• Tashkiliy boshqaruv axborot tizimi
  • Texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimi
  • Ilmiy tadqiqot axborot tizimlari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    Ilmiy tadqiqot axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini 
    avtomatlashtirish, statistik axborotlarni tahlil qilish, tajribalarni 
    boshqarishga moʻljallangan. 
    Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish axborot tizimi muhandis-
    loyihalovchilar va yangi texnikalarni (texnologiyalarni) ishlab 
    chiquvchilar mehnatini avtomatlashtirishga moʻljallangan. 
    Bunday axborot tizimlari quyidagilarni amalga oshirishga yordam 
    beradi: 
    — yangi mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini 
    yaratish; 
    — turli muhandislik hisoblari (mahsulotning texnik parametrlarini 
    aniqlash, chiqim meʻyorlari — mehnat, materiallar va shu kabilar); 
    — grafik hujjatlarni tayyorlash (chizmalar, tuzilmalar, rejalar); 
    — loyihalashtirilayotgan obyektlarni modellashtirish
    — raqamli dasturiy boshqarish stanoklari uchun boshqaruvchi 
    dasturlar yaratish. 
    Tashkiliy 
    boshqaruv 
    axborot 
    tizimi 
    maʻmuriy 
    xodimlar 
    (boshqaruv) funksiyasini avtomatlashtirish uchun moʻljallangan. Bunday 
    axborottizimiga sanoat (korxonalar), nosanoat (banklar, birjalar, sugʻurta 


    13 
    kompaniyalari, mehmonxonalar va shu kabilar) hamda alohida ofis (ofis 
    tizimlari) kabi obyektlarni boshqarish taalluqlidir.
    Texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimi turli texnologik 
    jarayonlarni (egiluvchan ichlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya
    energetika va shu kabilar) avtomatlashtirishga moʻljallangan[5]. 
    Hozirda texnologik jarayonlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
    avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish. 
    Avtomatik nazorat – texnologik jarayon haqida operativ 
    ma'lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash 
    uchun kerakli bo'lgan sharoitlarni ta'minlaydi. 
    Avtomatik 
    rostlash 
    – texnologik jarayonlarning tegishli 
    parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab kilingan 
    sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik 
    rostlash tizimining (ART) turi ishlashini nazorat qiladi. 
    Avtomatik boshqarish – texnologik operasiyalarni belgilangan 
    muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob'ektiga 
    nisbatan bo’ladigan ta'sirlarning muayyan muttasilligini ishlab 
    chiqishdan iborat. 
    Avtomatlashtirish – texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz 
    boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish 
    - ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi 
    bosqichi bo’lib, bunda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini 
    boshqarish 
    funksiyasini 
    avtomatik 
    ko’rilmalar 
    bajaradi. 
    Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnika-
    iqtisodiy 
    ko’rsatkichlarining 
    yaxshilanishiga, 
    ya'ni 
    ishlab 
    chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda 
    tannarhining kamayishiga olib keladi. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish