|
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”
|
bet | 92/113 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,99 Mb. | | #256811 | Turi | Referat |
Bog'liq Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”«Tarixi Shohuhiy»
«Tarixi Shohuhiy» («Shohruh (bek) tarixi») nomli asar muallifi X1X asrda o’tgan farg’onalik tarixchi olim Niyoz Muhammad Xo’qandiydir. U taxminan 1803 yili Qo’qonda yirik harbiy xizmatchi oilasida to’g’ilgan, Xudoyorxon qo’shinida lashkarnavis, ya’ni harbiy kotib lavozimida xizmat qilgan, 60-yillar boshlarida iste’foga chiqib, ilmiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lgan.
Niyoz Muhammad keng ma’lumotli kishi bo’lib, «Niyoziy» taxallusi bilan she’rlar ham yozgan. Lekin, yirik tarixiy asari «Tarixi Shohuhiy» bilan ko’proq mashhur. Bu asar Qo’qon xonligining 1709-1876 yillar orasidagi tarixi to’g’risida mukammal ma’lumot berib, unda ushbu xonlikka qaram bo’lgan boshqa Toshkent, hozirgi Qirg’iziston, Qozog’istonning janubiy viloyatlari hududlarining ijtimoiy-siyosiy tarixi ham bayon etilgan. Unda Qo’qon xonligining Buxoro, Sharqiy Turkiston va boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari haqida
ham e’tiborga molik ma’lumotlar keltirilgan.
«Tarixi Shohuhiy» asarining matni N.N.Pantusov tomonidan 1885 yili Qozonda chop etilgan. Ayrim parchalari V.V.Bartold, N.G.Mallitskiy va V.A.Romodin tarafidan rus tiliga tarjima qilingan. Bu asar T.K.Biysembiev tarafidan chuqur va atroflicha o’rganilib, 1987 yili rus tilida Olma-Otada alohida kitob chop etildi.
7 Mavzu: O’rta Osiyo tarixiga oid rus va yevropa tillaridagi yozma manbalar
O’rta Osiyo haqida XVII asrgacha yozilgan yevropa tillaridagi yozma ma’lumotlar: Sayyoh va elchilar Marko Polo, Rui Gonsales de Klavixo va Antonio Jenkinson kundaliklari. XVII-XVIII asrlar rus va yevropa tillaridagi manbalarda O’rta Osiyo tavsifi: I.D.Xoxlov ma’lumotlari; «Kniga Bolshomu cherteju»; B.A.Pazuxin va S.I. Pazuxin ma’lumotlari; Florio Benevini axboroti; V.N.Tatig’ev «Leksikon geograficheskoy i politicheskoy»; D.Gladhshev va Muravin ma’lumotlari; F.Yefremov safarnomasi, T.Burnashevning O’rta Osiyoga safari xotiralari; F.Nazarov safarnomasi; N.Muravev ma’lumotlari; Ye.K. Meyendorf safarnomasi; G.Spasskiy «Aziatskiy vestnik» materiallari va boshqalar. O’rta Osiyoning XIX asr ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan istilo qilinishi. Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi. Turkiston general-gubernatorligi kantselyariyasi materiallari O’rta Osiyo tarixiga oid manba. Turkistonni o’rgangan rus olimlarining asarlari tarixiy manba sifatida. Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi materiallari muhim tarixiy manba. XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi Turkistonga oid statistik ma’lumotlar, arxiv materiallar va davriy matbuot («Turkestanskie vedomosti», «Turkestanskiy vestnik»va b.) xabarlari tarixiy manba sifatida.
”Risola”
”Risola” nomli asarni X asrning birinchi yarmida yashab o’tgan arab sayyohi va jug’rofiy fanlar bilimdoni olim va yozuvchi Ahmad ibn Fadlan yozgan. Ibn Fadlanni 921-922 yillari Bulg’or, ya’ni Volga bo’yi podshohining iltimosiga binoan, bulg’orlar orasida islomni mustahkamlash, bulg’or podshohligini qo’shni xazar hoqonlarining hujumidan himoya qilish uchun qal’alar bino qilishda yordam berish uchun xalifa Muqtadir (908-932 y.) Bag’doddan yuborilgan elchi bilan uning kotibi vazifasida Bulg’orga yubordi. Bag’dod elchilari Bulg’orga Hamadon, Ray, Domg’on, Nishopur, Marv, Poykand, Buxoro, Xorazm, Ustyurt, O’yiq (Urol) orqali bordilar.
Ibn Fadlan ana shu sayohat vaqtida ko’rgan va eshitganlari haqida “Risola” deb ataluvchi bir kitob yozib qoldirgan. Asar etnografik ma’lumotlarga boy, unda turli xalqlar, ularning turish-turmushi, mashg’ulotlari xususida qimmatli ma’lumotlar bor.
Ibn Fadlanning ushbu asari XII-XIII asrlardan buyon jamoatchilikning diqqat e’tiborini tortgan, tarixchi olimlar undan birinchi manba sifatida foydalanganlar. “Risola”ning aslidan ayrim parchalar O’qut Hamaviyning “Mo’‘jam ul-buldon” asarida saqlanib qolgan. 1923 yili uning qisqartirilgan tahriri qo’lyozmasi Mashhad kutubxonalarining birida topilib, asarni yaqindan, bevosita o’rganishga yo’l ochildi.
Ibn Fadlan “Risola“cining arabcha matni 1823 yili Peterburgda, O’qut Hamaviy asarida saqlangan parchalar asosida va 1959 yili Damashqda nashr qilingan. Asar rus tilida (tarjimon A.P.Kovalevskiy) 1939 yilda nashr qilingan.
“Risolat ul-avval”
“Risolat ul-avval” (“Birinchi risola”) nomli kitob muallifi Abu Dulaf, X asrda yashab o’tgan adib, sayyoh va geograf olimdir. Uning to’la Mas’ar ibn Muhalhil al-Hazrajiy al-Yanbuiydir. Madinaning mashhur hazraj qabilasiga mansub bo’lib, asli Qizil dengizning port shahri Yanbulikdir.
Abu Dulaf X asr boshlarida Buxoroga kelgan va shoir sifatida Nasr 11 ibn Ahmad Somoniy (taxm. 914-943) xizmatiga qabul qilingan. 942 yili Buxorodan qaytayotgan Xitoy elchilariga hamroh bo’lib, Sharqiy Turkiston orqali Xitoy poytaxtiga borgan, u yerdan Hindistonga o’tgan. Muallif Buxorodan Xitoy va Hindistonga qilgan safari vaqtida ko’rgan-bilganlari haqida “Risolat ul-avval” asarini yozgan.
Olimning Ozarbayjon, Armaniston va Eronning shaharlari va osori atiqalari haqida “Risolat ul-uxro” (“Ikkinchi risola”) asari ham Eronda o’sha vaqtda yozilgan. Ulardan ayrim parchalar O’qut Hamaviy hamda Zakariya ibn Muhammad Qazviniy asarlari ichida saqlangan. Bu parchalar nemischa tarjimasi bilan birga F.Vyustenfeld (1942) hamda K.Shlyotser (1844) tomonidan chop etildi.
Abu Dulaf va uning asarlari mashhur sharqshunos olimlar diqqat e’tiborini qozongan. “Risolat ul-uxro” rus tiliga tarjima qilingan (1860).
|
| |