163
son beriladi. IP manzil ikki xil bo`ladi: statik va dinamik. Statik manzil
doimiy bo`lib, har gall internetga ulanilganda kompʻyuteringizga shu
manzil beriladi. Dinamik manzil o`zgaruvchan bo`lib, har gal internetga
ulanganda, u o`zgarib turadi.
Dinamik IP manzil olish uchun sizning kompʻyuteringiz tarmoqqa
yoki ISP ga DHCP Discover (DHCP tadqiqotchisi) xabarini jo`natadi.
DHCP
– Dynamic
Host Configuration Protocol, ya`ni Serverning
dinamik konfiguratsiyasi protokoli degan ma`noni bildiradi. Bu xabarga
sizning kompʻyuteringiz haqida identifikatsion ma`lumotlar shu
jumladan kompʻyuter nomi joylashgan bo`ladi.
Bu xabar tarmoq orqali
DHCP serveriga yetib boradi. DHCP serveri bo`sh IP manzillar
ro`yxatidan IP manzil oladi va boshqa kompʻyuterlarga bermaslik uchun
vaqtinchalik band qilib qo`yadi.
DHCP serveri tarmoqqa DHCP taklifi
deb ataluvchi xabarni
jo`natadi. Unda sizning kompʻyuteringizga taklif qilinayotgan IP manzil
hamda DHCP serverining ham manzili bo`ladi. Sizning kompʻyuteringiz
DHCP taklifini olgach, band qilingan IP manzilni
qabul qilish haqida
serverga DHCP qidiruvini jo`natadi. Bu paytda sizning kompʻyuteringiz
hali IP manzilga ega bo`lmaydi. U serverga o`zining roziligini bildiradi.
Agar tarmoqda bir necha DHCP serveri bo`lsa, ularning har biri o`z
takliflari bilan chiqadilar. Sizning kompʻyuteringiz bu takliflarning
faqat bittasini qabul qilib, qolganlarini rad qiladi. DHCP qidiruvi DHCP
serveriga yetgach, server kompʻyuteringizga
DHCP paketini yuboradi va
ushbu IP manzilining sizning kompʻyuteringizga ijaraga beradi.
SHundan keyin kompʻyuteringizning IP manzilga ega bo`ladi va
internetga ulanishi mumkin.
Sizga manzil bergan va boshqa DHCP serverlar berilgan IP
manzilni
bo`sh
manzillar
ro`yxatidan
chiqarib
tashlaydi
va
kompʻyuteringizning IP manzilini ro`yxatga oladi. Kompʻyuteringiz
Internetdan uzilganda, berilgan IP manzil
bekor qilinadi va bu manzil
yana bo`sh manzillar ro`yxatiga kiritib qo`yiladi.
Host
tizimlar orasida bogʻlanish maxsus kommutatsiyalovchi
qurilmalar – marshrutizatorlar ulaydigan ketma-ket liniyalar toʻplami
yordamida amalga oshiriladi. Marshrutizator oʻzining
kirish aloqa
kanalidan birida uzatilayotgan maʻlumotlar porsiyasini qabul qiladi va
uni oʻzining chiqish aloqa kanallaridan biriga yoʻnaltiradi.