17
Ta’lim tizimi yopiq nuqtai nazarlar, qarashlar statik tizimi emas, bir
uzluksiz jarayondan iborat bo‘lishi kerak. Mustaqil Respublikamizning
rivojlanishini kafolatlash uchun ta’lim tizimi dinamik, mukammal
bo‘lishi kerak.
Hozirgi
paytda
kompyuter
tarmoqlari
davrida
yangi
texnologiyalarni yaratish va tarqatish xususiyatlari o‘zgarmoqda hamda
bu quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘lmoqda: birinchidan, yuksak
raqobatchilik hukm surishi bilan ajralib turadigan zamonaviy global
bozorda ko‘nikmalar har qachongidan ham katta ahamiyatga ega.
Texnologiyalarni uzatish va tarqatish juda murakkab jarayon.
Ikkinchidan, texnologiyalar qimmatliligini tan olinishini aks ettiruvchi
yangi global normalarni ishlab chiqish ham katta ahamiyatga ega
bo‘lmoqda.
Deyarli barcha mamlakatlar tomonidan ma’qullangan yangi
qoidalari intellektual xususiylikni himoya qilish rejimlarini barcha yerda
kuchaytirmoqda. Uchinchidan, butun dunyoda ilmiy tadqiqotlar va
tajriba-konstruktorlik loyihalashtirish sektorida xususiy sektor yetakchi
rol o‘ynaydi. Bu sektorda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish uchun
zarur moliyaviy mablag‘lar, bilimlar va kadrlar katta qismi jamlangan.
To‘rtinchidan, eng yuksak malakali texnik mutaxassislarni ish bilan
ta’minlovchi global mehnat bozori shakllanadi. Beshinchidan, yangi
kompaniyalar, ilmiy – tadqiqotchilik laboratoriyalari va moliya-
lashtiruvchilar hamda korporasiyalar yangi texnologiyalar ishlab
chiqarish global markazlariga birlashmoqdalar. Buning natijasida
olimlar, moliyalashtiruvchilar va tadbirkorlarning o‘zaro zarur
aloqalarini ta’minlovchi yangi dinamik muhit yuzaga kelmoqda.
Bunday markazlarda turli mamlakatlardan eng yaxshi olimlar va
tashabbuskor-tadbirkorlar faoliyat yuritmoqdalar, bu investorlarni jalb
etish uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Investorlar ham bu ishlarga
qiziqish bilan qaramoqdalar.