• Qadimgi Yunon va Rim manbalari
  • Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”




    Download 0,99 Mb.
    bet77/113
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #256811
    TuriReferat
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   113
    Bog'liq
    Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

    Qadimgi hind manbalari Saklar, massagetlar, toharlar va qadimgi Qanha xalqi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlarni hindlarning epik dostoni “Mahabharata”da ham uchratamiz.
    “Mahabharata”(“Bharata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan bo’lib, 100 ming baytni o’z ichiga olgan 18 uitobdan iborat. Afsonaviy shoh Bharataning ikki toifa avlodlari kavravlar va nandavlarning o’zaro adovatlari va urushlari bayon etiladi. U miloddan avvalgi X-U111 asrlarda yaratilgan.
    Asarda masalan, uzoq Hindistonga, fikrimizcha savdo-sotiq ishlari bilan borgan saklar, toharlar va qanhalar haqida mana bu muhim ma’lumot keltirilgan: “Uning (podshoh Yudhishtraning) eshigi oldida boshqa xalqlar bilan birga saklar, toharlar va qanhaliklar ham navbat kutib turardilar. Paxmoq soqol, peshonalari shohlar bilan bezatilgan, qo’llarida turli-tuman sovg’alar, jun, rangu, ipak va patta (oq qayinning bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamyob matolardan, paxtadan to’qilgan gazlamalar, mayin, nafis terilar, uzun va o’tkir qilichlar, shamshirlar, temir nayzalar, har xil boltalar, ichimliklar, xushbo’y narsaoar, turli-tuman qimmatbaho toshlar”11.

    Qadimgi Yunon va Rim manbalari O’zbekistonning qadimgi va antik davrdagi tarixini o’rganishda qadimgi Yunoniston va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarining asarlari muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Quyida ulardan ayrimlari haqida ma’lumotlarni keltiramiz.

    Xeradot (miloddan avvalgi 490-480 yillar o’rtasi – 425 y.) – yirik qomusiy olim, tarix fanining “ota”si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shahridan, 455-447 yillari Yevropa, Osiyo va Misr bo’ylab sayohat qilgan.
    Xeradot Ellada va Sharq mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, Elon va Skifiya)ning qadim zamonlardan to miloddan avvalgi 479 yilgacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya qiluvchi 9 uitobdan iborat “Tarix” nomli asari bilan shuhrat topgan. Bu asar umumiy tarix yo’nalishida yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Shu tufayli ham Xeradot, Sitseronnning (miloddan avvalgi 106-43 yy.) so’zlari bilan aytganda, tarix fanining “ota”si hisoblanadi.
    Xeradot garchi o’zi bayon etayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza yuritmasa ham, ularni to’g’ri bayon etishi, o’zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga hurmat nuqtai nazaridan qarashi bilan ba’zi tarixchilardan ajralib turadi.
    Xeradotning asarida O’zbekistonning qadimiy xalqlari bo’lmish agrippiylar, issedondar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlarni uchratamiz.
    “Tarix”ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869-1871 yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860 yy.) hamda rus (F.G. Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yy.) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Davatur, D.P.Kallistov hamda I.A.Shishova tomonidan yangidan nashr etilgan
    Diodor (miloddan avvalgi 90-21-yillar) yirik tarixchi olim, asli Sitsiliyaga qarashli Argiriya shahridan. U “Tarixiy kutubxona” nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlaridan to milodning 1 asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini o’z ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, O’zbekistonning qadimiy xalqlari skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo’lgan munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor.
    Diodorning mazkur asari ko’p jihatlari bilan ko’chirma-kompilyatsiya hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko’p hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog’lanmay qolgan. Shunga qaramay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga egadir.
    Diodorning asari to’la holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. Uning faqat 15 kitobi - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1-5- kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari(miloddan avvalgi 500-449 yy.)da to miloddan avvalgi 301 yilshacha bo’lgan tarixini o’z ichiga olgan 11-20- kitoblarigina saqlangan, xalos.
    Bu asar 1774-1775 yillari I.Alekseev tomonidan olti qismda va 1874-1875 yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.
    Pompey Trog( milodgacha 1-milodning 1 asrlari o’rtasida yashab o’tgan) – “Filipp tarixi” asari bilan mashhur bo’lgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuariya podshohlari zamonidan to Rim imperatori Avgust (miloddin avvalgi 63 – milodning 14-yili) davrigacha bunyoda bo’lib o’tgan voqealarni bayon qiladi, lekin asosiy e’tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp 11 (miloddan avvalgi 359-336-yy.) va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan.
    Mazkur asarning qimmati shundaki, u bir talay noma’lum kitoblarga suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo’lishi va tarixini keng yoritib bergan. Muhimi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni harakatga keltiruvchi kuch urf-odat va taqlir deb hisoblagan.
    “Filipp tarixi”da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va So’g’dda qurilgan shahar va katta imoratlar, Iskandar Zulqarnayn vafotidan keyin yuz bergan voqealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularning urf-odatlari, Parfiya podsholigini tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o’zaro munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar mavjud.
    Pompey Trogning bu asari Yustin (11-111 asr) tarafidan qisqartirilib qayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib kelgan va Ruxl tomonidan 1935 yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy tomonidan “Vestnik drevney istorii” jurnalining 1954 yil 2-4 va 1955 yil 1-sonlarida bosilgan.
    Arrian Flaviy (taxminan 95-175-yy.) – yirik yunon yozuvchisi, tarixchisi va geograf olimi, asoi Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan. U “Iskandar haqida”, “Parfiyaliklar haqida”, “Hindiston” va 7 jildlik “Iskandarning yurishlari” nomli kitoblar muallifidir.
    O’zbekiston va Eronning qadimiy tarixini o’rganishda Arrianning “Iskandarning yurishlari” nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda fotihning O’zbekiston, Eron hududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon qilingan.
    Asar panegrizm-maddohlik ruhida yozilgan – muallif Iskandar Zulqarnayn va uning faoliyatini ko’klarga ko’tarib ulug’laydi. U ko’pgina qo’lyozma manbalar va rasmiy hujjatlar asosida yozilgan bo’lib, mavzu bo’yicha muhim va asosiy manbalardan hisoblanadi.
    Arrian Flaviyning “Iskandarning yurishlari” asari nemis (Myuller, Leyptsig, 1886 y.) hamda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 y. va M.Ye.Sergeenko, M.-L., 1962 y.) tillarida nashr etilgan.
    Kvint Kurtsiy Ruf (milodning 1 asri) – mashhur Rim tarixchisi, Iskandar Zulqarnaynning Eron, Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan harbiy yurishlari haqida 10 kitobdan iborat “Buyuk Iskandar tarixi” nomli asar yozib qoldirgan. Muallif Ptolomey Lag va Iskandar Zulqarnaynning safdoshlari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan.
    Kvint Kurtsiy Rufning asarida O’zbekiston hududining Iskandar Zulqarnayn qo’shinlari tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen boshliq qo’zg’olon keng yoritib berilgan.
    “Buyuk Iskandar tarixi” 1841 yili Myuttsel, 1867 yili T.Nyoldeke va 1885 yili Fogel tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov tahriri ostida chop etilgan (M.,1963 y.).
    Gay Pliniy Sekund (24-79 y.) – rimlik mashhur yozuvchi, tarixshunos olim va davlat arbobi, 79 yili mashhur Vezuviy vulqonining otilib chiqishi natijasida yuz bergan umumxalq fojeasi vaqtida halok bo’lgan.
    Gay Pliniy Sekund – sermaxsul olim, 20 kitobdan iborat “Germanlarning urushlari”, ikki jilddan iborat “Pomponiy Sekundning hayoti” va 37 kitobdan iborat “Oddiy tarix” nomli asarlar yozib qoldirgani ma’lum.
    Pliniyning germanlar tarafidan Reyn va Dunay bo’ylari mamlakatlarining bosib olinishi tarixidan bahs yurituvchi “Germanlarning urushlari” nomli asari bizning davrimizgacha yetib kelmagan, lekin u Korneliy Tatsitning (taxminan 56-117-yy.) “Colnomalar” imperator Oktavian Avgust vafotidan (milodning 14-yili) Neronning halok bo’lishigacha (milodning 68 yili) bo’lib o’tgan voqealarni o’z ichiga oladi hamda “Germaniya” (unda german va boshqa qabilalarning tarixi bayon etilgan) nomli asarlari uchun birinchi manba bo’lgan.
    “Pomponiyning hayoti”da Pliniy sobiq boshlig’i Pomponiy Sekundning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Bu asar ham bizning zamonamizgacha yetib kelmagan.
    “Oddiy tarix” Gay Pliniy Sekundning shoh asari hisoblanadi va unda antik dunyo tarixi, iqtisodiy ahvoli hamda madaniyati bayon etilgan. Unda miallifning o’z manbalariga jiddiy va tanqidiy munosabatda bo’lmaganligi, ayrim dalil va voqealarni buzib ko’rsatilganligi sezilib turadi. Bu kitob antik dunyo tarixi bo’yicha keng ma’lumot beruvchi qomusiy asar sifatida e’tiborga sazovordir.
    “Oddiy tarix”da O’zbekistonning ham qadimiy tarixi, unda yashagan xalqlar, masalan, skiflar, Oks-Amudaryo, Yaksart-Sirdaryo va skifcha joy nomlari, tabiiy boyliklari, Antioxiya shaharlarining barpo etilishi haqida qimmatli ma’lumotlar bor.
    Polibiy (miloddan avvalgi 201-120- yy.) – yirik yunon tarixchisi, 40 kitobdan iborat “Umumiy tarix” asari bilan mashhur. Unda Yunoniston, Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning 220-146- yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’z ichiga oladi. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bu asarning katta qismi saqlanmagan, bizgacha faqat 1-5- kitoblargina yetib kelgan, xalos.
    Polibiyning “Umumiy tarixi” daliliy ma’lumotlarga boyligi, voqealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir.
    Unda Oks – Amudaryo va Yaksart – Sirdaryo haqida, Antiox 1 ning Baqtriya podshohi Eftidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim ma’lumotlar bor.
    “Umumiy tarix”ning matni 1889-1905 yillar orasida to’rt jildda Leyptsigda chop etilgan. Uning inglizcha (V.R.Paton, London, 1922-1927; ikkinchi nashri, London, 1957-1960) va ruscha (F.G.Mishchenko, 1-3 jildlari. Moskva,1890-1899) tarjimalari mavjud.
    O’zyuekistonning qadimiy tarixini o’rganishda qadimiy Yunoniston va Rim tarixchilarining asarlari benihoyat qimmatlidir.
    Efor (miloddan avvalgi taxminan 405-330-yillar), Klavdiy Ellian (taxminan milodning 170-235-yillari), aleksandriyalik Kliment (milodning 11 asri), Korneliy Tatsit (taxminan milodning 56-117-yillari), Ksenefont (taxminan miloddan avvalgi 430-355-yillar), Plutarx (milodning 46-127-yillari), Polien (milodning 11 asri) va boshqalarning asarlari ham ana shunday qimmatga egadir.
    Geograf olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari ham zo’r ilmiy qiymatga egadir.
    Strabon (miloddan avvalgi 63 – milodning 23 y.) qadimgi Yunonistonning atoqli geograf olimlaridan, asli amosiyalik (Pont podshohlarining qarorgohlaridan), nufuzli va badavlat oiladan chiqqan, mashhur yunon faylasufi Aristotelning (miloddan avvalgi 384-322-yy.) shogirdi, qariyb 80 yil umr ko’rgan.
    Strabonni dunyoga tanitgan uning 17 kitobdan iborat “Geografiya” nomli asaridir. Asarning 1-2- kitoblari “Muqaddima” deb ataladi va unda geografiya ilmi va uning hokimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi o’rni va roli haqida gap boradi. Eratosfen, Poseydon va Polibiyning Yer tuzilishi haqidagi ta’limoti tanqid qilinadi, Yer yuzini tavsiflash haqida umumiy tushuncha bkriladi.
    3-10- kitoblarida Yevropa mamlakatlarining tavsifiga, shundan 8-10- kitoblar Ellada va unga tutash mamlakatlarga bag’ishlangan.
    Asarda Osiyo mamlakatlariga katta o’rin berilib, ular to’g’risida 11-16 kitoblarda ma’lumot berilgan. 17 kitob Afrika mamlakatlariga bog’ishlangan.
    Strabon Polibiyning “Umimiy tarix”ini davom ettirib, unga miloddan avvalgi 146-31- yillar orasida bo’lib o’tgan voqealarni qo’shgan. Afsuski, bu muhim asar bizning zamonimizgacha yetib kelmagan, lekin kning ayrim qismlari, xususan O’zbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim parchalar olimning “Geografiya” nomli asariga kirib qolib saqlangan.
    Strabonning “Geografiya”sida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg’iyonaning tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yo’llari, Oxa (Harrirud), Oks va Yaksart daryolari haqida, O’zbekistonning qadimiy xalqlari – saklar, massagetlar, daylar, atasiyalar, toharlar hamda xorazmliklar va ularning kelib chiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va e’tiqodi, shuningdek Parfiya va Baqtriyaning miloddan avvalgi 111 asrning birinchi choragidagi ichki ahvoli va o’zaro munosabatlari haqida muhim va qimmatli ma’lumotlar mavjud.
    Strabrnning ushbu asari 1844 va 1848 yillari Kramer va Myuller tarafidan, maxsus xarita va tarhlar bilan qo’shib nashr qilingan. Uning nemischa (Grosskurd, Berlin, 1831-1834) hamda ruscha (F.G.Mishchenko, Moskva, 1879, G.A.Stratanovich, Moskva, 1964) tarjimalari ham mavjud.
    Ptolomey Klavdiy (taxminan 90-160 yy.) – mashhur qomusiy olim, Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika, mexanika) hamda geografiyaga oid asarlar yozib qoldirgan.
    Jahonga mashhur “Almagest”- “Al-majastiy” (18 kitobdan iborat, astronomiya va trigonometriya ilmlarini o’z ichiga oladi), “Optika” (5 kitobdan iborat), “Germanlar haqida tushuncha” (3 kitobdan iborat) va, nihoyat, “Geografiya” shular jumlasidandir. Lekin olimga shuhrat keltirgan asarlari “Almagest” va “Geografiya”dir.
    “Geografiya”ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog’i uning 24- bobi jahon mamlakatlarini tavsiflashga bag’ishlangan va katta ilmiy qiymatga ega. Shunisi muhimki, asarda shaharlar, mamlakatlar va ularning koordinatalari keltirilgan va unga 27ta xarita ilova qilingan.
    Ptolomeyning “Geografiya”sida Girkaniya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va So’g’diyonaning mashhur shaharlari, shuningdek o’sha mamlakatlar va ular bilan tutash o’lkalar va ularning aholisi haqida asl va qimmatli ma’lumotlar keltirilgan12.
    Yunon va Rim olimlarining tarix va gkografiyaga oid asarlari ma’lum darajada musulmon, shu jumladan yurtimiz olimlari Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Beruniy va boshqalarning ijodiga asos bo’lib xizmat qildi.

    Download 0,99 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   113




    Download 0,99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”

    Download 0,99 Mb.