• Arab tilida yozilgan manbalar.
  • Kitob masolik ul-mamolik”
  • Tarixi ar-rusul va-l-muluk”
  • Kitob al-masolik val-mamolik”
  • Kitob axbor uz-zamon va ajoyib ul-buldon”
  • Kitob ul-xiroj va san’at al-kitoba”
  • Kitob ul-masolik va-l-mamolik”
  • Vafayot ul-a’yon va anbo’ anbo’ uz-zamon”
  • Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni”
  • Huquqiy hujjatlar va yozishmalar




    Download 0,99 Mb.
    bet84/113
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #256811
    TuriReferat
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113
    Bog'liq
    Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

    Huquqiy hujjatlar va yozishmalar
    O’zbekistonning qadimgi va o’rta asrlar tarixini o’rganishda ilmiy tekshirish institutlarining kutubxonalarida, davlat tarix arxivida, o’lkashunoslik muzeylarida saqlanayotgan rasmiy hujjat va yozishmalarning ahamiyati benihoya kattadir. Lekin ularni topish, o’rganish va o’z o’rnida foydalanish o’ta qiyin bo’lib, tadqiqotchidan chuqur bilim, maxsus malaka, qunt va sabot-matonat talab qilinadi.
    Huquqiy hujjatlarni ham, jamiyatda katta nufuzga ega bo’lgan shaxslar o’rtasida olib borilgan yozishmalarni ham yuir yerdan, aniqrog’i bir yoki ikki asar ichidan, bir muzey, arxiv va fondidan topib bo’dmaydi. Ularni barcha muzey, arxiv va fondlar ichidan, qo’lyozma kitob va chop etilgan asarlardan qidirib topish mumkin.
    Huquqiy hujjatlar – podshoh va xonlarning farmonlari, yorliqlari, inoyatnomalar, rahnomalar, vasiqalar, vaqfnomalar va boshqalar O’zbekistondagi tarix va o’lkashunoslik muzeylarida, maxsus ilmiy-tekshirish institutlari va universitetlarning kutubxonalarida, shuningdek Davlat tarix arxivdarida hamda shaxsiy majmuadarda saqdanadi. Ammo IX-XII asrga oid hujjatlar hali alohida to’planib o’rganilganicha yo’q.
    Bu davrda maxsus kotib yoki dabirlikka qancha katta e’tibor berilgani Nizimiy Aruziy Samarqandiyning “To’rt maqola” asarida bayon etilib, ayrim maktublar namunalari keltirilgan. Musulmonchilik hujjatlari Burxoniddin Marg’inoniyning “Hidoya” asarida keyincha o’zining rasmiy tavsifini topdi.

    Arab tilida yozilgan manbalar.
    O’zbekistonning VII asr oxiridan boshlab, XII asrgacha bo’lgan tarixi ko’proq va deyarli arab tilidagi yozma manbalarda yoritilgan va bu an’ana keyincha ham Temuriylar davrigacha davom etgan. Bu davrda yurtimiz avval arab xadifaligi tarkibida, so’ngra Somoniylar, Qoraxoniylar, Ғaznaviylar, Xorazmshohlar davlatlarini boshdan kechirdi. Arab tilida vatanimiz tarixiga oid yozma manbalarni mualliflarning kelib chiqishiga qarab, ikki guruhga ajratish mumkin.
    Birinchi guruh - arab tilida ijod etgan yurtimizdan chiqqan tarixchi va olimlar. Bular Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg’ariy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Said Sam’oniy, Shahobuddin Muhammad Nisoviy va boshqalardir. Ushbu muarrixlar asarlarida ona vatanga muhabbat alohida namoyon bo’ladi, bu ayniqsa Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya” asarida xalqimiz qadimgi madaniyati to’g’risidagi ma’lumotlarida alohida ko’zga tashlanadi.
    Ikkinchi guruh - xorijlik olimlardan iborat bo’lib, ular yaratgan arab tilidagi asarlarida yurtimiz tarixi madaniyati, siyosiy-ijtimoiy hayoti yoritilgan. Ushbu mualliflarning eng yiriklari Abulhasan Madoiniy (vaf. 840 y.), Abulabbos al-Ya’qubiy (IX asr), Abubakr al-Balazuriy, Ibn Xurdodbeh (820-taxm.913), Abu Ja’far Tabariy (839-923 y.), Ishoq al-Istahriy (850-934 y.) va boshqalardir.
    Mazkur muarrixlar yurtimiz hududini umummusulmon olami, arab xalifaligi bir qismi sifatida yoritganlar. Ular asosan arab xalifalikni ikki qismga, ya’ni arab va a’jam - g’ayri arabga ajratib o’rganar edilar. Arablar tomonidan yurtimizga berilgan nom Movarounnahr – daryoning u yog’idagi mamlakat mazmunini bildiruvchi jug’rofiy nom bizgacha yetib kelgan bo’lib, asosan arab mualliflari asarlarida iste’foda etiladi.
    Quyida arab tilida bitilgan eng muhim manbalar va ularning mualliflari haqida ixcham ma’lumot keltiriladi. (Ushbu ma’lumotlardan ma’ruzachi o’z xohishiga binoan tanlab ana o’shalardan foydalanishi mumkin.)
    Kitob at-tarix” Ushbu arab tilida bitilgan qimmatli asar muallifi buyuk matematik Muhammad Muso al-Xorazmiy(VIII asr oxiri – IX asr birinchi yarmi)dir. Biz uni birinchi O’rta Osiyolik tarixchi olim deb atashimiz mumkin. Chunki al-Xorazmiy birinchilardan bo’lib o’zining “Kitob at-tarix” (“Tarix kitobi”) asarini yozgan. Ammo ushbu asar bizgacha mukammal holida yetib kelgan bo’lmasada, undan olingan parchalarni so’nggi davr tarixchilari Ibn an-Nadim, al-Mas’udiy, at-Tabariy, Hamza al-Isfahoniylar o’z asarlarida keltiradilar. Bu kitobni Abu Rayhon Beruniy o’zining “Osor ul-boqiya” asarida ham eslatadi. Mazkur asar xalifalik tarixiga oid ma’lumotlardan iborat bo’lgan.
    Kitob al-surat al-arz” Mazkur asar ham al-Xorazmiy tomonidan yaratilgan bo’lib, yunon olimi Ptolomiyning jug’rofiyaga oid kitobini arab tiliga tarjima qilgan va uni o’zining yangi ma’lumotlari bilan boyitgan. “Kitobi surat al-arz” (“Yer tasviri kitobi”) asarida Kaspiy dengizi yoki Xorazm dengizi haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Ushbu tarixiy jug’rofiyaga oid asardagi O’rta Osiyoga oid ma’lumotlar katta ilmiy ahamiyatga ega. Kitobning 937 mklodiy, hijriy 428 yili ko’chirilgan mo’‘tabar qo’lyozmasi yuizgacha yetib kelgan bo’lib, unga turli xaritalar chizib ilova qilingan. Ushbu mo’‘tabar qo’lyozma matni 1926 yili sharqshunos H.M.Mjik tomonidan Leyptsigda nashr qilingan. Kitobni o’zbek tiliga A.Ahmedov tarjima qilib, ilmiy sharhlar bilan 1983 yili chop etgan.
    Kitob al-mag’oziy” Kitob muallifi Madoiniy Abulhasan Ali ibn Muhammad (vaf. 840 y.) Arabiston, Xuroson va Movarounnahrning VII-VIII asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga oid ikki yuzdan ziyod asar yozgan yirik arab tarixchi olimidir. “Axbor al-xulafo”(“Xalifalar haqida xabarlar”), “Kitob al-mag’oziy” (“Urushlar haqida kitob”), “Kitob futuh ash-Shom” (“Shomning bosib olinishi haqida kitob”), “Tarix al-buldon” (“Mamlakatlar tarixi”) ana shu asarlar jumlasidandir.
    “Kitob al-mag’oziy” Eron, Afg’oniston va O’zbekistonning arablar istilosi va VIII asrning birinchi yarmidagi siyosiy tarixi bo’yicha muhim manbalardan hisoblanadi. Muarrifning tarixiy asarlari bizgacha yetib kelmagan, lekin ayrim parchalari Balazuriy va Tabariy asarlarida saqdanib qolgan.
    Kitob al-buldon” Asar ijodkori al-Ya’qubiy IX asrda o’tgan yirik geograf tarixchi olimdir. Ismi Abulabbos Ahmad ibn Abu Ya’qub ibn Ja’far ibn Vahb ibn Vadih al-Kotib al-Abbosiy bo’lib, u yirik mansabdor honadoniga mansubdur. Al-Ya’qubiy Bag’dodda tug’ildi, lekin umrining ko’p qismini Armaniston, Xuroson, Falastin, Misr va Mag’ribda o’tkazdi.
    Al-Ya’qubiyning ikki yirik va muhim asari bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Biri ”Kitob al-buldon” (“Mamlakatlar haqida kitob”), ikkinchisi esa “Tarix” nomi bilan mashhurdir.
    ”Kitob al-buldon” (taxminan 891 yilda yozilgan) to’rt qismdan iborat. Asarda arablar qo’l ostidagi mamlakatlarning geografik holati, yirik shaharlar va qal’alari, aholisi va uning asosiy mashg’uloti, urf-odatlari, o’sha mamlakatdan olinadigan xirojning umumiy miqdori haqida qimmatli ma’lumotlar keltiriladi.
    Ushbu asarning ikki mo’‘tabar qo’lyozmasi Ғarbiy Germaniya kutubxonalarida saqlanmoqda. Kitobning arabcha matni gollandiyalik mashhur sharqshunos M.de Gue (1836-1909 y.) tomonidan 1892 yili Leydenda chop etilgan.
    Al-Ya’qubiyning ikkinchi asari “Tarix” umumiy tarix tipida yozilgan bo’lib, Sharq mamlakatlari, shuningdek O’rta Osiyoning VII-IX asrlardagi tarixi bo’yiyaa muhim manbalardan biri hisoblanadi. Asar ikki qismdan iborat bo’lib, Odam Atodan islomgacha bo’lgan va musulmon mamlakatlari tarixlari, ya’ni o’sha mamlakatlarda 873 yilgacha sodir bo’lgan voqealar bayon etilgan.
    “Tarix”ning arabcha matni 1883 yili gollandiyalik olim M.T.Xautsma (1851-1943 y.) tomonidan chop etilgan.
    Kitob futuh al-buldon” “Kitob futuh al-buldon”(“Mamlakatlarning zabt etilishi”) IX asrda o’tgan yirik geograf va tarixchi olimi Balazuriy (vaf. 892 y.)ning asaridir. Muarrix Madoiniyning shogirdi bo’lib, uning to’la ismi Abubakr Ahmad ibn Yax’yo Jabir al-Balazuriy, asli eronlik Abbosiylardan al-Mutavakkil (847-861 y.) va al-Musta’in (862-866 y.) saroyida tarbiyachi bo’lib xizmat qilgan.
    Balazuriy ikki yirik asar “Kitob futuh al-buldon” va “Kitob al-ansob ao-sharif”(“Sharofatli kishilarning nasablari haqida kitob”ning muallifidir.
    “Kitob futuh al-buldon” arab istilolari tarixi bo’yicha eng yaxshi asarlardan biri hisoblanadi. Faqat shu asarda arablarning xalifa Usmon (644-656 y.) va uning Xurosondagi noibi Abdulloh ibn Amr davrida Movarounnahrga bir necha bor bostirib kirganliklari va Maymurg’ni (Samarqand tumanlaridan biri) talab qaytganliklari haqida ma’lumot bor.
    Asarda arablar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar, ularning diqqatga sazovor shaharlari va osori-atiqalari, xalqi, pul muomalasi, undiriladigan soliklar, shuningdek arab tilining joriy qilinishi haqida ham qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz.
    “Kitob futuh al-buldon”ning qisqartirilgan tahriri yetib kelgan, xalos. Arabcha matni de Gue tarafidan 1866 yili Leydenda chop etilgan. Uning inglizcha tarjimasi (tarjimonlar Xitti va Murgotten) ham bor. Balazuriyning ushbu asarining to’liq nusxasi O’qut va Ibn al-Asir asarlari uchun manbalardan biri bo’lib xizmat qilgan.
    Kitob ul-xiroj” “Kitob ul-xiroj” (“Xiroj solig’i haqida kitob”) asarining muallifi Abu Yusuf Ya’qubdir (731-798 yy.). Bu qonunshunos olimning to’la ismi Abu Yusuf Ya’qub ibn Ibrohim Kufiydir. U asli Shomning Kufa shahridan, imom Abu Hanifaning (699-767 yy.) shogirdi, Abbosiylardan al-Mahdiy (775-785 yy.) va Xorun ar-Rashid (786-809 yy.) davrida Bag’dod qozisi bo’lgan.
    “Kitob ul-xiroj” asarida Arab xalifaligining VII-VIII asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, xususan yer egaligi va undan foydalanish kabi ijtimoiy masalalarni o’rganishda qimmatli manba hisoblanadi. Xalifa Xorun ar-Rashidning topshirig’i bilan yozilgan bu asarda o’rta asrlarda aholidan yig’iladigan asosiy soliq - xiroj, uning turlari va miqdori, to’lash tartibi bayon etilgan. Bundan tashqari feodal mulkchilik, xususan korandalik tartibi, yirik yer egalarining shaxsiy xo’jaliklarida qo’l mehnatidan foydalanish haqida ham ma’lumotlar mavjud.
    Asarning arabcha matni 1884 yilda Misrning Buloq shahrida chop qilingan. Uni Ye.Fanyan frantsuzchaga tarjima qilgan.
    Kitob axbor ul-buldon” Ibn al-Faqih “Kitob axbor ul-buldon” (“Mamlakatlar haqida xabarlar” asari bilan mashhur bo’lgan tarixchi olim. Uning to’la ismi Abubakr Ahmad ibn Muhammad al-Hamadoniydir. Ushbu asaridan (taxminan 903 yili yozilgan) ma’lum bo’lishicha, u xalifalardan al-Mo’‘tadid (892-902 y.) va al-Muqtafiy (902-908 y.)lar bilan zamondosh bo’lgan. “Kitob al-fihrist” muallifining so’zlariga qaraganda, Ibn al-Faqih o’z zamonasining atoqli adiblaridan bo’lib, naql-rivoyat va adabiyotni yaxshi bilgan.
    “Kitob axbor ul-buldon” asari siyosat, tarix va madaniy hayotga oid materiallarga boydir. Ibn al-Faqihning ayniqsa yirik shaharlar, Balx, Samarqand va boshqalar haqida keltirgan ma’lumotlari nihoyatda qimmatlidir.
    “Kitob axbor ul-buldon”ning Ali ibn Ja’far ash-Shayzoriy tarafidan bajarilgan (1022 y.) qisqa tahriri de Gue tomonidan 1885 yili Leydenda chop etilgan.
    Ushbu asarning mo’‘tabar qo’lyozmasi, aniqrog’i uning ikkinchi qismi, 1923 yili Mashhaddagi (Eron) Imom Rizo masjidi kutubxonasidan topildi. Unda Eron va Movarounnahrning iqtisodiy va tarixiy geografiyasiga oid diqqatga sazovor ma’lumotlar bor.
    Kitob masolik ul-mamolik” Ushbu asar muallifi Ibn Xurdadbeh yoki Abulqosim Ubaydulloh Xurdadbeh (820 tax 913 y.) asli eronlik bo’lib, u oliy martabali mansabdor xonadoniga mansub edi. Otasi IX asr boshlarida Tabariston hokimi bo’lgan, Daylam viloyatini bo’ysundirib, xalifaning diqqat e’tiborini qozongan. Ibn Xurdadbeh Bag’dodda o’qigan va keng ma’lumot olgan. U xalifa Mo’‘tamid (870-892 y.) davrida yuksak davlat lavozimlarida turgan, dastlab nadim, so’ng Eronning g’arbiy-shimoliy tarafida joylashgan Jibal viloyatida sohib barid va-l-xabar (pochta va razvedka boshlig’i) lavozimini egallagan. Ibn Xurdadbeh turli mavzuda, adab, tarix, geografichga oid o’nga yaqin asar bitgan bo’lib, ulardan eng muhimi “Kitob masolik ul-mamolik” (“O’’llar va mamlakatlar haqida kitob”) nomli asari bo’lib, u 846 yili yozib tamomlangan.
    Asarning qisqartirilgan tahriri bizgacha yetib kelgan va M. de Gue tarafidan 1889 yili chop qilingan. Ruscha tarjimasi (tarjimon Noila Velixanova) 1986 yili Bokuda chop etilgan.
    Kitob arab xalifaligi qo’l ostidagi mamlakatlar, shaharlar, ularga boriladigan yo’llar, shaharlar va mamlakatlar orasidagi masofa, aholidan undiriladigan soliq va jarimalarning miqdori haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
    Ayniqsa, qadimiy So’g’d shaharlaridan Kushoniya (Samarqand atrofida joylashgan), Samarqand, Ustrushana, Shahriston (Ustrushana shaharlaridan), qadimgi Shosh, Ispijob (Sayram) shaharlarida aholi o’rtasida muomalada bo’lgan pul birligi, Nuh ibn Asad (vaf. 842 y.) va Ahmad ibn Asad (819-846 y.) davrida So’g’d va Farg’onaning umumiy ahvoli, Movarounnahr va Farg’onada IX asrda istiqomat qilgan turkiy xalqlar haqidagi ma’lumotlar benihoya qimmatlidir.
    Tarixi ar-rusul va-l-muluk” Bu asar avtori yirik qomusiy olim Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy (836-923 y.)dir. U Eronning Tabariston viloyatiga qarashli Omul shahrida tug’ilgan, umrining ko’p qismini Bag’dodda o’tkazgan va shu yerda vafot etgan. Tarixchi xalifalikning ko’p shaharlarini aylanib chiqqan, birmuncha vaqt Ray, Basra, Kufa, Suriya va Misrda turgan.
    Tabariy davrining keng ma’lumotli kishilaridan bo’lib, o’ndan ortiq kitob yozib qoldirgan. Musulmon qonunshunoslari orasida mavjud bo’lgan ixtiloflar bayon etilgan “Kitob ixtilof al-fuqaho” (“Faqihlar o’rtasidagi ixtiloflar haqida kitob”), “Qur’oni karim” oyatolri sharhiga bag’ishlangan o’ttiz (boshqa ma’lumotlarga qaraganda qirq) jilddan iborat “Jome’ al-bayon at-ta’vil al-Qur’on” (“Qur’on” so’zlari ma’nosining keng bayoni majmuasi”) va nihoyat, “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” (“Payg’ambarlar va podshohlar tarixi”) ana shular jumlasidandir. Tarix ilmi uchun eng muhimi so’nggi asar hisoblanadi.
    “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” yoki qisqa nomi “Tarixi Tabariy” asari umumiy tarix tipida yozilgan kitob. Lekin mukammalligi va daliliy materiallarga boyligi bilan boshqa asarlardan tamoman alohida ajralib turadi.
    Asarda olimning “yaratilishi”dan to 912-913 yillarga qadar Arabiston, Rum (Kichik Osiyo), Eron va Arab xalifaligi asoratiga tushib qolgan mamlakatlarda, shuningdek O’zbekiston hududida bo’lib o’tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar hikoya qilinadi. Voqelar yilma-yil, xronoligik tarzda bayon etilgan. Bu esa asardan foydalanishda ko’p jihatdan qulaylik yaratgan. Tabariy mazkur asarini yaratishda yahudiy va xristianlarning naql-rivoyatlari, Sosoniylar (224-651 y.) solnomasi “Xvaday namak” (“Podshohnoma”), al-Voqidiyning (747-823 y.) “Kitob ul-mag’oziy” (“Urushlar haqida kitob”), al-Madoiniyning “Tarixi xulafo” (“Xalifalar tarixi”), Ibn Tayfurning (819-893 y.) “Tarixi Bag’dod” (“Bag’dod tarixi”) kabi asarlardan keng foydalangan. Lekin u ko’p hollarda “Hadis ilmi” printsipiga ko’ra, ayniqsa asarning qadimiy tarixiga bag’ishlangan qismlarida boshqa manbalardan olingan dalil va ma’lumotlarni aynan keltirgan.
    Kitobning qadimiy tarixidan bahs yurituvchi qismlari ham ma’lum ilmiy qiymatga ega, chunki bularda bizgacha yetib kelmagan manbalarda (rivoyatlar, “Xvaday namak”, “Tarixi xulafo” va boshqalar) mavjud bo’lgan qimmatli ma’lumotlar, lavhalar saqlangan.
    “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” musulmon mamlakatlari, shuningdek Movarounnahrning VIII-IX asr tarixi bo’yicha asosiy va eng mo’‘tabar manbalardan biri bo’lib, tarix ilmining keyingi taraqqiyotiga katta ta’sir o’tkazgan. Mazkur asarning arabcha ikki xil (mufassal va qisqartirilgan) tahriri bo’lgan, lekin bizgacha uning faqat qisqartirilgan tahriri yetib kelgan va asar matni gollandiyalik sharqshunos M.Ya. de Gue tarafidan 1879-1901 yillari 15 jildda nashr etilgan.
    Tabariy asarining forsiy tahriri ham bor bo’lib, u Somoniy Abu Solih Mansur ibn Nuhning (961-976 y.) vaziri, atoqli ilm-fan homiysi al-Bal’amiy (vaf. 974 y.) tomonidan 963 yili yozilgan.
    Bal’amiy tahriri shunchaki oddiy tarjima bo’lib qolmay, balki asarning qayta ishlangan va ayrim hollarda yangi faktlar bilan boyitilganidir.
    Unda, birinchidan, qisqartirilgan tahririda uchramaydigan ma’lumotlar mavjud bo’lib, ularni Bao’amiy Tabariy asarining to’la nusxasidan olgan.
    Ikkinchidan, Bal’amiy tahriri boshqa manbalar asosida yangi ma’lumotlar bilan to’latilgan.
    Tabariyning mazkur asaridan ayoim parchalar bir necha Yevropa tillariga tarjima qilingan. Uning to’la frantsuzcha tarjimasi G.Zotenberg tomonidan 1867-1874 yillari Parijda nashr etilgan.
    Asarning forsiy va turkiy tarjimalari ham bo’lib, ularning mo’‘tabar qo’lyozma nusxalari Sankt-Peturburg va Toshkent kutubxonalarida mavjud. Bao’amiy tahririning matni to’la tarzda Lakxnav, Kanpurda (1874, 1896, 1916 y.) va Tehronda (1962, 1967 y.) chop qilingan.
    “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” asarining qo’lyozma nusxalari MDH, Angliya, Turkiya, Eron va Hindiston kutubxonalarida saqlanadi. Toshkentda, Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida arab tilidan to’rtta mo’‘tabar qo’lyozmalari va o’zbek va uyg’ur tillaridagi tarjimalari mavjud. Qisqartirilgan ruscha tarjima tarjimon V.I.Belyaev) 1987 yili Toshkentda “Istoriya Tabari” ya’ni “Tabariy tarixi” nomi bilan chop etildi.
    Kitob al-masolik val-mamolik” Ushbu nomdagi yetti jildlik ulkan asarni vatandoshimiz, davlat arbobi va olim Jayhoniy (870-942 y. halok bo’lgan) yoki Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr al-Jayhoniy yaratgan. U Buxoroda Somoniylar davlatida katta obro’ga ega bo’lib, 914 yildan hayotining oxirigacha vazir bo’lib xizmat qilgan.
    Olimning asosiy asari tarixiy jug’rofiyaga oid bo’lib, u yana “Kitob al-molik fi ma’rifiyi al-mamolik” (“Mamlakatlarni bilishda masofalar kitobi”) deb ham atalgan. Bu kitob o’z davrida juda mashhur bo’lib, barcha keyingi olimlar Beruniy, Gardiziy, Ibrisiy, Muqaddasiy va boshqalar undan qimmatli va ishonchli manba sifatida foydalanganlar, iqtibos (tsitatalar) keltirganlar.
    Jayhoniy asarida Sharq mamlakatlari, xususan Movarounnahr, turk qabilalari to’g’risida qimmatli ma’lumotlar bo’lgan.
    Mazkur asar bizgacha yetib kelmagan bo’lsa-da, uningnomi barcha yirik olimlar asarlarida zikr qilingan va Beruniy, Ibn Xavqal, Gardeziy va Avfiy asarlarida parchalar ukltirilganligi, uning qimmatli manba ekanligidan guvohlik beradi.
    Kitob axbor uz-zamon va ajoyib ul-buldon” Bu kitob al-Mas’udiy yoki Abulhasan Ali ibn al-Mas’udiy (vaf.956 y. Qohira) X asrning ko’zga ko’ringan geograf va tarixshunos olimi asaridir. Muallif IX asr oxirlarida Bag’dodda zodagon oilasida dunyoga kelgan. Juda ko’p (915-945 y.) sayohat qilgan, turli o’lkalarda bo’lib, adabiyot, falsafa, fiqh, geografiya va tarix ilmlari bo’yicha chuqur ma’lumotga ega bo’lgan, xususan Movarounnahrda bo’lganda shaharlar va odamlar haqida qimmatli ma’lumotlar to’plagan.
    Al-Mas’udiy ilmning turli sohalariga oid “Kitob axbor uz-zamon va ajoyib ul-buldon”( “Davr xabarlari va mamlakatlarning ajoyibotlari haqida kitob”), “Kitob ul-avsat” (“O’rtacha kitob”), “Kitob at-tavorix fi axbor al-umum min arab va-l-ajam” (“Arab va Ajam xalqlari tarixi”), “Xazoin ul-muluk va sirr al-olamayn” (“Podshohlarning xazinalari va ikki olam sirlari”), “Kitob ar-rasoil” (“Risolalar to’plami”), “Kitob at-tanbih, va-l-ishraf” (“Ogohlantirish va ishontirish haqida kitob”) singari 20dan ortiq asar yozgan.
    Al-Mas’udiyning asarlari arab xalifaligi, Movarounnahrning IX-X asrlar tarixini o’rganishda zo’r ahamiyatga ega. Ular o’ziga xos geografik qomus bo’lib, jahon xalqlari va turkiy xalqlarning tarixi, ijtimoiy-siyosiy ahvoli, urf-odatlari haqida boy ma’lumotga ega.
    Tarixchining yana “Muruj az-zahab va ma’dan al-javohir” (“Oltin tozalagich va qimmatbaho toshlar koni”) nomli asari ham bor. Bu kitobning arabcha matni frantsuzcha tarjimasi bilan birga, 1861-1877 yillari Parijda to’qqiz jildda nashr etilgan.
    Kitob ul-xiroj va san’at al-kitoba” Asar muallifi Abulfaraj Qudama, filolog va geograf olimdir. Uning to’la ismi Abulfaraj ibn Ja’far Qudama al-Basriy al-Bag’dodiy (vaf.922-948 y.). U yuasraoik aslzoda bo’lib, avval nasroniy bo’lgan, saroy xizmatiga qabul qilingandan keyin xalifa al-Muqtafiyning ta’siri ostida islom dinini qabul qilgan.
    Dastlab ma’muriy mahkamalardan birida (majlis az-zimam) xizmat qilgan, umrining oxirida esa aloqalar devoniga (devoni sohib barid) boshchilik qilgan.
    Abulfaraj Qudama 928 yili “Kitob ul-xiroj va san’at al-kitoba” (“Xiroj undirish va maktublar yozish san’ati haqida kitob”) nomli ikki jildlik (8 qismdan iborat) asar yozgan. Mazkur asar arab xalifaligining ma’muriy bo’linishi, xalifalikka tobe bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi aloqa xizmati, soliq va moliya tizimining umumiy ahvoli haqida qimmatli ma’lumot beradi.
    “Kitob ul-xiroj va san’at al-kitoba” asarida Movarounnahrning geografik holati va uning turkiy zabon aholisi haqida ham muhim daliliy ma’lumotlarni uchratamiz. Kitobning faqat ikkinchi jildigina saqlanib qolgan. Uning ayrim parchalari frantsuzcha tarjimasi bilan M.Ya. de Gue tarafidan 1889 yili chop etilgan.
    Kitob masolik ul-mamolik” Ushbu kitob muallifi Istaxriy yoki Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad al-Forsiy (850-934) nomi bilan mashhur bo’lgan sayyoh va geograf olim. U 915 yildan blshlab Eron, Movarounnahr, Suriya, Misr va Mag’rib bo’ylab sayohat qilgan. Mana shu sayohat vaqtida to’plangan boy daliliy material va zamondoshi Abu Zayd Ahmad ibn Sahl al-Balxiyning (850-934 y.) “Suvar al-aqolim” (“Iqlimlar surati”) kitobi asosida 930-933 yillari o’zining “Kitob masolik ul-mamolik” (“Mamlakatlarga boriladigan yo’llar haqida kitob”) nomli qimmatli asarini yozgan.
    Asar yigirma bobdan iborat. Unda musulmon mamlakatlari Arabiston, Mag’rib, Misr, Suriya, Iroq, Eron, Movarounnahr), shuningdek, Hindistonning chegaralari, iqlimi, ma’muriy bo’linishi, mashhur shaharlari, ularga olib boriladigan yo’llar, aholisi va uning mashg’uloti, atoqli kishilari, savdo-sotiq va boshqa masalalar bayon etilgan.
    “Kitob masolik ul-mamolik” asarining asl matni uch marta 1870, 1927 va 1967 yillari Leydenda chop etilgan. U Abulmahosin Muhammad ibn Sa’d ibn Muhammad an-Naxchivoniy tarafidan XVI asrning ikkinchi yarmida fors tiliga tarjima qilingan, qo’lyozma nusxalari Sankt-Peterburg va Toshkentda saqdanmoqda.
    Kitob ul-masolik va-l-mamolik” Ushbu kitobning muallifi Ibn Havqal (vaf. 976 y.)dir. U o’z davrining ko’zga ko’ringan yirik geograf olimi va sayyohi bo’lgan. Olimning to’la ismi Abulqosim ibn Havqal an-Nasibiy bo’lib, nisbasiga ko’ra vchlm Shimoliy Mesopotamiyada joylashgan Nisibin shahridan chiqqan.
    Ibn Havqal 943 yildan boshlab savdogar sifatida turli mamlakatlar Markaziy Afrika, Ispaniya, Italiya, Eron, Hindiston bo’ylab sayohat qilgan. U Istaxriy bilan shaxsan uchrashgan. Uchrashuv vaqtida Istaxriy go’yoki undan o’z asaridagi xato va chalkashliklarni xalos qilish va kaytadan ishlashni iltimos qilgan.
    “Men,-deb yozadi Ibn Havqal,- uning kitobidagi bir emas, bir necha xaritalarni tuzatdim, so’ngra ushbu o’z kitobimni yozishga qaror qildim. Istaxriy kitobida uchragan xatolarni tuzatdim, kitobimga bir nechta (yangi) xaritalarni ilova qildim va ularni izohlab berdim.”
    Ibn Havqalning asari “Kitob ul-masolik va-l-mamolik” (“O’’llar va mamlakatlar haqida kitob”) yoki qisqacha “Kitob surat al-arz” (“Yerning surati”) nomi bilan mashhur bo’lib, Hamadoniylardan Sayfulla Ali I ga (945-967 y.) bag’ishoangan. Uni yozishda muallif sayohatlari vaqtida to’plagan, savdogarlardan so’rab-surishtirib yiqqan materiallardan hamda Ibn Xurdodbeh, al-Jayhoniy, Qudama asarlaridan foydalangan. Kitobda tavsiflangan har bir mamlakat va viloyatning xaritasi ham berilgan. Masalan, Movarounnahr qismiga ilova qilingan xaritada Jayhun (Amudaryo), Buxoro, Samarqand, Usrushana (O’ratepa), Ispijob (Sayram), shosh va Xorazm shaharlari va viloyatlari tasvirlangan. Asarda turkiy va g’uzzlar, ularning mashg’uloti, shuningdek, Movarounnahr shaharlari, xalqlari xususida keltirilgan ma’lumotlar nihoyatda qimmatlidir.
    “Kitob ul-masolik va-l-mamolik” asarining arabcha matni ikki marta M.Ya. de Gue (1878) hamda Kramers tarafidan (1938-1939) chop etilgan. Kramers nashri (u 1086 yili ko’chirilgan va hozir Istambul kutubxonalaridan birida saqlanayotgan mo’‘tabar qo’lyozmaga asoslangan) birmuncha nashr sifatida qadrlanadi.
    Ahsan at-taqosim” ”Ahsan at-taqosim” yoki “Ahsan at-taqosim fi ma’rifat al-aqolim” (“Iqlimlarni o’rganishuchun eng yaxshi qo’llanma”) nomli asar muallifi X asrning yirik geograf olimi al-Muqaddasiydir. Uning to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Abubakr al-Muqaddasiydir. Olim 947 yili Quddisi sharifda tug’ilgan, butun dunyo musulmon mamlakatlari bo’ylab sayohat qilgan va 1000 yili vafot etgan.
    Al-Muqaddasiy sayohat vaqtida to’plagan hamda boshqa manbalardan olingan aniq ma’lumotlar asosida 985 yili o’zining qimmatli asarini yozib qoldirgan. Kitobning ikkita tahriri mavjud. Birinchi tahriri 986 yilda amalga oshirilgan bo’lib Somoniylarga, 989 yilgi ikkinchisi esa Fotimiylarga bag’ishlangan.
    Asar muqaddima va ikki qismdan iborat. Muqaddimada muallif asarning yozilish tartibini bayon etgan va o’zidan avval o’tgan geograf olimlarning asarlariga to’xtalib o’tgan.
    Birinchi qismda arab mamlakatlari, Arabiston yarim orolida joylashgan mamlakatlar Iroq, Mesopotamiya, Suriya, Misr, Mag’rib hamda Kichik Osiyoning geografik holati, mashhur shaharlari, osori atiqalari, aholisi va uning mashg’uloti, e’tiqodi hamda urf-odatlari, aholidan to’planadigan soliq va jarimalar va ularning umumiy hajmi, shuningdek, har bir mamlakat va viloyatning ma’muriy tuzulishi hamda mashhur kishilari haqida ma’lumot berilgan.
    Ikkinchi qismda Ajam mamlakatlari Xuroson, Seiston va Movarounnahr tavsiflangan.
    ”Ahsan at-taqosim” ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy hamda madaniy hayotga oid qimmatli aniq ma’lumotlari bilan blshqa geografik asarlardan ajralib turadi va arab mamlakatlari, shuningdek, O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy tarixini o’rganishda muim manba bo’ladi.
    Asarning arabcha matni de Gue tomnidan 1877 yili chop etilgan edi. U yana 1906 va 1967 yillari nashr etildi.
    Tarixi Yaminiy” ”Tarixi Yaminiy”14 (“Yamin ud-davla tarixi”) asarining ijodkori Utbiydir. Uning haqiqiy ismi Abu Nasr Muhammad ibn Abdujabbor Utbiy (taxm.961-1077 yoki 1036 yy.) bo’lib, asli Eronning Ray shahridan. Olimning xonadoni badavlat va nufuzli zodagonlardan bo’lib, uning tog’alari Somoniylarning vaziri sifatida xizmat qilishgan.
    Abu Nasr Muhammad Utbiy ham yuqori davlat lavozimlarida turgan, Somoniylarning Xurosondagi noibi Abu Ali ibn Simjur (989-998 yy.), so’ngra Ziyoriylardan15 Shams ul-Maoliy Qobus ibn Vushmagir (998-1030 yy.)ning shaxsiy kotibi, keyinchalik Ғaznaviylardan16 Sabuktakin (977-997 yy.), Sulton Mahmud (998-1030 yy.) hamda Sulton Mas’ud (1031-1041 yy.) saroyida xizmat qilgan. Masalan, Utbiy Sulton Mahmudning elchisi sifatida (999 y.) Garchistonga17 borgan, keyin Ganj rustakda18 sohib barid bo’lib ishlagan va 1023 yili Sulton Mahmudning amri bilan xizmatdan chetlatilgan.
    Manbalarda, xususan as-Saolibiy tazkirasida aytilishicha, al-Utbiy bir nechta yirik asar yozgan. Lekin ulardan faqat bittasi ”Tarixi Yaminiy” nomli tarixiy asari saqlanib qolgan, xalos. Uning yana “Latoif al-kuttob” (“Kotiblarning latif so’zlari”) nomli bo’lib, u bizgacha yetib kelmagan19.
    ”Tarixi Yaminiy” amir Sabuktakin hamda Sulton Mahmud zamonida Ғaznaviylar imperiyasi tarkibiga kirgan Afg’oniston, Xuroson, Xorazm va qisman Movarounnahrning 975-1021 yillardagi ijtimoiy-isyosiy tarixini bayon etadi. Asarda Qoraxoniylarning Movarounnahrni bosib olishi (992-996 yy.) haqida keltirilgan ma’lumotlar benihoyat qimmatlidir.
    Asar o’rta asr tarixshunosligiga xos og’ir saj – nasriy qofiyali uslubda yozilgan. Unda hukmron sinfning maqsad va manfaatlari himoya qilinadi, xususan Sulton Mahmud va uning yaqinlari ko’klarga ko’tarib maqtaladi. Shuning bilan birga, tarixchi uzluksiz davom etgan urushlar, zulm, turli-tuman soliq va jarimalar tufayli xonavayron bo’lgan mehnatkash xalqning og’ir turmushiga ham ayrim o’rinlarda ko’z tashlab o’tadi.
    ”Tarixi Yaminiy” asarining arabcha matni 1874 yili Dehli, 1874 yili Buloq va 1883 yili Lohur shaharlarida chop etilgan. Undan ayrim parchalar K.Shefer, T.Nyoldeke, G.Elliot va N.Douson tomonidan frantsuz, nemis va ingliz tillariga tarjima qilingan. Kitobning forscha tarjimalari bo’lib, eng durusti Abu Sharif Nosih al-Jorbozaqoniy qalamiga mansub. Bu tarjima Eronda 1856, 1956 va 1966 yillari chop etilgan. Asarni Londonda 1858 yili Reynolds ingliz tiliga tarjima qilgan.
    Yatimat ad-dahr” ”Yatimat ad-dahr” yoki ”Yatimat ad-dahr fi mahosin ahl ul-asr” (“Asr ahlining fozillari haqida zamonining durdonasi”) nomli tazkirani o’z davrining yirik olimi va shoiri Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as-Saolibiy yaratgan. U 961 yili Nishopurda tug’ilgan, ilm-fanning turli sohalari tarix, adabiyot, mantiq, arab tili va boshqalarni yaxshi bilgan, asosan tulki terisidan po’stin tikib sotish bilan shug’ullangan va as-Saolibiy degan nom bilan mashhur bo’lgan. Olim Eron va O’zbekistonning taliy shaharlari Jurjon, Marv, Ғazni, Buxoro, Xorazmda turgan va ularning madaniy hamda ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan yaqindan tanish bo’lib, 1038 yili Nishoparda vafot etgan.
    As-Saolibiy ellikka yaqin asar yozgan bo’lib, O’zbekiston xalqlarining X-X1 asrdagi tarixi va madaniy hayotini o’rganishda ”Yatimat ad-dahr” hamda “Kitob al-g’urar” asarlari alohida ahamiyat kasb etadi.
    ”Yatimat ad-dahr” (995-1000 yillari yozilgan) O’zbekiston, xususan Marv va Buxoroning X asrdagi adabiy muhitini o’rganishda asosiy manbalardan biridir.
    “Kitob al-g’urar” yoki “Ғurar axbor muluk ul-furs va siyaruxum” (“Eron podshohlarining tarixi va ularning hayoti”) nomli asar Ғaznaviylarning Xurosondagi noibi Abu Muzaffar Nasr ibn Nosuriddin (1020 yili vafot etgan)ning topshirig’i bilan yozilgan muhim tarixiy asardir.
    ”Yatimat ad-dahr”ning arabcha matni 1883 va 1947 yillarda Bayrut va Qohirada chop etilgan. Uning O’zbekistonning X asrdagi adabiy muhitidan baxs yurituvchi to’rtinchi qismi o’zbek tiliga Ismatulla Abdullaev tomonidan tarjima qilinib, 1976 yili Toshkentda chop etilgan.
    Mafotix ul-ulum ” O’z davri qomusi bo’lmish bu kitobni Abu Abdulloh Muammad al-Xorazmiy yaratgan. U X asrda o’tgan mashhur filolog va fan tarixchisidir. Uning to’la ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Kotibiy al-Xorazmiy bo’lib, olim Somoniy Nuh 11 ibn Mansurning (976-997 y.) vaziri al-Utbiy qo’lida dabir bo’lib xizmat qilgani va asosan Nishopurda istiqomat qilib, fan tarixi hamda davlat bosh idoralari uchun muhim qo’llanma bo’lgan “Mafotix ul-ulum” (“Ilmlarning kalitlari”) nomli muhim asar yozib qoldirganligi ma’lum. Ushbu asardan ma’lum bo’lishicha, Abu Abdulloh yunon, suryoniy, arab va fors tillarini mukammal bilgan keng ma’lumotli kishi bo’lgan.
    “Mafotix ul-ulum” 976-991 yillar orasida yozilgan o’ziga xos izohli terminologik lug’at bo’lib, ikki qismdan iboratdir. Birinchi qism olti bobodan iborat bo’lib, unda shariat bilan bog’liq ilmlar fiqh, aqidalar, grammatika, idora ishlarini yuritish tartibi, she’riyat va tarix tug’risida ma’lumotlar keltirilgan.
    Ikkinchi qism to’qqiz bobdan iborat bo’lib, u ajam, ya’ni arab bo’lmagan xalqlar yunonlar, suriyaliklar, forslar, hindlar va boshqa xalqlar orasida taraqqiy etgan ilmlar – falsafa, mantiq, tibb, arifmetika, handasa-geometriya, falakiyot-astronomiya, mexanika, musiqa va kimiyo fanlarini o’z ichiga oladi.
    Asarda yurtimiz haqida, xususan bu yerda amalda bo’lgan sug’orish o’lchovlari haqida muhim ma’lumotlar ham bor. “Mafotix ul-ulum” iomiy jamoatchilik, xususan V.V.Bartold, I.Yu.Krachkrvskiy, S.L.Volin, van Flotenning yuksak bahosiga sazovor bo’lgan. Uning arabcha matni 1895 yili van Floten tomonidan, ayrim parchalar tarjimasi S.L.Volin tomonidan 1939 yili nashr qilingan. Toshkentda bu asarni R.M.Bahodirov tadqiq etib, maxsus kitob yozgan.
    Osor ul-boqiya” Ushbu benazir asar ijodkori qomusiy olim Abu Rayhon Beruniydir (973-1048). U tabiiy va ijtimoiy fanlar bo’yicha 150 dan ortiq asarlar yaratib, asosan tabiiy fanlar sohasida ulkan kashfiyotlarga va muvaffaqiyatlarga erishgan bo’lsa-da, o’zining ijtimoiy fan, ayniqsa tarix to’g’risidagi chuqur bilimlarini “Osor ul-boqiya an al-qurun al-holiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) hamda “Hindiston” yoki “Kitab tahqiq molil-Hind min manqula fi-l-aql va-l-marzuma” (“Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarining tadqiq etish”) va “Kitob ul-musammara fi axbori Xorazm” (“Xorazm haqidagi axborotlar haqida suhbatlar”) nomli asarlari bilan tarix va madaniyat tarixiga katta hissa qo’shdi.
    Ayniqsa, bo’lg’usi tarixchilar uchun “Osor ul-boqiya” har tomonlama namuna bo’ladigan qimmatli manbadir. Asar 1000 yili Jurjon shahrida yozib tamomlangan. Unda qadimgi O’rta Osiyo, Yunon, Eron, Hind, nasroniy, yahudiy va boshqa xalqlarning islomiyatgacha bo’lgan tarixi, urf-odatlari, bayramlari va asosan vaqtni hisoblash taqvim-xronologiya to’g’risida mukammal ma’lumot beradi. Ushbu asarning XIV asrda yaratilgan mo’‘tabar qo’lyozmasiga nodir rasmoar ishlangan va bu noyob san’at obidasi Shotlandiya poytaxti Edinburg shahri Universiteti kutubxonasida 161 raqam ostida saqlanmoqda.
    “Osor ul-boqiya”ning ruscha va o’zbekcha tarjimalari Toshkentda 1957 va 1968 yillari chop etildi. Kitob Yevropada “Xronologiya” nomi bilan mashhur. Biz asar to’g’risida artiqcha ma’lumotlarni keltirmadik, chunki bizning vazifamiz qimmatli yozma manbalar to’g’risida umumiy tushuncha, bilim va yo’nalish berishdir. Ushbu kitob to’g’risida talabalar mustaqil ish jarayonida yoki laboratoriya ishi jarayonida chuqurroq va keng bilimga ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
    Beruniyning Xorazm tarixiga oid asari yuqorida zikr etilgan nomdan tashqari, yana “Tarixi Xorazm” va “Mashohiri Xorazm” (“Xorazmning mashhur kishilari”) nomlari bilan ham mashhur bo’lib, uning ayrim lavhalari – parchalari Abulfazl Bayhaqiyning 1056 yili yozib tamomlangan “Tarixi Bayhaq” va O’qut Hamaviyning “Mo’‘jam ul-buldon” asarlarida saqlanib qolgan.
    Beruniyning “Kitob fi axborot al-mubayyizot val-karomita” (“Oq kiyimlilar va karmatlarning xabarlari haqida kitob”) asari ham tarix ilmi uchun alohida qiymatga ega. Unda o’sha zamonlarda O’rta Osiyoda keng tarqalgan ijtimoiy harakat – karmatlar harakati haqida diqqatga sazovor ma’lumotlar bor.
    Xulosa qilib aytish mumkinki, Beruniyning asarlarida tarix ilmi uchun ma’lumotlar juda ko’p uchraydi, ammo ulardan tashqari nomi zikr etilgan asari uning katta tarixchi olim, etnograf bo’lganligini ko’rsatadi.
    Kitob tajorib ul-ulum” “Kitob tajorib ul-ulum” (“Xalqlarning tajribalari haqida” nomli ulkan mashhur asar ijodkori Ibn Miskavayxdir. Uning to’la nomi Abu Ahmad ibn Muhammad ibn Mushkuya (vaf. 1030 y.) bir vaqtlar Buvayhiylar (932-1062) saroyida avval xazinador, so’ngra vazir bo’lib xizmat qilgan.
    “Kitob tajorib ul-ulum” asari olti jilddan iborat bo’lib, unda musulmon mamlakatlarining qadim zamonlardan 983 yilgacha tarixini o’z ichiga oladi.
    Kitobning 1-4- jildlari kompilyatsiya, ya’ni avval o’tgan tarixchilar, asosan Tabariyning “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” asari asosida yozilgan.
    Uning 5-6- jildlari esa muallifning o’zi yaratgan va IX asr tarixi bo’yicha muhim manbalardan biri hisoblanadi. Unda o’z davri rasmiy hujjatlaridan keng foydalangan.
    “Kitob tajorib ul-ulum”ning Amedroz hamda Margolius (1920-1921) va Kaetani (1909-1917) tarafidan amalga oshirilgan ikkita to’la nashri mavjud.
    Devonu lug’at at-turk” “Devonu lug’at at-turk” (“Turkiy so’zlar lug’ati”) Mahmud Koshg’ariy nomi bilan mashhur bo’lgan XI asr yirik tilshunos olimining noyob asaridir. Olimning to’la ismi Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Koshg’ariy bo’lib, Qoraxoniylar xizmatida bo’lgan turk beklaridan birining oilasiga mansub. U 1029-1038 yillar orasida taxminan Barsg’onda tug’ilgan, lekin umrining ko’p qismini Bolasog’un, Koshg’ar, Bag’dod va boshqa shaharlarda o’tkazgan.
    Mahmud Koshg’ariy yoshligida yaxshi ma’lumot olgan va o’rta asr fanining ko’p sohalarini, xususan, arab tili, turkiy tillarni, tarix hamda geografiya fanlarini chuqur bilgan. Uninng qimmatli “Devonu lug’at at-turk” asarining dunyoda yagona qo’lyozmasi hozir Istambulda (Turkiya) saqlanmoqda.
    Ushbu asarning arabcha matni 1915-1917 yillari uch jildda Istambulda, mukammal o’zbekcha sharhli tarjimasi S.M.Mutallibov tomonidan amalga oshirildi va 1960-1963 yillari Toshkentda chop etilgan.
    “Devonu lug’at at-turk” asarining usmonli turkcha 1939-1941 yillari B.Atali, inglizcha 1982-1985 yillari R.Dankoff bilan J.Kelli, uyg’urchasi esa 1981-1984 yillari bir guruh tarjimonlar tomonidan amalga oshirilib, chop ettirishgan.
    Nuzhat al-mushtoq” “Nuzhat al-mushtoq” yoki “Nuzhat al-mushtoq fi xtirak ul-ofoq” (“Jahon bo’ylab kezib holdan toyganning ovunchog’i”) nomli asarni o’z davrining mashhur sayyohi va geograf olimi Al-Idrisiy yaratgan. Uning to’la ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Idris al-Idrisiydir.
    Al-Idrisiy 1100 yili Marokashning Seut shahrida tug’ilgan, Ispaniyaning Kordova shahrida ta’lim olgan, Portugaliya, Frantsiya, Angliya va Kichik Osiyo bo’ylab qilgan safaridan qaytgach, 1138 yili Palermo shahriga ko’chib keldi va Sitsiliya qiroli Rojer 11 (1130-1154 yy.) xizmatiga kirib uning topshirig’i bilan o’zining “Nuzhat al-mushtoq” asarini yozgan. Olim 1165 yili vafot etgan.
    “Nuzhat al-mushtoq” yetti iqlim mamlakatlarining, ya’ni dunyoning geografik holatidan baxs yuritadi. Uning ayniqsa Shimoliy Afrika, Italiya, Frantsiya, Germaniya shuningdek Markaziy Osiyoga oid qismlari qimmatlidir. Kitobning matni 1592 yili Rimda chop etilgan. Lotincha tarjimasi 1619 yili Parijda bosilgan.
    Kitob ul-ansob” “Kitob ul-ansob” (“Nasablar haqida kitob”) nomli asarning muallifi mashhur biograf, tarixchi va sayyoh Abu Sa’id Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniy (1113-1167 y.)dir. U Marvda yirik qonunshunos olim oilasida dunyoga keldi, Marv, Buxoro hamda Samarqandda tahsil ko’rdi, 1155-1156 yillari Movarounnahr va Xorazm bo’ylab sayohat qildi, ma’lum muddat Nishopur, Isfahon, Bag’dod, Xalab, Damashq hamda Quddus (Ierussalim) shaharlarida hayot kechirdi.
    Sam’oniy “Kitob al-ansob”dan tashqari yigirma jildlik “Marv tarixi” nomli asarning ham ijodkoridir. Ammo bu kitob bizgacha yetib kelmagan qo’rinadi. Taxminlarga ko’ra, bu muhim asar Chingizxon huruji vaqtida kuyib ketgan bo’lishi mumkin, chunki o’shanda Marvning eng katta va boy kutubxonasi bilan birga Sam’oniylar xonadoniga tegishli bo’lgan ikki yirik kutubxona ham (O’qut Hamaviy Sam’oniylar kutubxonasini ko’rganligini aytadi) yonib ketganmikan? Bizgacha olimning faqat “Kitob al-ansob” asarigina yetib kelgan.
    “Kitob al-ansob” asari Ibn Xalliqonning ma’lumotlariga ko’ra sakkiz jilddan iborat bo’lgan. Uning to’la nusxasi ham yo’qolib ketgan ko’rinadi. Kitobning tarixchi Ibn al-Asir tarafidan tahrir etilgan uch jildlik qisqartirilgan qismigina saqlanib qolgan, xalos.
    “Kitob al-ansob” asarining arabcha matni ikki marta nashr etilgan, bosh qismi 1835 yili prof. D.S.Margoulis tarafidan chop etilgan. Uning Bayrut nashri ham bor. Bu asarda islomiyatdan to muallifning zamonigacha musulmon mamlakatlarida, ko’proq Eron va Movarounnahrda o’tgan mashhur kishilar haqida keng ma’lumot beriladi.
    “Kitob al-ansob” Movarounnahrning qadimiy tarixi, yirik shaharlari, qo’shni mamlakatlar, xususan Xitoy bilan bo’lgan savdo va madaniy aloqalarni o’rganishda muhim manbalardan biri hisobanadi. Ushbu asar to’g’risida Sh.Kamoliddinov nomzodlik va doktorlikdissertatsiyalvrini yoqlagan va rus tilida kitob chiqargan.
    Al-komil fi-t-tarix” “Al-komil fi-t-tarix” (“Mukammal tarix”) nomli salmoqli asar muallifi yirik arab tarixchisi Izzuddin Abulhasan Ali ibn Muhammad (1160-1234 yy.) bo’lib, u ko’pincha Ibn al-Asir nomi bilan mashhur bo’lgan. Muarrix Tigr daryosi bo’yida joylashgan Jazirat ul-Umar shahrida katta yer egasi oilasida tug’ilgan. Umrining ko’p qismini Mo’sulda (Suriya) o’tkazgan va o’sha yerda vafot etgan.
    Ibn al-Asir o’z davrining keng ma’lumotli kishisi bo’lib, bir necha tarixiy asar yozgan. “Al-komil fi-t-tarix” va Muhammad payg’ambar sahobalari (izdoshlari) tarjimai holini o’zada qamrab olgan besh jildli “Kitob usd al-g’aba fi ma’lumot as-sahoba” (“Sahobalar haqida ma’lumot beruvchi o’rmon sherlari”, 1863 yili chop qilingan) shular jumlasidandir. Lekin Sharq mamlakatlari xalqlari, shuningdek Movarounnahr xalqlari tarixini o’rganishda uning birinchi asari “Al-komil fi-t-tarix” katta ahamiyat kasb etadi.
    “Al-komil fi-t-tarix” asari o’n ikki jilddan iborat bo’lib, unda dunyoning “yaratilishi”dan to 1231 yilga qadar Sharq mamlakatlarida bo’lib o’tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar yilma-yil, xronologik, ya’ni davr tartibida bayon etib beriladi.
    Asarda ko’pgina qimmatli manbalar, xususan Tabariy hamda as-Sallomiyning bizgacha yetib kelmagan “Kitob fi axbor vuloti Xuroson hukmdorlari haqida axborot beruvchi kitob”) kabi qimmatli asarlardan keng foydalangan.
    “Al-komil fi-t-tarix”ning birinchi qismi (I-IV jildlari) olamning “yaratilishi”dan to 931 yilgacha bo’lib o’tgan voqealar bayonidan iborat. Bular avval bo’lib o’tgan olimlar Balazuriy, Tabariy, Ibn Miskavayx, as-Sulamiy va boshqalarning asarlariga tayanib yozilgan. Lekin bu qismda ham ko’p hollarda asosiy manbalarda uchramaydigan muhim va qimmatli ma’lumotlar bor.
    Masalan, 751 yili Talas daryosi bo’yida arab va Movarounnahr qo’shinlari bilan xitoy armiyasi o’rtasida bo’lib o’tgan jang va unda ko’p minglik xitoy qo’shinining tor-mor etilishi haqidagi ma’lumot shular jumlasidandir.
    Undan tashqari, as-Sallomiy va uning muhim tarixiy asari haqida ma’lumot Ibn al-Asir tufayligina bizgacha yetib kelgan.
    Asarning VII-XII jildlari mustaqil, alohida ahamiyatga ega bo’lib, 924-1231 yillar orasida Sharq mamlakatlarida, shuningdek Movarounnahrda bo’lib o’tgan voqealarni o’z ichiga oladi va asosan ko’lyozma manbalar, shuningdek tarixni yaxshi bilgan kishilar bergan axborotlar hamda muallifning shaxsiy kuzatishlari davomida to’plagan boy va faktik material asosida yozilgan.
    “Al-komil fi-t-tarix” asarining ayniqsa, mo’g’ullar istilosiga bag’ishlangan XII jildi alohida qiymatga ega va Movarounnahr hamda Sharq mamlakatlarining XIII asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganishda asosiy manba vazifasini o’taydi.
    Kitobning to’la matni ikki marta (1851-1876 yillari va 1901 y.) chop etilgan. Ayrim parchalarni rus tiliga N.A.Mednikov, A.Ye.Krыmskiy tarjima qilganlar.
    Asar Xivada to’la ravishda o’zbek tiliga Muhammad Rahim soniy (1863-1910 yy.) davrida Nurillo Muftiy, Muhammad Sharif oxund va boshqalar tomonidan tarjima qilingan bo’lib, Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida o’n uchta mo’‘tabar qo’lyozmalari saqlanmoqda.
    Vafayot ul-a’yon va anbo’ anbo’ uz-zamon” 1256-1274 yillar orasida yozilgan “Vafayot ul-a’yon va anbo’ anbo’ uz-zamon” (“Mashhur kishilarning vafoti va zamondoshlari haqidagi habarlar”) nomli muhim biografik asar muallifi Ibn Xalliqondir (1211-1282 yy.). Ibn Xalliqon tarixchi-biograf olimdir. Uning to’la nomi Ahmad ibn Muhammad ibn Shamsuddin Abulabbos al-Barmakiy al-Arbiliydir.
    Ibn Xalliqon Suriyaning Xalab (Aleppo) va Damashq shaharlarida tahsil ko’rgan va yana 1238 yili Qohiraga borib o’z bilimini oshirgan. 1261 yili Damashqda qozi kalon, so’ngra Qohiraning “al-Faxriya” va boshqa madrasalarida mudarrislik qilgan, ayni vaqtda shaharning qozi kaloniga noib ham bo’lgan.
    “Vafayot ul-a’yon va anbo’ anbo’ uz-zamon” asarida bizning zamonamizgacha saqlanmagan ko’pgina ko’lyozma asarlar va olimning shaxsiy kuzutuvlari natijasida to’plangan vaktik material asosida yozilgan bo’lib, bu asarda islomiyatdan to muallifning zamonigacha o’tgan, shuningdek Ibn Xalliqon bilan zamondosh bo’lgan mashhur olim va adiblarning tarjimai holini o’z ichiga olgan muhim ma’lumotlar mavjud. Bular orasida bir talay O’rta Osiyolik adib hamda olimlar nomlari ham mavjud.
    Mazkur asar XIX asrda Gollandiya, Frantsiya, Misr, Eron hamda Turkiyada chop etilgan. Kitobni de Slen ingliz tiliga tarjima qilib to’rt jildda 1842-1871 yillari chop ettirgan.
    Mo’‘jam ul-buldon” Mashhur qomusiy asar ”Mo’‘jam ul-buldon” muallifi ajoyib sarguzashtarni o’z boshidan kechirgan olim, sayyoh va xattot O’qut Hamaviydir (1179 y. tug’.). U asli Kichik Osiyolik (Rum) qul bo’lgan. Otasining ismi kim ekanligini bilmagani uchun o’zini Ibn Abdulloh (Tangri qulining o’g’li) deb atagan. Bolalik vaqtida asirlar bilan birga Bag’dodga olib kelingan va uni Hama shahrida (Suriya) Askar ibn Ibrohim al-Hamaviy ismlik savdogar sotib olgan va unga O’qut deb nom bergan.
    Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” Xalqimizning buyuk o’g’loniga bag’ishlangan noyob asar “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” (“Sulton Jaloluddin Menkburnining tarjimai holi”) nomli kitobni vatandoshimiz Shihobuddin Muhammad Nisoviy (vaf. 1249 y. Xalab) yozgan. Muarrixning to’la ismi Shihobuddin ibn Ahmad ibn Ali Muhammad Nisoviydir.
    Tarixchining otasi Xorazmshohlarning e’tiborli amirlaridan biri bo’lgan. Niso viloyatiga qarashli Xurandiz qal’asining hokimi edi. Otasi vafot (1220 y.) etgach, uning mol-mulki va mansabi o’g’liga o’tgan. U 1224 yilga qadar Niso viloyatining hokimi Nusratuddin Hamzaning noibi bo’lib xizmat qilgan. Nashjuvon (Nisoning katta qishloqlaridan) hamda al-Halqa (Jurjon qishloqlaridan) da mo’g’ullar bilan bo’lgan janglarda shaxsan ishtirok etgan. So’ng Astrobod viloyatlaridan Kabud joma (hozirgi nomi Hojilar) hokimi Imom ud-davla Nusratuddin Muhammad huzuriga kelgan va uning yordami bilan yana Nisoga qaytishiga muvaffaq bo’lgan, lekin oradan ko’p vaqt o’tmay, Nisoda o’zaro feodal kurash kuchayib ketganligi sababli u Iroqqa ketib qoladi va 1224 yili Sulton Jaloluddin Menkburnining (1220-1231) xizmatiga kiradi va uning kotibi (kotib al-insho) lavozimiga tayinlanadi. Shihobuddin Muhammad Nisoviy bu lavozimda 1231 yilgacha, ya’ni sultonning o’limiga qadar xizmat qiladi.
    Keyin u Mayofarikin (Diyorbakr viloyatida) hokimi Ayyubiy al-Malik al-Muzaffar Ғoziyning (1220-1224 y.) xizmatiga kiradi. Biroq oradan ko’p vaqt o’tmay qamalib qoladi. Qamoqdan ozod etilgandan keyin Ildegiziylar (1137-1225) huzurida, so’ngra 1238 yili Xarron (Eron Ozarbayjoni) qal’asiga hokim etib tayinlanadi. Oxiri Xalab (Suriya) suotoni al-Malik an-Nosir Salohiddin Yusuf ibn al-Azizning xizmatiga kiradi va umrining oxirigacha Xalabda istiqomat qiladi.
    Shihobuddin Muhammad an-Nisoviy O’rta Osiyo, Kavkaz, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarining mo’g’ul istilosi davridagi (1220-1231 yy.) ijtimoiy-isyosiy ahvolidan bahs yurituvchi “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” nomli qimmatli kitob yozib qoldirgan. Asar 1241 yili Xalabda yozib tugallangan bo’lib, u memuar-xotira-yodnoma tarzida yozilgan.
    Kitob muqaddima va 108 bobdan iborat. Asarning I-IV boblarida mo’g’ul-tatarlar, Chingizxonning kelib chiqishi, xon bo’lib ko’tarilishi masalalari ixcham tarzda bayon etilgan.
    V-XXII boblar xorazmshoh Alouddin Muhammadning hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan.
    XXIII bobdan boshlab kitobning to oxirigacha mo’g’ul istilosi va xorazmshoh Alouddin Muhammadning fojiali taqdiri, sulton Jaloluddinning hayoti va kurashi, fojiali halokati hikoya qilinadi.
    Ushbu asarning ayniqsa 1224-1231 yillar voqealarini o’z ichiga olgan boblari original va zo’r ilmiy qiymatga ega, chunki bayon etilmish voqealarning ko’pchiligida muallifning bevosita shaxsiy ishtiroki bor.
    Mana shuning uchun ham bu kitob tarix ilmi namoyondalarining diqqat e’tiborini o’ziga jalb etmoqda. Undan ham o’tmishdagi muarrixlar al-Futuvvatiy (1244-1323 y.), Ibn Xaldun (1332-1406), Badruddin Ayniy (vaf. 1451 y.) qimmatli manba sifatida foydalanganlar. Zamonaviy sharqshunoslar ham o’sha davrga oid tadqiqotlarida bu asarni chetlab o’ta olmaydilar.
    “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” nomli asarning arabcha matni, frantsuzcha tarjimasi bilan 1891-1895 yillari Parijda hamda Qohirada chop qilingan. Uning qisqartirilgan turkcha (tarjimonlar Yusuf Ziyo va Ahmad Tavhid) va forsiy (tarjimonlar Muhammad Ali Nosih va Mujtab Minoviy) tarjimalari mavjud. Asarning turkmanlar va Turkmanistonning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolidan hikoya qiluvchi qismi rus tilida (tarjimon S. L. Volin) nashr etilgan edi.
    Kitobni to’la holida Moskvada Z.M.Buniyatov rus tiliga tarjima qilib, ilmiy izohlar bilan nashr ettirgan.
    Mulhaqot as-suroh” “Mulhaqot as-suroh” (“As-suroh”ga ilova”) nomli kitobning muallifi XIII-XIV asr boshlarida yashagan tilshunos va tarixchi olim Jamol Qarshiydir (1230 y. tug’.). Uning asli ismi Abulfazl Muhammad ibn Umar ibn Xolid, ammo olim ko’pincha Jamol Qarshiy (“Qarshi mo’g’ulcha “qasr” demakdir.) nomi bilan mashhur bo’lgan. Olim Olmaliq shahrida (Ila vodiysida, Ғuljaning g’arbi-shimoliy tarafida joylashgan yirik o’rta asr savdo va madaniyat markazlaridan biri) ruhoniy oilasida tug’ilgan. Otasi Olmaliqning mashhur hofizlaridan (“Qur’on”ni qiroat bilan o’quvchi), onasi esa marvlik shayx Abu Alining avlodi bo’lgan.
    Bo’lg’usi olim Olmaliqlik mashhur shayx Ashraf ibn Najib al-Kosoniydan ta’lim oldi, so’ng Chingiziylarga tobe bo’lgan mahalliy hukmdor Sug’noq takinning (vaf. 1250-1253 y.) o’g’li Elbutarning tarbiyachisi sifatida xizmatga kiradi. Bu hol, shuningdek sadr Burhoniddinning homiyligi tufayli, uning keyingi yuqori lavozim devoni inshoga ko’tarilishiga yordam berdi. 1264 yili Jamol Qarshiy, bizga ma’lum bo’lmagan sabablarga ko’ra, iste’foga chiqib, Koshg’arga ketib qoladi.
    Koshg’arda Jamol Qarshiyga sadrlardan Kamoluddin Abu Abdulloh ibn Husayn va Sa’duddin homiylik qildilar. Olim Koshg’arda asosan she’r yozish bilan mashg’ul bo’ldi va sadr Sa’duddinning taklifi bilan 1302 yili o’zining “As-suroh min as-Sahoh” (“Foydali (mulohaza)dan kelib chiqqan ochiq gap”) nomli asarini yozdi. Jamol Qarshiy 1269-1294 yillar orasida O’rta Osiyoning ko’pgina viloyatlari bo’ylab sayohat qilgan.
    Masalan, 1269-1270 yillari Ilamishda (Andijondan Talasga boradigan yo’l ustida joylashgan qadimiy shahar), bir necha bor (1272,1293 y.) Shoshda, 1273 yili Barchinlig’kent va Jandda bo’lgan. Olim ana shu sayohatlar vaqtida to’plangan ma’lumotlardan o’zining yuqorida nomi qayd etilgan asarini yozishda keng foydalangan.
    Jamol Qarshiyning ushbu asari Abu Nasr Ismoil ibn Hammod al-Javhariyning (vaf.1008 y.) “As-sahoh” (“Mukammal lug’at”) nomli asariga yozilgan qo’shimcha bo’lib, ko’pincha “Mulhaqot as-suroh” nomi bilan mashhurdir.
    Asarda XIII asrda Olmaliq va unga qaram yerlarda hukmronlik qilgan turk hukmdorlari, Qoraxoniylar, xususan ularning Koshg’arda huk“Mulhaqot as-suroh” (“As-suroh”ga ilova”) nomlimronlik qiogan namoyondalari; Koshg’ar, Xo’tan, Farg’ona, Shosh viloyatlari, shuningdek Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan bir qator yirik o’rta asr shaharlari, masalan Barchinlig’kent, Jand haqida, Jamol Qarshiy bilan zamondosh bo’lgan mashhur kishilar-shayxlar, olimlar, shoirlar haqida diqqatga sazovor ma’lumotlarni uchratamiz.
    Umuman, Jamol Qarshiyning ushbu asari Movarounnahr hamda Markaziy Osiyo xalqlarining XIII asrdagi tarixi, madaniyati, yirik shaharlari va ularning ahvolini o’rganishda zarur manbalardan biridir. “Mulhaqot as-suroh” hozirgacha bironta tilga tarjima qilinmagan. Uning qo’lyozma nusxalari Angliya, Frantsiya, Germaniya kutubxonalarida, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida va Toshkentda mavjud.
    Ushbu darslikda arab tilida bitilgan yurtimiz tarixiga oid eng muhim yozma manbalar to’g’risida ixcham va qisqa ma’lumot berishga intildik. Chunki tariximizning bu qatlami, ya’ni arab tilida VII-XIV asrlar davomida yaratilgan yozma manbalar hali mukammal o’rganilgan deyish qiyin. Bu kelgusi manbashunoslar oldidagi sharafli vazifa. Albatta, biz keltirgan yoki zikr etgan asarlar nomlari bilan arab tilidagi manbalar ro’yxati chegaranlanmaydi, yoxud tugamaydi, ammo bakalavriat talabalarida umumiy tasavvur hosil qilish uchun kifoya qiladi, deb hisoblaymiz.


    Download 0,99 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113




    Download 0,99 Mb.