171
xDSL orqali ulanish
4.2.9-rasmda
xDSL
orqali
ulanishni
tashkillashtirish
usullari
ko‘rsatilgan.
4.2.9 -rasm. xDSL orqali ulanishni tashkillashtirish usullari
ADSL modemlari mijoz abonent liniyasining har bir yakunida
o‘rnatiladi. Mis juftliklarida ancha katta polosa kengliklarini olish uchun
ADSL – modem texnologiyasi, chastota diapazonlarini taxminan 0.4
MGs dan 1.1 MGs gacha bo‘ladigan algoritmlarga ega bo‘lishi kerak.
Splitter – ADSL modemini telefon
simi bilan ulash uchun
qo‘llaniladigan past chastotali filtr, berilgan chastotalardan yuqorisini
o‘tkazmaydi. Madomiki telefon ulanishlarida barcha nutq signallari 4
kGs dan past ekan, mikrofiltrlar (LP – Low Pass) shunday shakllanadiki,
ma’lumotlar olib ketuvchi signallarga to‘siq bo‘luvchi, standart telefon
kanallariga ta’sir
qiluvchi, 4 kGs dan yuqori barcha chastotalarni
blakirovka qiladi. Xattoki, mazkur abonent liniyasida ADSL uskunalari
shikastlanganda ham past chastotali filtr telefon chaqiriqlariga uzluksiz
xizmat qiladi. ATS tomonda quyidagi funksiyalarga ega bo‘lgan
DSLAM o‘rnatiladi:
•
shleyfni zichlashtiruvchi keng polosali raqamli tizimni yaratish;
•
raqamli abonent liniya (AL)sining uzoqdagi
modemiga chastotaviy
modulyatsiya, ma’lumotlar oqimini “tarmoq-foydalanuvchi” va
“foydalanuvchi-tarmoq” uzatish yuklamasi marshrutizatsiyasi;
•
fizik satxni o‘zgartirish.
Mahalliy uzelning Internet-provayderi, xonadon abonentlarini va
kommersion faoliyat olib boruvchi korxonalarni xDSL stansiyasi bilan
ulash uchun DSLAMni qo‘llaydi. DSLAM raqamli abonent liniyasining
yuzlagan modemlaridan chiqqan “tarmoq-foydalanuvchi”
oqimlarini
172
ma’lumotlarini qabul qilishi kerak, keyin bu ma’lumotlarni ulagan va
multipleksirlagan holda, ancha yuqori tezlikda uzatish uchun chastotaviy
qurilmaga kiritadi. DSLAM, “tarmoq-foydalanuvchi” oqimlarini,
tarmoqni ta’minlovchilarni keyingi qurilmalariga birlashtiradi:
xDSL orqali ulanish quyidagi afzalliklarga ega:
•
mavjud abonent liniyalari (AL)ni qo‘llash;
•
takomillashtirmasdan, telefon simlarining mis juftliklari bo‘yicha
ma’lumotlarni uzatish tezligini
sezilarli darajada oshirish;
•
juda ko‘p xar xil turdagi trafiklarni (odatdagi telefon
gaplashishlaridan tortib Internet ga ulanishgacha) yagona abonent
liniyasi bo‘yicha uzatish;
•
ma’lumotlarni 32kbit/s dan 50Mbit/s gacha tezlikda uzatish;
•
xDSL oilasi tarkibiga quyidagi texnologiyalar kiradi:
•
ADSL (Asymmetric Digital Subscriber Line – asimmetrik raqamli
abonent liniyasi);
•
RADSL (Rate-Adaptive Digital Subscriber Line – ulanish tezligini
moslashtiruvchi raqamli abonent liniyasi);
•
ISDL (ISDN Digital Subscriber Line – raqamli abonent
liniyasi
IDSN);
•
HDSL (High Bit-Rate Digital Subscriber Line – yuqori
tezlikliabonentliniyasi);
•
SDSL (Symmetric Digital Subscriber Line - simmetrikraqamli
abonentliniyasi);
•
VDSL (Very High Bit-Rate Digital Subscriber Line – o‘ta yuqori
tezlikli raqamli abonentliniyasi);
•
G.Lite (ADSL texnologiyasining soddalashtirilgan varianti
hisoblanadi) va uning variatsiasi.
4.2.1-jadvalda xDSL texnologiyasining tavsiflari keltirilgan: