20
§
1.2. Kompyuter kommunikatsiyalari va ularning turlari
1.2.1. Kommunikasion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish
muhiti
Elektromagnit toʻlqin shakllari –
elektr toki, radiotoʻlqinlar yoki
yorugʻlik, maʻlumot yoki kodni tasvirlash uchun ishlatiladi va biror fizik
muhit, masalan, sim, kabel yoki atmosfera orqali bu maʻlumot uzatiladi.
Uzatilayotgan maʻlumot tovush, ovoz, matn, videotasvir yoki bularning
kombinatsiyasi
(multimediya)dan
iborat boʻlishi mumkin. Maʻlumot ikki
turdagi signallar yordamida uzatilishi
mumkin: analogli va raqamli.
Analogli
signallar
uzluksiz, raqamli esa diskret
shaklda uzatiladi.
Analogli
signallar
(uzluksiz
toʻlqinlar).
Kommunikatsiyaning
eskirgan vositalari: telefon,
radio va
televideniyelar analogli signallar bilan
ishlashga moʻljallangan edi.
Analog
signal tashuvchi toʻlqin deb ataluvchi
uzluksiz elektrik
signallardan tashkil
topgan toʻlqindan iborat. Analogli
tashuvchi toʻlqinlarning
ikki asosiy
koʻrsatkichi
chastota va
amplituda
dan iborat: