6
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 21
martdagi PQ-
1730-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
07.03.2018
yildagi
185-son
“Aloqa,
axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi va 10.08.2018 yildagi 645-son “Qishloq xo‘jaligi
korxonalari
faoliyatiga
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
Qarorilari jamiyatimizda axborot-kommunikatsiya sohalariga katta
e’tibor berilayotganligidan dalolatdir. AKTni rivojlantirmasdan turib
istalgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga erishib
bo‘lmaydi. AKTning rivojlanish sur'atlari,
birinchi navbatda taalluqli
infratuzilmani barpo etish va undan foydalanish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratishga bog‘liq. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar bilan
AKTning ish samaradorligini oshirishdagi juda katta imkoniyatlarini
tushuntirish bo‘yicha ko‘p ish olib borish zarur. Davlat organlarini
zamonaviy axborot texnologiyalari va vositalari bilan ta'minlash
masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Elektron hujjat
aylanishi tizimlarini
yanada faolroq joriy etish lozim. Davlat xodimlarining axborot
texnologiyalar bo‘yicha bilim saviyasi va kasb ko‘nikmalarini oshirish
bo‘yicha muntazam ravishda ish olib borish kerak.
XXI asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan
mamlakatlar ishlab chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy
ishlab chiqarish sohasidan mehnat resurslarining og`ishmay
axborotlar
sohasiga o`tib borishi tendentsiyasi tabora yaqqol sezilmoqda. Buning
asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish surʻati o`sishi va rivojlanishi
jarayonida qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo`lgan
axborot hajmi oshib borayapti. Bu o`sish avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy,
texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarda namoyon bo`lmoqda.
Globallashuv,
axborot-kommunikatsiya
taraqqiyoti
axborot
almashish jarayoni yanada tezlashtirishga xizmat qilayotir. Bugungi
kunda maktab o'quvchisi, hatto bog'cha bolasi qo'lida ham mobil telefon
borligi hech kimni ajablantirmay qo'ydi. Uyali aloqa vositalari, planshet,
kompyuter
texnologiyalari, internetning imkoniyatlari had-hududsiz
ekanligi hammaga ayon. Kundalik turmushimizda oddiy voqelikka
aylangan ana shunday zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan
jamiyatimizning barcha a'zolari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar
unumli foydalanishga intilmoqda.
7
Axborot
–
kommunikatsiya
texnologiyalarining
asosiy
tushunchalari haqida maʻlumot beramiz.