|
Tarix va zamonamiz
|
bet | 2/4 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 148,27 Kb. | | #258498 |
Bog'liq Tarix va zamonamiz-azkurs.orgYurtboshimizning shu haqdagi fikrlari katta ahamiyatga egadir: «Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan allomalar, fozilu fuqarolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari ana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan suv inshootlari, shu kungacha fayzini, mahobatini yo’qotmagan osori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat beradi».
· Yurtboshimizning shu haqdagi fikrlari katta ahamiyatga egadir: «Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan allomalar, fozilu fuqarolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari ana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan suv inshootlari, shu kungacha fayzini, mahobatini yo’qotmagan osori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat beradi».
· O’zbekiston tarixi faqat turli bilimlar tarzidagi fan emas, balki bir necha asrlar davomida to’planib kelgan o’zaro ichki qonuniyatlar bilan chambarchas bog’langan bilimlar tizimi sifatidagi o’zining o’rganish ob’ekti va predmetiga ega bo’lgan mustaqil fandir.
Komil insonni tarbiyalashda tarixning roli
· «Ma’naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi». Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov qalamiga mansub ushbu so’zlar komil insonni tarbiyalashda O’zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy o’rganish naqadar muhim ekanligining dalilidir.
|
| |