Tarmoq texnologiyalari




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/225
Sana12.12.2023
Hajmi7,35 Mb.
#117020
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   225
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

1.2.1-rasm. Koaksial kabel 
Koaksial kabellaming asosan ikki turi mavjud: 
• ingichka (thin) kabel. diametri 0,5 sm atrofida, ancha egiluvchan; 
• yoʻgʻon (thick) kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu 
turdagi kabelni zamonaviy ingichka kabellar bozordan siqib 
chiqarmoqda. Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda 
yolgʻon kabellarga nisbatan koʻp ishlatiladi, chunki ularda signal 
soʻnishi koʻproq. Lekin ingichka kabel bilan ishlash ancha qulay, tez har 
bir kompyuterga oʻtkazish mumkin. Yoʻgʻon kabelni xona devorlariga 
bir vaziyatda aniq mahkamlab qoʻyishni taqozo qiladi. Yaqin vaqtgacha 
koaksial kabellar eng koʻp tarqalgan kabellar edi, buning sababi yuqori 
darajada himoyalanganligi (sim tolqimasi— ekran mavjudligi), toʻqilgan 


24 
juftlikka qaraganda, axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s.gacha) 
yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyati mavjudligi (bir va 
undan koʻproq kilometrga). Tarmoqdan ruhsat etilmagan axborotni 
mexanik ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek, u tashqariga sezilarli 
darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq oʻralgan juftli 
kabelga nisbatan koaksial kabelni taʻmirlash va yigish ishlarini olib 
borish ancha murakkabdir, narxi ham qimmat (uning bahosi oʻralgan 
juftli kabellarga nisbatan 1,5—3 barobar yuqoridir). Kabel uchlariga 
razyomlar oʻrnatish ham murakkab ishdir. Shuning uchun bu turdagi 
kabellarni oʻralgan juftli kabellarga qaraganda kam ishlatiladi. Koaksial 
kabellar asosan «Shina» topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holda 
kabel uchlariga signalni ichki aksiga qaytishni oldini olish uchun, 
albatta, terminatorlar oʻrnatilishi va bu terminatorlardan faqatgina bittasi 
yerga ulanishi kerak. 
1.2.2- jadvalda oddiy va keng toʻlqinli koaksial kabelga asoslangan 
aloqa kanalining koʻrsatkichlari keltirilgan. 
1.2.2-jadval 

Download 7,35 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   225




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish