12
holatlardagi farqni eʻtiborga oladi va har
bir boshqaruv darajasiga
samarali boshqaruv funksiyasini bajarishga kerakli boʻlgan, faqat unga
tegishli axborotni beradi[5].
Avtomatlashtirish darajasiga koʻra qoʻl
mehnatiga asoslangan,
avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlariga ajratiladi.
Qoʻl mehnatiga asoslangan axborot tizimlari shu bilan
xarakterlanadiki, unda axborotlarni qayta ishlash operatsiyalari inson
tomonidan bajariladi.
Avtomatlashtirilgan
axborot
tizimlari
—
boshqaruv
funksiyalarining bir qismi (tizimcha) yoki maʻlumotlarni
qayta ishlash
Avtomat ravishda, boshqa qismi inson tomonidan bajariladi.
Avtomatlashgan axborot tizimlari — maʻlumotlarni
qayta
ishlashning barcha boshqaruv funksiyalari texnik vositalar bilan amalga
oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomat boshqarish).
Axborot tizimlari sohasiga koʻra quyidagicha boʻlinadi:
— ilmiy tadqiqot;
— avtomatlashtirilgan loyihalashtirish;
— tashkiliy boshqaruv;
— texnologik jarayonlarni boshqarish.