|
Tosh va sopolga o’yib yozilgan katibalar (mixiy yozuvlar)
|
bet | 76/113 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,99 Mb. | | #256811 | Turi | Referat |
Bog'liq Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”Tosh va sopolga o’yib yozilgan katibalar (mixiy yozuvlar)
Bunday yozuvlar Ahamoniylarning qadimgi poytaxti Persopol, shuningdek Suza va Ekbatana (hozirgi Hamadon) shaharlari va uning atrofida topilgan.
Masalan, pishiq sopol taxtachaga o’yib yozilgan bir katibada Doro 1 (miloddan avvalgi 522-486 yy.) hukmronligining dastlabki yillarida (miloddan avvalgi 494-490 yillar orasida) Suzada bunyod etilgan saroyning qurilish tafsiloti, aniqrog’i qurilishga ketgan materiallarning qaysi mamlakatdan keltirilganligi yozilgan taxtachadagi ma’lumotlarga ko’ra, oltin Lidiya bilan Baqtriyadan, qimmatbaho toshlar, lazurit va serdolik (qizil va qizg’ish rangli tosh) So’g’diyonadan, firuza Xorazmdan olib kelingan.
Pkrsopoldan (Sherozning shimoliy tarafida, undan taxminan 50 km masofada joylashgan 520-450 yillar orasida qurilgan shahardan) topilgan yozuvlar va tasviriy suratlar – releflar katta ilmiy qiymatga ega. Ularning ayrim namunalari XU11-XU111 asrlarda (1621 y.) italiyalik sayyoh Pedro Della Valle va daniyalik olim K. Niburning nomi bilan bog’liq. 1931-1934, 1935-1939 va undan keyingi yillari nemis olimi E.Xertsfild, amerikalik E.Shmidt, frantsuz A.Godar hamda eronlik M.T.Mustafoviy va A.Somiy tarafidan o’tkazilgan arxeologik tadqiqotlar natidasida Persopolda juda ko’p noyob yodgorliklar ochildi. Ular orasida Apadana zinalari ustiga ishlangan tasviriy suratlar alohida ahamiyat kasb etadi. Suratlarda (balandligi 3 fut – ingliz o’lchovi 30, 479 santimetrga teng) ahamoniylarga tobe bo’lgan 23 satraplikdan (qaram mamlakatdan o’lpon olib kelgan kishilar qiyofasi tasvirlangan. Bular orasida baqtriyaliklar turli idishlar, teri, mo’yna va tuya bilan, so’g’dliklar turli mato, teri va qo’ylar bilan, saklar ot va chakmonlar bilan, parfiyaliklar idishlar va tuya bilan va xorzmliklar ot va qurol-aslaha bilan tasvirlangan.
Persopoldan 6 milya-qariyb 5 km masofada, uning shimol tarafida Husaynkuh qoyalarida ahamoniylardan Doro 1, Ksereks 1 (miloddan avvalgi 486-465 yy.), Artakserks 1 (miloddan avvalgi 465-424 yy.) hamda Doro 11 (miloddan avvalgi 424-404 yy.)larning maqbaralarini hamda ularga kiraverishda o’yib yozilgan katibalar bor. Mazkur yodgorlik sosoniy sarkardalardan Rustam (636 yili arablar bilan bo’lgan jangda halok bo’lgan) nomi bilan ham bog’liq va tarixda ko’pincha Naqshi Rustam deb ataladi.
Katibalarda, ayniqsa Doro 1 surati ostiga yozilgan katibada, uning davlati ko’klarga ko’tarib maqtaladi, uning tarafidan bosib olingan xalqlar esa itoatkorlikka va halol mehnat qilishga chaqiriladi, bo’ysunmaganlar va shu sababdan jazoga mahkum etilganlarning nomlari qayd etiladi. Muhimi shundaki, katibada ahamoniylarga tobe bo’lgan 23 satraplik va xalqlarning to’la ro’yhati yozilgan. Bular orasida parfiyaliklar, baqtriyaliklar, so’g’diyonaliklar hamda xorazmliklar ham bor.
O’dgorlik orsida muhimlaridan yana biri mashhur Behistun yozuvlaridir. Bu yozuvlar uzunligi 22 m, umumiy balandligi 7,8 m bo’lib, ular Shimoliy Eronda, Kirmonshohdan 30 km masofada, daryo bo’ylab o’tgan qadimgi karvon yo’li yoqasida, uning chap tarafida, Zagros nomli tik qoyaga, taxminan 105 metr balandlikda Doro 1 ning amri bilan yozilgan g’alaba yodgorligidir. O’zuv elam, bobil va qadimgi eron tillarida bitilgan va miloddan avvalgi 523-522 yillari Ahamoniylar saltanatini larzaga keltirgan Gaumata – 522 yil 29 sentyabrda halok bo’lgan, Frada – marg’iyonalik, 522 yil 10 dekabrdi asirga olingan, Skunxa - hozirgi Qozog’iston va O’zbekiston hududida istiqomat qilgan sak qabilalarining yetakchisi kabi boshliqlar rahbarligidagi xalq harakatlari haqida hikoya qiladi.
Avesta
Zoroastrizm – otishparastlik, miloddin avvalgi U1 – milodning U1 asri dinining muqaddas kitobi bo’lib, miloddin avvalgi U1- milodning U1 asrlarida yozilgan, Eron hamda O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati, e’tiqodi, tili, adabiyoti va qisman tarixini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi.
Asarning yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar frantsuz J.Darmsteter, ojarbayjon olimi I.Aliev “Avesta” Midiya - hozirgi Eronning shimoliy-g’arbiy qismi va Ozarbayjonda yozilgan desalar, ko’pchilik V.V.Struve, S.P.Tolstov, F.Altxaym va boshqalar Amudaryo bo’yida joylashgan viloyatlarda, Balx va Xorazm oralig’ida yaratilgan, deb hisoblaydilar. Oxirgi fikr so’nggi vaqtlarda Eron olimlari, masalan Ibrohim Pur Dovud tarafidan ham e’tirof etildi.
“Avesta” matni to’liq saqlanmagan. Bizgacha, uning juda oz qismi yetib kelgan, xalos. Ma’lumki “Avesta” Kayoniy hukmdorlardan Gishtosp – Vishtosp zamonida kitob holiga keltirilgan. Rivoyatlarga qaraganda, uning gatlar deb ataluvchi asosiy qismi xudo Zaratushtra tomonidan yozilgan va Mas’udiy, Tabariy va Beruniylarning so’zlariga qaraganda, 12 000 ho’kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergamentga oltin harflari bilan yozilgan. O’sha vaqtlarda uning uch nusxasi mavjud bo’lgan, lekin bir nksxasi Iskandar Zulqarnaynning amr-farmoni bilan yoqib yuborilgan. Ikkinchi nusxasini Yunonistonga olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga o’ta e’tiqodli bo’lgan kishilar qo’lida saqlanib qolgan. Lekin bu nusxa to’la emas.
Asarning saqlanib qolgan qismlarini to’plash va kitob holiga keltirish ishlariParfiya podshosi Valgash 111 (148-192 yy.) hamda Sosiniylar (milodning 111 asri) davrida ham davom ettirildi. “Avesta” sosoniy Shopur 11 (309-379) davrida tartibga solindi, izohlar va qo’shimchalar (zand) bilan boyitildi va to’la kitob holiga keltirilib, asrsiy qismlari pahlaviy tiliga tarjima qilindi. Bu kitob “Zand Avesta” nomi bilan mashhur.
Afsuski, “Zand Avesta” ham bizning zamonimizgacha to’la holda yetib kelmagan. Uning bir qismi Iskandar Zulqarnayn yurishlari vaqtida, boshqa bir qismi esa arablar istilosi (674-715 yy.) vaqtida yo’q qilingan. Asarning bizgacha yetib kelgan qismi, professor Ye.E.Bertelsning ma’lumotiga qaraganda10, 83 000 so’zdan iboratdir. U asosan to’rt qismdan – yasna, yashtov, vispered, vendidad tashkil topgan. Yasna tarkibiga kirgan gat deb ataladigan qo’shiqlar “Avesta”ning eng ko’hna va qimmatli qismlaridir.
“Avesta”ning qo’shiqlari va qissalari Abulqosim Firdavsiyning (taxm.940-1030 yy.) “Shohnoma” dostoniga manba bo’lib hizmat qilgan.
“Avesta” nisbatan yaxshi o’tganilgan (K.Zalemen, X.Bartolomey, Ye.E.Bertels, V.V.Struve va boshqalar). U frantsuz (Anketel dyu Perron, Y.Darmsteter), rus (K.A.Kossovich), ingliz (L.X.Mayls), Laniya (A.Xristensen) va fors (Ibroham Pur Dovud) tillariga tarjima qilingan. Uning Kopengagenda (Daniya) saqlanayotgan yagona nusxasi asosida tayyorlangan fotomatni 1937-1944 ymllari olti jild qilib nashr etilgan.
“Xvaday namak” “Xvaday namak” (“Podshohnoma”) qadimgi Eronning 627 yilgacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan bahs etuvchi afsonaviy tarixiy asar bo’lib, pahlaviy tilida yozilgan. Sosoniylardan Yazdigard 111 (632-651 yy.)ga yaqin kishi tomnidan 632-637 yillar orasida yozib tamomlangan. Asar ayniqsa Ahamoniylar, Ashkoniylar va Sosniylar tarixi bo’yicha muhim manbalardan hisoblanadi.
“Xvaday namak”ning o’zi ham, mashhur shoir, olim va tarjimon Abdulloh ibn Muqaffa (721-757 yy.) tarafidan qilingan tarjima (“Siyar al-muluk” deb atalgan) ham bizgacha yetib kelmagan. Lekin uning ayrim parchalari Ya’qubiy (897 yoki 905 yili vafot etgan), ibn Qutayba (828-889 yy.), Tabariy, ibn al-Asir, shuningdek Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”sida saqlangan.
“Matakdani xazar datastan” “Matakdani xazar datastan” (“Bir ming nafar huquqiy ajrim”) pahlaviy tilida yozilgan (U111 asr) bo’lib, unda Eronning Sosoniylar davridagi davlat tuzulishi va uning ijtimoiy hayoti haqida qimmatli ma’lumot bor. Asarning faqat ayrim qismlarigina saqlangan. Mitropolit Ishobaxt qilgan suryoniycha tarjima (U111 asr) saqlangan). Inglizcha tarjimasi S.Y.Bulsara tomonidan chop etilgan (Bombay, 1937 y.).
Geografik asarlardan “Shahristonhoyi Eron” (“Eron shaharlari haqida risola”) Eronning Sosoniylar davridagi geografik holati va ularning bunyod etilishi haqida ma’lumot beradi. “Ajoyib as-Sakiston” (“Sakiston viloyatining ajoyibotlari” nomli asar Eronning ko’hna viloyatlaridan Sakiston (Seiston)ga bag’ishlangan. Bu ikkala asar ham pahlaviy tilida, U111 asrning ikkinchi yarmida yozilgan. “Shahristonhoyi Eron”ning matni va qisqacha inglizcha tarjimasi J.Asana hamda Modi tomonidan 1897 va 1899 yillari Bombayda chlp etilgan.
Qadimgi Eronning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid ayrim ma’lumotlarni “Kornomayi Artashir Papakan” (“Artashir Papakanning ishlari haqida qissa”), “Mazdak namak” (“Mazdak haqida qissa”), “Ayatkari zariran” (“Zarira haqida rivoyat”), “Podshoh Xusrav va uning mahrami” kabi tarixiy qissalarda uchratamiz.
Sosoniylar lavlati ichki va tashqi siyosati asoslarini o’rganishda “Andarznoma”(“Nasihatnoma”) hamda “Tojnoma” kabi etik - didaktik xarakterdagi asarlarning ham qimmati kattadir.
“Shohnoma” Abulqosim Firdavsiy(taxm. 940-1030 yy.) qalamiga mansub “Shohnoma” asari uch qism va 65 ming baytdan iborat doston bo’lib, u 976 – 1011 yillar orasida yozilgan.
Uning birinchi qismi afsonaviy bo’lib, “Avesta” materiallariga asoslanib yozilgan va Eron hamda Turon xalqlarining diniy aqidalari va rivoyatlaridan bahs yuritadi.
Asarning ikkinchi va uchinchi qismlari muhim hisoblanadi. Ikkinchi qism qahramonlik dostoni bo’lib, qadimgi Eron podshohlari va ular zamonida o’tgan qahramonlar Rustam va Kova siymolari talqin qilingan.
“Shohnoma”ning uchinchi qismi tarixiy doston bo’lib, unda Eron va Turonning zardushtiylikning paydo bo’lishidan to arablar istilosigacha bo’lgan siyosiy hayoti talqin etilgan.
“Shohnoma”ning qo’lyozma nusxalari ko’p mamlakatlarning kutubxonalarida, shuningdek O’zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Asarning to’la matni Hindiston (1829 y.), Frantsiya (1838-1878 yy.), Olmoniya (1877-1884 yy.), Eron (1934-1936 yy.) va Rossiyada (1960-1971 yy.) chop etilgan, rus va o’zbek tillariga tarjima qilingan.
“Shohnoma” matnini tiklash ustida manbashunoslik tadqiqot ishlarini Boysung’ur Mirzo ibn Shohruh Hirotda olib borgan. Ko’p tarixchilar, xususan Muhammad Mirxond undan manba sifatida foydalangan. Alisher Navoiy bu asarda lof ko’pligini qayd etgan.
|
| |