• Tarmoq texnologiyalari
  •  “Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    1.1.3. “Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha 
    Hozirgi kunda kompyuter tarmoqlari keng va jadal suratlar bilan 
    rivojlanib bormoqda. Xar qanday tashkilot yoki muassasini kompyuter 
    tarmoqlarisiz tassavur qilish qiyin. XX asrning oxirida kirib kelgan 
    Internet - halqaro global kompyuter tarmogʻi soʻzimizning isbotidir. Bu 
    tarmoq koʻpchilik kishilarning gazeta va jurnal, kitoblardan kundalik 
    hayotda oladigan axborot yangiliklarining elektron koʻrinishlaridan biri 
    aylanib bormoqda. Shuning uchun kompyuter tarmoqlaridan foydalanish 


    18 
    va ularning tuzilmasini oʻrganish hamda ulardan maʻlumotlar olish 
    muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Tarmoq texnologiyalari bu - (ingl: network technologies, rus: 
    сетевые технологии) tarmoq rejimida muloqotda boʻlish imkonini 
    beruvchi texnologiyalar[4]. 
    Tarmoq texnologiyalari – bu kompyuter tarmoqlarini tashkil etish, 
    muvofiqlashtirishda ularning dasuriy-qurilmaviy tarkibini minimal 
    darajasini aniqlovshi standartlar to`plami. Qoida sifatida tarmoq 
    texnologiyalari tarmoq topologiyasini, shuningdek, kanallar darajasining 
    protokolini aniqlaydi va belgilaydi. 
    Tarmoq texnologiyalari dasturiy taʻminot, apparat va protokol 
    shaklida maʻlumotlarni uzatish va yetkazib berishning yaxlit qoidalar 
    toʻplamidir. 
    Maʻlumot 
    almashishlar 
    tarmoq 
    adapterlari 
    bilan, 
    shuningdek turli konnektor va kabellar orqali amalga oshiriladi. 
    Tarmoq 
    texnologiyalari 
    axborot 
    – 
    kommunikatsiya 
    texnologiyalarining asosini tashkil etib, ularning sohalarga qoʻllanilishi 
    quyidagi imkoniyatlarni beradi: 
    - Tarmoqdagi 
    bir 
    nechta 
    kompyuterlarning 
    bitta 
    printer, 
    nushalovchi va boshqa qurilmalardan oʻzaro foydalanishi; 
    - VPN (Virtual Private Networks — virtual shaxsiy tarmoqlar) 
    orqali keng maydonda biznes va boshqa sohalarda hamkorlikni yuritish; 
    - mijoz-server modelida bir kompyutyerdan axborotlarni zahira 
    saqlovchisi sifatida umumiy foydalanish va bir necha kompyuterlarni 
    boshqarish; 
    - IP – telefoniya, yaʻni ikki abonent oʻrtasida tovush trafigi (nutqi) 
    uzatiladi yoki VoIP (Voice over IP – tarmoqda qabul qilingan 
    paketlardan va diskret signaldan analog signalga qayta tiklash yoki 
    aksincha) texnologiyalari yordamida telefonli xizmatlardan foydalanish; 
    - e - commerce modelida elektron tijorat ishlarini onlayn yuritish;
    - elektron jurnal va gazetalardan umumiy foydalanish; 
    - IPTV (IPTeleVision - internet televidenie) texnologiyalari; 
    - Wiki, e-mail va internet ijtimoiy tarmoqlari 
    − Keng polosali tarmoq xizmatlari va uning koʻplab imkoniyatlar. 
    Keng polosali tarmoq atamasi internetga doimiy va katta tezlikda 
    ulanishni bildiradi. Biroq bu nafakat ma’lumot uzatish tezligi balki 
    butun jahon tarmog‘idan foydalanishning maxsus usuli hamdir.
    Keng polosali tarmoq mijozi istalgan vaqtda katta xajmdagi o‘zida 
    rangli tasvir, audio va video kliplar, animatsiya, televideniya kontinenti 
    va boshqalardan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish 


    19 
    imkoniga ega bo‘ladi. Keng polosali tarmoq mijozga u qaerda 
    ulanganidan qat’iy nazar eng zamonaviy xizmatlarni yetkazib beradi. 
    Mijoz multimedia va biznesini ma’lumot bilan ta’minlashda ko‘proq 
    imkoniyatlarga ega bo‘ladi, bular fayllar almashinuvi, telefon va bank 
    xizmatlari va boshqalar.
    Keng polosali tarmoq yangi sohalar ochilishi va mavjudlarini 
    rivojlantirishga imkon beradi. U iqtisodiy o‘sish va investissiya, ishga 
    joylashishda yangi imkoniyatlar ochadi. Uzoqda joylashgan turar-
    joylarni rivojlantirishda, mahalliy hokimyat organlariga tijorat uchun 
    qulay sharoitlar yaratishda, yuqori malakali tibbiy xizmat yetkazib 
    berish, masofadan ishlash, yuqori tezlikdagi ma’lumot olish va davlat 
    boshqaruvida qatnashish imkonini beradi.
    Keng 
    polosali 
    tarmoq 
    texnologiyalaridan 
    biri 
    FTTx 
    texnologiyasidir. FTTx-nomi inglizcha Fiber to the x- optik tola x 
    nuqtagacha ma’nosini beruvchi so‘zlar bosh harflaridan olingan. Fiber to 
    the Home/ Building “optika har bir uygacha” manosini beradi. Bu atama 
    aloqa tugunidan ma’lum masofagacha (x- nuqta) optik kabel 
    qo‘llaniluvchi barcha kompyuter tarmoqlari uchun qo‘llaniladi. FTTx 
    tizimining keng polosali abonentlarga yangi xizmatlarning katta 
    imkoniyatlarini ochadi[8]. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     “Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha

    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish