustaqil mahalliy davlatlar paydo bo’ldi. Masalan, Misrda Tuluniylar (868 y.), Tabaristonda Aliylar (864 y.), Xurosonda Tohiriylar (821 y.), Seistonda Safforiylar (867 y.) va nihoyat, Movarounnahrda Somoniylar (819 y.) hokimiyat tepasiga keldilar. Boshqa o’lkalarda ham shunday ahvol yuz berdi. Qisqasi, 935 yildan boshlab Abbosiylar xalifalikda o’z siyosiy mavqelarini tamoman yo’qotdilar va nomigagina xalifa bo’lib qoldilar.

Download 0,99 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113




Download 0,99 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Arab yozuvidagi (arab, fors turkiy tillardagi manbalar) Sharq qo’lyozmalari xazinalari

Download 0,99 Mb.