|
Mavzu: O’rta Osiyoning IX-XV asrlar tarixiga oid yozma manbalar
|
bet | 83/113 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,99 Mb. | | #256811 | Turi | Referat |
Bog'liq Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”5 Mavzu: O’rta Osiyoning IX-XV asrlar tarixiga oid yozma manbalar
O’rta Osiyo tarixi aks etgan IX-XV asrlarda yozilgan arab tilidagi yozma manbalar: al-Madoiniy «Axbor al-xulafo», al-Ya’qubiy «Kitob al-buldon», Balazuriy «Kitob futuh al-buldon», Tabariy «Tarix ar-rusul va-l-muluk», Ibn Fazlon «Risola», al-Mas’udiy «Muruj az-zahab», Utbiy «Tarixi Yaminiy», Abu Abdulloh al-Xorazmiy «Mafotih al-ulum», Abu Rayhon Beruniy «Osor al-boqiya», Mahmud Koshqariy «Devonu lug’at at-turk», Sam’oniy «Kitob al-ansob», Ibn al-Asir «Al-Komil fi-t-tarix», O’g’ut Qamaviy «Mu’jam al-buldon», Muhammad Nasaviy «Sirat as-sulton Jaloliddin», Jamol qarshi «Mulhaqat as-surog’». O’rta Osiyo IX-XV asrlar tarixiga oid forsiy yozma manbalar: Narshaxiy «Buxoro tarixi», «Hudud ul-olam», Nizomulmulk «Siyosatnoma», Nizomi Aruzi Samarqandiy «Chor maqola», Gardiziy «Zayn ul-axbor», Abulfazl Bayhaqiy «Tarixi Mas’udiy», Avfiy «Javomi’ al-hikoyot», Juvayniy «Tarixi jahongushoy», Rashidaddin «Jome’ at-tavorix», Hamdalloh /azviniy «Tarixi guzida». Temuriylar saltanati tarixiga oid forsiy tarixiy yozma manbalar: Nizomiddiy Shomiy «Zafarnoma», Muiniddin Natanziy «Muntaxab at-tavorix», Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma», Abdurazzoq Samarqandiy «Matla as-sa’dayn», Mirxond «Ravzat as-safo».
Bag’dod xalifaligining sobiq hududida tashkil topgan eng yirik davlatlardan biri Somoniylar davlati (819-999) edi. Unga Nuh ibn Asad (819-842 yy.) asos soldi. Bu davlat ayniqsa X asrning birinchi yarmida, Ismoil ibn Ahmad davridan (892-907-yy.) boshlab kuchaydi. Somoniylar Movarounnahr, Xuroson, Eron, hozirgi Afg’onistonning katta qismi, shuningdek, Toshkent, Turkiston va Ispijob (Sayram) ustidan o’z hukmronligini o’rnatdilar.
Somoniylar yirik yer egalari, nufuzli ruhoniylar hamda yirik savdogarlarning ko’magiga tayanib, feodal tarqoqlik va ichki urushlarga barham berdilar, Ila vodiysida va Sirdaryo bo’ylarida ko’chib yurgan qorliqlarning Movarounnahrning ichki tumanlari ustiga qilib turgan xurujlariga barham berdilar(893 y.). Bu hol mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga yo’l ochdi.
Bu sulola davrida markaziy davlat boshqaruvi birmuncha takomillashdi. Amir davlatni o’nta muassasasi (devon): devoni vazir (Bosh mahkama), devoni mustavfiy (moliya ishlari mahkamasi), devoni omid ul-mulk (insho va elchilik idorasi), devoni sohib shurat (amir gvardiyasi ishlari bilan shug’ullanuvchi idora)13, devoni sohib barid (pochta ishlari mahkamasi), devoni mushrif (o’ziga xos davlat xavfsizligi idorasi), devon ad-diya (amirning yer-mulkini boshqaruvchi idora), devoni muxtasib (shariat ishlari mahkamasi), devoni vaqf (vaqf ishlarini nazorat qiluvchi idora), devoni quzzot (qozilik mahkamasi) yordamida boshqargan. Lekin, davlatni boshqarishda turk amirlarining roli juda katta bo’ldi.
Somoniylar davrida hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi. Buni Buxoro, Samarqand, Marv, Balx, Ғazni, Hirot va Toshkent kabi yirik, taraqqiy etgan shaharlar misolida ko’ramiz. Bu davlat Hazar xoqonligi, Bulg’or xonligi, Rus va Xitoy bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari birmuncha rivoj topdi.
Bu davr ilm-fan va madaniyatning o’rta asr sharoitida benihoyat rivojlangan davri hisoblanadi. Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy singari ulkan shoirlar, Farobiy, Beruniy, Ibn Sinodek allomalar yetishib chiqdi.
Katta yer egaligi munosabatlarining rivojlanishi, mahalliy yer egalari bilan byurokratik apparat, katta yer egalari bilan ijarachi dehqonlar o’rtasidagi ziddiyatlar natijasida o’zaro feodal kurash va yirik yer egalarining ayirmachilik-ajralib chiqishga bo’lgan harakati kuchayib ketdi.
X asr oxirlariga kelib feodal tarqoqlik yanada kuchaydi, Hamadon, Isfahon va Rayda Buvahiylar, Tabariston va Jurjonda Ziyoriylar mustaqillikka erishdilar, 962 yilda Somoniylarning Ғaznidagi noibi Alptakin ham mustaqillik e’lon qildi. Sirdaryoning o’ng sohilidagi yerlar, shuningdek, Chag’oniyon va Xorazm ham somoniylarga itoat etishdan bosh tortdilar.
Mamlakatda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy parokandachilikdan Qoraxoniylar ustalik bilan foydalandilar. Ular 996 yili Zarafshonning shimoliy tarafidagi barcha yerlarni, 999 yili esa Buxoroni ishg’ol etib, Somoniylar hukmronligiga barham berdilar.
Qoraxoniylar (X asrning 90-yillarida Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning janubiy qismida tashkil topgan feodal davlatga asos solgan sulola) 996-999 yillari Nasr ibn Ali (1012-yili vafot etgan) boshchiligida butun Movarounnahrni egalladi. Faqat Somoniylar lashkarboshisi Abu Ibrohim Ismoil (Muntasir) 1001 yilgacha Qaroxoniylar bilan kurashdi, lekin ulardan ustun kelolmadi.
Nasr ibn Alidan keyin Movarounnahrni Iligxon Ali takin(1034 yilning kuzida vafot etgan) idora qildi. 1025 yili Koshg’ar xoni Qodirxon (Tamg’ochxon) bilan Mahmud Ғaznaviy (998-1030-yy.) birgalikda Movarounnahr ustiga yurish boshladilar. Ali takin Buxoro va Samarqandni qoldirib cho’lga chekinishga majbur bo’ldi. Ittifoqchilar Movarounnahrda o’zlarining harbiy-siyosiy mavqelarini mustahkamlay olmadilar va uni tashlab chiqishga majbur bo’ldilar.
1032 yili Xorazm hukmdori Oltintosh (1017-1032 yy.) ham urinib ko’rdi, lekin uning barcha harakatlari zoe ketdi. Tarixiy manbalar, masalan Abulfazl Bayhaqiy bergan ma’lumotlarga qaraganda, Ali takindan keyin taxminan 1040 yilga qadar uning o’g’illari hukmronlik qildilar. Ulardan keyin 1060 yilgacha Abu Ishoq Ibrohim ibn Nasr hukm yuritgan. U Qoraxoniylar poytaxtini O’zganddan (Farg’ona vodiysidan) Samarqandga ko’chirib olib keldi. Uning vafotidan keyin o’g’illari o’rtasida taxt uchun kurash boshlandi. Bu kurashda Abu Ishoq Ibrohim ibn Nasrning Shams ul-mulk Nasr ismli o’g’li g’olib chiqdi.
Shams ul-mulk Nasr davrida (1068-1080-yy.) Qoraxoniylar va Saljuqiylar o’rtasida Termiz va Balx uchun kurash kuchaydi. Buning ustiga Tomg’ochxon Qodir Yusuf va uning o’g’illari unga qarshi kurash boshladilar va Sirdaryoning shimoliy sohilidagi yerlarni hamda Farg’onani undan tortib oldilar.
Abu Ishoq Ibrohim ibn Nasr va uning avlodi bilan musulmon ruhoniylari o’rtasidagi ziddiyatlar Shams ul-mulkning taxt vorislari Xidir va Ahmad (1081-1089 yy.) davrida benihoyat kuchaydi. Saljuqiy Malikshoh I 1089 yili Movarounnahrga qo’shin tortib, Buxoro va Samarqandni zabt etdi. Lekin Saljuqiylar tez orada sulh tuzib, Movarounnahrdan chiqib ketishga majbur bo’ldilar. Sulton Sanjar davrida (1118-1157 yy.), 1130 yildan boshlab, Qoraxoniylar unga tobe bo’lib qoldilar. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik kuchaydi – viloyat va o’lkalarning ko’pchiligi mustaqillik e’lon qildi. Ana shunday mustaqil viloyatlardan biri Buxoro bo’lib, bu yerda hokimiyat Sadrlar (Burhoniylar) deb ataluvchi ruhoniylar sulolasi (1130-1207 yy.) qo’liga o’tdi.
Qoraxoniylar inqirozga yuz tutgan va Movarounnahr tarqoqlik iskanjasiga tushib qolgan paytda uning shimoliy-sharqiy va g’arbiy tarafida ikki yirik harbiy siyosiy kuch paydo bo’ldi. Bulardan biri qoraxitoylar bo’lib (etnik tarkibi aniqlanmagan), ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, ularning asli tungus, ayrim olimlarning fikricha –mo’g’ul edi. Ular XII asr boshlarida dastlab Chug’uchak, keyinchalik Bolosog’un shahri bilan birga butun Yettisuv vohasini ishg’ol qildilar. Qoraxitoylarning oliy hukmdori shurxon deb atalgan. Yana bir yirik harbiy siyosiy kuch Xorazmda shakllandi. Ilgari Saljuqiylarga tobe bo’lgan Xorazm 1127 yili mkstaqillikka erishdi.
XII asrning 30-yillari boshlaridan qoraxitoylarning Movarounnahrga talonchilik xurujlari boshlandi. Ular Shosh va Farg’ona bilan kifoyalanib qolmay, Zarafshon hamda Qashqadaryo vohalariga ham kirib bordilar. Qoraxitoylar 1138 yili Samarqand xoni Qoraxoniy Mahmudxonni (1132-1141) tor-mor keltirdilar va katta o’lpon olib Yettisuvga qaytib ketdilar. 1141 yili ular Samarqandga yaqin Katavon degan joyda Maxmudxon va Sulton Sanjarning birlashgan kuchlarini tor-mor keltirib, Samarqand, so’ngra Buxoroni egalladilar. Lekin ular Yettisuvdan Movarounnahrga ko’chib o’tmadilar, balki har yili o’lpon olib turish bilan kifoyalandilar.
Xorazmning mustaqillikka erishuvi Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 yy.) nomi bilan bog’liq. U qisqa vaqt ichida Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan Jand shahrini va Mingqishloqni egalladi. Suton Sanjar Xorazmni yana bo’ysundirishga harakat qildi, lekin bunga erisha olmadi. El Asrlon (1156-1172-yy.) va Sulton Takash (1172-1200 yy.) vaqtida Xorazmshohlar davlati birmuncha mustahkamlandi. Xorazmshohlar 1156-1192- yillar orasida Hind daryosidan Iroqqacha bo’lgan yerlarni bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldilar. Xorazmshoh Muhamad (1200-1220-yy.) davlati hududini juda kengaytirdi. 1206 va 1212 yillari Buxoro va Samarqandni bosib oldi, 1210 yili esa Yettisuvda Gurxon qo’shinlariga qaqshatqich zarba berdi va bu bilan qoraxitoylarning Movarounnahrga bo’lgan da’volariga chek qo’ydi. Ammo bu ulkan davlat markazlashgan va mustahkam emas edi. Shuning uchun ham u mo’g’ullarning kuchli zarbasiga dosh berolmadi.
Qoraxoniylar davrida davlat tepasida xon (manbalarda Tomg’ochxon) turgan va u rasman oliy hukmdor hisoblangan, aslida esa nomigagina shunday bo’lib, ijtimoiy-siyosiy hayotda ulus hokimlarining, manbalarda ular iligxon atalgan, tutgan mavqei kuchli bo’lgan. Ulardan ayrimlari mustaqil siyosat yuritganlar. Farg’ona (markazi O’zgand) hamda Movarounnahr (markazi Samarqand) iligxonlari shular jumlasidandir. Qoraxoniylar davdat tuzulmasi haqida ma’lumot kam. Lekin vazir, sohib barid, mustavfiy atalmish lavozimlarning mavjud bo’lishiga qaraganda, ular davrida ham Somoniylar davlati idoralari saqlangan ko’rinadi.
XI asrdan boshlab O’zbekistonda yerga egalik qilishning yangi shakli – iqto’, toju taxt oldida ko’rsatgan xizmatlari uchun shahzoda va xonzodalar, amir va mansabdorlarga in’om tariqasida beriladigan yer-suv, taraqqiy eta boshladi.
Qoraxitoylar bosib olingan yerlardan o’lpon yig’ib olish (har bir xonadondan bir dinor miqdorida) bilan kifoyalandilar.
Mehnatkash xalqning ahvoli og’ir edi. U ikki tomonlama, mahalliy yirik yer egalari va xorijlik bosqinchilar zulmi ostida qoldi, muntazam ravishda xiroj hamda boshqa soliq va jarimalar to’lab turishga, davlat, xon va yirik yer egalarining shaxsiy qurilishlarida tekinga ishlab berishga majbur edilar.
Bu davrda chet el bosqinchilariga qarshi xalq qo’zg’olonlari ham bo’ldi. Masalan, 1206 yili Buxoroda va 1212 yili Samarqandda bo’lib o’tgan kosiblar qo’zg’olonlari shular jumlasidandir.
X-XII asrlarda O’zbekistonda ilm-fan, adabiyot birmuncha rivoj topti, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Marv, Gurganj kaba shaharlar kengaydi, rivojlandi. Bu davrda Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yy.), Abu Ali ibn Sino (980-1037-yy.), Abubakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy (X asr), Maxmud Koshg’ariy (taxminan 1029-1038- yillar orasida tug’ilgan) kabi zabardast olimlar, Unsuriy, Am’oq Buxoriy, So’zaniy Samarqandiy, Nishomiy Aruziy Samarqandiy, Yusuf Xos Xojib Bolosog’uniy kabi ajoyib shoirlar va adiblar yetishib chiqdi. Mamlakatimizda ko’plab masjid, madrasa, karvonsaroylar, baland minoralar va boshqa monumental bino va inshootlar barpo etildi. Hazora tumanidagi (Buxoro) Deggaron masjidi, o’sha atrofdagi Raboti malik karvonsaroyi (XI asr), Buxorodagi masjidi kalon (1127 yili qurilib bitkazilgan), Vobkentdagi minora (1198-1199- yillari qurilgan, Shohi zinda va Afrosiyobdagi (Samarqand) ayrim binolar, Xorazmdagi Bo’ron qal’a, Noib qal’a va Faxriddin Roziy maqbarasi (XII asr) shuningdek, hozirgi Qirg’iziston va Turkmaniston o’ramida qurilgan bino va inshootlar shular jumdasidandir.
|
| |