165
tarmoqlarni birlashtiradi. Turli qoidalarni moslashtirish uchun
shlyuzlar
(maxsus kompyuterlar) qo‘llanadi. Internet tarmog‘ida protokollarni 2
turi mavjud – bazaviy va amaliy. Bazaviy protokollar (TCP/IP)
ma’lumotlarni tarmoq bo‘yicha fizik jo‘natilishiga javob beradi. Amaliy
protokollar – maxsuslashtirilgan xizmatlar ishlashiga javob beradi,
masalan (http – gipertekstli xabarlarni uzatish protokoli, ftp – fayllarni
uzatish protokoli).
TCP/IP bazasidagi Internetning mijoz/server muhitida, server
amaliy daraja (satx) protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi, u
mijoz satxida bajariladi. Port nomeri – bu 0 dan 65 536 gacha
diapazondagi 16-bitli kattalikdir.
Umum ma’lum portlar tizim jarayonlarida yoki amaliy dasturlarda
ishlatiladi. Ular 0dan 1 023 gacha diapozondagi sonlar bilan
nomerlanadi. Misol, port 25- SMTP protokoli (Pochtalarni uzatishning
oddiy protokoli), port 80 - HTTP protokoli.