9
• Aloqani barqaror ishlashini taʻminlashda samarali texnik
ekspluatatsiya usullaridan foydalanish;
• Eng muhimi, telefon tarmoqlari qurilishi xarajatlar koʻlamini
kamaytirish, tarmoqni rivojlantirish va texnik xizmatlar koʻrsatilishini
taʻminlashdan iboratdir.
Maʻlumotni uzatish texnologiyasining soʻnggi tanlovi asosan
geografik, iqtisodiy va siyosiy omillarga bogʻliq. Asosan, barcha bank
tarmoqlari telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadi. Ular
orasida ISDN, X.25 tarmogʻi va Relay ham bor.
Infokommunikatsiyalar tizimlarining rivojlanishida NGN tizimi –
yangi turdagi zamonaviy xizmatlarni oʻzaro qoʻllab quvvatlashga qodir.
Bozorda yangi turli aloqa xizmatlarga boʻlgan ehtiyoj tobora oshib
bormoqda. NGN avlod tarmoqlari orqali turli asosiy va qoʻshimcha
xizmatlarni joriy etish ularni boshqarish va keyinchalik oʻzgartirish kabi
muhim vazifalarni amalga tatbiq etish mumkin.
Kompyuter, telefon, televizion, radio tarmoqlarining o‘rtasida
saqlanib qolayotgan farqlarga qaramay ularning tarkibiy tuzilishida
ko‘pgina
o‘xshashliklarni
topish
mumkin.
Umumiy
holda
telekommunikatsiya tarmog‘i quyidagilardan tarkib topadi:
- foydalanuvchilarning terminal qurilmalari (ular tarmoqqa birlash-
tirilgan bo‘lishi mumkin);
- kirish tarmog‘i;
- magistral tarmoq;
- axborot markazlari yoki xizmat ko‘rsatishni boshqarish markazlari
(ServicesControl Point, SCP).