• Syan Xan shu”
  • Xou Xan shu”
  • SZYu TAN ShU” VA ”SIN TAN ShU”
  • Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”




    Download 0,99 Mb.
    bet80/113
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #256811
    TuriReferat
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113
    Bog'liq
    Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

    Xitoy manbalari
    Xitoy manbalari haqida so’z boshlashdan oldin shuni alohida qayd etib o’tish kerakki, ular ham xitoy hukmdorlarining maqsad va manfaatlarini ko’zlab yozilgan, boshqa xalqlarning tarixi ko’p hollarda bir taraflama yoritilgan. Lekin xitoy manbalarida bo’lib o’tgan voqealarning vaqti va o’rni aniq ko’rsatiladi, bir-biriga qarshi turgan qo’shinlarning umumiy soni aniq ko’rsatiladi.
    Qadimiy O’zbekistonning uzoq o’tmishdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’rganishda quyidagi xitoy manbalari muhim rol o’ynaydi.

    Shi Szi
    “Shi Szi” (“Tarixiy esdaliklar”) xitoy tarixshunoslarining otasi hisoblanadigan Sima Syanning 130 bobdan iborat asaridir.
    Sima Syan –(taxminan miloddan avvalgi 145 yoki 135-86-yillar) Lunmin (hozirgi Shensi viloyati) shahrida saroy tarixchisi Sima Txan oilasida tug’ilgan, mamlakat bo’ylab ko’p sayohat qilgan, otasi vafot etgandan (miloddan avvalgi 108 yili) keyin uning o’rniga saroy tarixchisi sifatida qabul qilingan. Miloddan avvalgi 98 yili imperatorga qarshi chiqib, sarkarda Li Linni himoya qilgani uchun qattiq jazoga tortilib (bichilgan) saroydan quvib yuborilgan. Lekin u ruhiy tushkinlikka tushib qolmadi va bo’lajak tarixiy kitobi ustidagi ishni davom ettirdi. Ko’p vaqt o’tmay Sima Syan yana saroyga taklif etildi va imperator Bosh mahkamasi boshlig’i etib tayinlanadi, kitobini yozib tamomlashga sharoit yaratib berildi.
    Uning “Shi Szi” nomli asarida Xitoyning qadimiy zamonlardan to miloddan avvalgi 1 asr boshlariga qadar o’tgan tarix bayon etilgan. Asarda O’zbekiston, uning 123 bobida xususan Farg’ona va uning qadimiy xalqi, hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlar mavjud.
    “Shi Szi”ning to’la matni olti jild qilib 1959 yili Pekinda e’lon etilgan, rus tiliga tarjima etilib (I.Ya.Bichurin, L.S.Vasilev, L.S.Perelomov, Yu.L.Krol va boshqalar) 1972, 1975, 1984, 1986 yillari chop etilgan. E.Shavann (1865-1905) tomonidan frantsuz tiliga tarjima qilinib, 1895-1918 yillari 5 jildda bosmadan chiqqan.
    Syan Xan shu”
    “Syan Xan shu” (“Avvalgi Xan sulolasining tarixi”) yirik tarixchi olim Byan Gu (39-92) asaridir. Tarixchi Anlin (Shensi viloyati) shahrida Ғarbiy Xan sulolasi (miloddan avvalgi 206 – milodning 220 y.) xizmatida turgan yirik mansabdor va tarizshunos oilasida tug’ilgan, 47-55 yillari Loyanda oliy ta’lim olgan, 58-82 yillari o’z asarini yozgan.
    “Syan Xan shu”ning 95 bobida O’zbekiston (ayniqsa, kangli, yuechji va usunlar haqida) va Sharqiy Turkistonning qadimiy tarixi, xalqi va uning hayoti haqida ko’p muhim ma’lumotlarni uchratamiz.
    “Syan Xan shu” 1962 yili Pekinda 12 jildda nashr qilingan. Inglizcha tarjimasi (G.Dubs, Baltimor, 1938-1944-yy.) ham bor.
    Xou Xan shu”
    “Xou Xan shu” (“Keyingi Xan sulolasi tarixi”) tarixchi Fan Xua (398-445 yy.) asari. Olim avvalgi Xan sulolasi (25-220-yy.)ga xizmat qilgan. Kichik davlat lavozimida turgan va 424 yili viloyat hokimligiga ko’tarilgan. Davlatga qarshi isyonda qatnashganlikda ayblanib qatl etilgan.
    “Xou Xan shu” Xitoyning avvalgi Xan sulolasi davridagi tarixni o’z ichiga olgan katta asar (130 bobdan iborat. Unda O’zbekiston, Sharqiy Turkiston va Jung’oriyaning 25-221- yillarorasidagi tarixi haqida diqqatga sazovor ma’lumotlar bor.
    Bey shu”
    “Bey shu” (“Shimoliy sulolalar tarixi”) 100 bobli asar bo’lib, Tan sulolasi (618-907 yy.) davrida yashagan yirik tarixchi Li Yan-shou (taxm.595-678-yy.) qalamiga mansub. Unda Shimoliy Xitoyda hukmronlik Vey (386-535-yy.), Si (550-577-yy.), Chjou (557-581-yy.) sulolasi hukmronligi, ya’ni 386-581 yillar tarixi bayon etilgan.
    Asarda O’zbekiston, xususan Xorazm hamda Sharqiy Turkiston haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz.
    “Bey shu”ning matni 1958 yili Shanxayda chop etilgan.
    “Suy shu” (“Cuy xonadonining tarixi”) Xitoy tarixchilari jamoasi tarafidan yozilgan asar. Uni yozishda Vey Chjen (580-643 yy.) –Tan sulolasi davrida o’tgan tarixchi, imperator Chjen-Guan (626-650) davrida uning o’g’li va toju taxt vorisiga tarbiyachi bo’lgan, Yan Shi-Gu hamda Kxun In-da bilan birgalikda ishtirok etib, asarda Xitoyning Suy sulolasi davrida, U-U1 asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi 85 bobda bayon etilgan. Kitobning 55 bobi 637 yili yozib tamomlangan. Qolgan 30 bobiga esa 20 yil vaqt ketgan.
    Asarda imperatorning iqtisodiy siyosati, qo’shinning tuzilishi, mamlakatning ahvoli, xalqning urf-odatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Uning 83-bobida O’zbekiston va Sharqiy Turkiston haqida ham diqqatga sazovor ma’lumotlarni uchratamiz. Ko’p jildli “Sulolalar tarixi” tarkibida 9 jild sifatida 1958 yili Shanxayda bosilgan.
    SZYu TAN ShU” VA ”SIN TAN ShU”
    “Szyu Tan shu” (“Tan sulolasining eski tarixi”) imperator Jen-Szun (1023-1063-yy.)ning topshirig’i bilan 940-945 yillari yozilgan.
    Ouyan Syu (1007-1072-yy.) va Sun Si (998-1061 yy.) 960-1279 yillari hukmronlik qilgan Sun (Janubiy va Shimoliy Xitoy) sulolasi tarixchilari1043-1060-yillari shu sulolaning yangi tarixi “Cin Tan shu” (“Tan sulolasining yangi tarixi”) yozganlar. Har ikkala asar ham o’ziga xos afzalliklariga ega bo’lib, ma’lum darajada bir-birini to’ldiradi.
    XU111 asrda tarixchi Shen Bin-chjen har ikkala tarixni bir-biriga bog’lab, unga “Sin tszyu Tan shu xechao” (“Tan sulolasining bir-biri bilan qo’shilgan yangi hamda eski tarixi”) deb nom qo’ydi. Asarda 618-907- yillar vlqealari bayon etilgan.
    “Cin Tan shu”da O’zbekiston janubi, Afg’oniston, Eron hamda Sharqiy Turkiston haqida ma’lumotlar uchraydi.
    1958 yili ko’p jildli “Sulolalar tarixi”ning 12 jildi sifatida Shayxayda chop etilgan.



    Download 0,99 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   113




    Download 0,99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

    Download 0,99 Mb.